|
Windows tarixi: sotuvga chiqqanining 30 yilligi
|
bet | 3/3 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 1,59 Mb. | | #236773 |
Bog'liq Dasturiy taminotning xayotiy shakliWINDOWS VISTA
2006 yilning 30 noyabrida Windows Vista paydo bo‘ldi. Asosiy yaxshilangan tomonlari orasida viruslarga qarshi himoya va Aero grafik interfeysini qayd etish mumkin. Mazkur OTni operatsiyalarni sekin amalga oshirishi, doimiy ravishda parolni kiritish va kompyuter qaroqchiligi huquqidagi murakkab tizim tufayli tanqid qilishgan. Sotuvlar boshlanganidan bir oy o‘tgach, 20 million nusxa talqiniga qarab 199 dan 399 AQSh dollarigacha bo‘lgan narxda sotilgan.
WINDOWS 7
2009 yilning 22 oktabrida Windows 7 OT savdoga chiqarildi. Unda Vista’dagi kamchiliklar bartaraf etilgan va interfeys yaxshilangan. Dastlabki narxi – 159,99 dan 319,99 AQSh dollari qiymatida. Ikki yil ichida 450 millondan ortiq nusxalar sotildi. NetMarketshare ma'lumotlariga ko‘ra, 2014 yilning noyabrida dunyodagi barcha kompyuterlarning 55,71 foizida o‘rnatilgan.
WINDOWS 8
2012 yilning 26 oktabrida Microsoft Windows 8 OTni ishga tushirdi. Unda “Pusk” tugmasidan voz kechish va foydalanuvchi interfeysini butunlay qayta ishlab chiqib, ekrandagi “plitka” elementlari ko‘rinishida "Metro" muhitiga almashtirishga qaror qilindi.
Mazkur talqin oddiy kompyuterlarga qaraganda planshetlar uchun mo‘ljallangan deya tanqid ostiga olingan. Kamchiliklarning bir qismi Windows 8.1 da bartaraf etildi. Dastlabki olti oy ichida 100 milliondan ortiq nusxasi sotildi. Ilk narxi 14,55 dan 199,99 AQSh dollarini tashkil etgan. 2015 yil iyun oyi holatiga ko‘ra, 10,68 foiz shaxsiy kompyuterlarda undan foydalanilmoqda.
WINDOWS 10
2015 yilning 25 iyulida yangi talqin Windows 10 sotuvga chiqarildi. U barcha platformalar – serverladan tortib, mobil telefonlar uchun yagona tizimga aylandi. O‘zgartirilgan elementlar orasida shaxsiy kompyuterlar uchun "Pusk" menyusi va tugmasining qaytishini alohida ta'kidlab o‘tish mumkin. Windows 7 va Windows 8 OT foydalanuvchilari yangi talqinga bepul “apgreyd” ga ega bo‘lishdi, yangi nusxa 119 dan 199 AQSh dollari qiymatida edi. Ilk 2,5 oy mobaynida yangi tizim 110 milliondan ortiq kompyuterlarda o‘rnatildi, operatsion tizim bozoridagi ulushi 2015 yil noyabr oyi holatiga ko‘ra, 7,94 foizni tashkil etmoqda.
WINDOWS 11
Windows 10 operatsion tizimi chiqarilgandan soʻng, Microsoft Windows 10 operatsion tizimini “Windowsning soʻnggi versiyasi” boʻlishini aytgan edi[6][7]. Operatsion tizimda vaqt oʻtishi bilan yangi tuzilmalar va yangilanishlar chiqarilishiga zarurat bor deb qarala boshladi. Biroq, Windowsning yangi versiyasi yoki qayta ishlab chiqilishi haqidagi taxminlar 2021-yil yanvar oyida, Microsoft tomonidan “Windowsni vizual yoshartirishi”ga tegishli ish roʻyxati eʼlon qilinganidan keyin paydo boʻldi[8]. Xabar qilinishicha, «Sun Valley» (Quyoshli oʻlka) kod nomi ostida ishlab chiqilgan Windows uchun vizual yangilanish tizim foydalanuvchi interfeysini qayta loyihalashtirishga moʻljallangan[9]. 2021-yil 15-iyunda Internet tarmogʻida Windows 11 operatsion tizimining taxmin qilingan beta versiyasi haqida maʼlumotlar paydo boʻldi. Unda ishlab chiqish bekor qilingan Windows 10X interfeysiga oʻxshash interfeys, shuningdek Windows 11 uchun qayta ishlangan koʻrinish va savdo belgisi namoyish etildi[10].
Microsoft Build 2021 dasturchilar konferentsiyasida Microsoft bosh direktori Satya Nadella Windowsning keyingi avlodi haqida soʻz yuritdi. U bir necha oydan beri yangi operatsion tizim ustida ishlanayotganligi hamda yaqin orada uning rasmiy taqdimoti boʻlishini aytdi[11]. Nadella nutqidan bir hafta oʻtib, Microsoft Windowsning 2021-yil 24-iyunga rejalashtirilgan tadbiriga taklifnoma yuborishni boshladi[12][13]. 21-iyun kuni Microsoft Windows 11 ustida ishlayotganligi haqidagi xabarlar tarqaldi.
24-iyun kuni Microsoft Windows 11 rasmiy taqdimotini oʻtkazdi. Tadbir 11:00 (Nyu-York vaqti bilan), 16:00 (Toshkent vaqti bilan)da boshlandi. Unda bolgʻusi operatsion tizim yangiliklari namoyish etildi.
BOZORDAGI ULUShI
NetMarketshare ma'lumotlariga qaraganda, Windows’ning barcha talqinlari dunyodagi shaxsiy kompyuterlardagi OT umumiy bozorining 90,42 foizini egallaydi. Serverlar bozoridagi ulushi – 30 foizga yaqin (NetCraft ingliz kompyuter kompaniyasi ma'lumotlari).
|
| |