|
Word muharririda ba’zi bir tushunchalar. [Katherine M. First look office 2010
|
bet | 6/7 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 2,91 Mb. | | #116044 |
Bog'liq 2 MavzuGlossariy
A
Avtomatn – matn kiritilayotganda ayrim so’z, ibora va jumlalarni bir necha bor yozishga to’g’ri keladi. Ularni qayta yozish zarur emas. Avtomatn buyrug’i ularni qayta yozadi.
Avtomuharrir – matnni kiritish jarayonida ayrim xatolar tez-tez takrorlanadi. Bu xatolarni matn kiritilayotganda avtomatik ravishda to’g’irlash mumkin. Bu amal avtotahrir qilish deb ataladi va uni avtomuharrir bajaradi.
Asboblar paneli(lentalar) - tugmalar majmuidan iborat bo’lgan panel. Bunda tugmani bosish natijasida biror buyruq bajariadi. Har bir tugma aniq vazifa va nomga ega.
Avtoformat – mavjud shakllar asosida matnni formatlash.
K
Kolontitul – har bir sahifaning yoqori yoki quyi qismida yoziladigan biror bir ma’lumot. Masalan, hujjatning nomi, hujjat avtori, mos sahifa raqami, sana va vaqt va hakozo bo’lishi mumkin.
Konteks menyusi – “sichqoncha” ning o’ng tugmasi yordamida hosil qilinadigan menyu.
Tanlangan ob’ektga mos ravishda menyu ham o’zgarib turadi.
S
“Sichqoncha” – hozirgi zamon komp’yuterlarining ajralmas qismi bo’lib, odatda, 2 yoki 3 tugmali bo’ladi.
F
Fayl - yagona yahlit deb qaraladigan ma'lumotlar yoki dasturlar majmuasi. Fayl o'z nomiga ega bo'lgan va tizimda saqlanadigan ma'lumotlarning asosiy elementi bo'lgan ob'ektdir. Formatlash – bu hujjat shaklini o’zgartirishdir. Bunda shriftlarni tanlashingiz, ta’kidlanishi zarur bo’lgan so’z va iboralarni ajratish, abzats chegaralarni tekislash, satrlar orasidagi masofalarni o’zgartirish mumkin.
Foydalanuvchi faylni yaratishi, tahrirlashi, bir qurilmadan boshqasiga jo'natishi va yo'q qilishi mumkin.
Har bir fayl atributlar va undagi ahborotdan iborat. Faylning atributlariga. Birinchi navbatda uning ismi ahborot turi, yaratish kuni va vaqti, undan erkin foydalanish usuli, uni ishlatishga ruhsat berish shartlari kiradi. Faylni kuzatib borish muhim tushunchalardandir. U davriy zahira nushalarini yaratish va faylni samaraliroq izlash imkonini beradigan tarzda tashkil qilishni nazarda tutadi. Matn, grafik va tovush fayllari ajratiladi.
Format - ahborot ob'ektining tuzilmasi. Format ma'lumotlarni turli ob'ektlarda, ya'ni jadvallarda, Mvda, printerlarda, ma'lumotlar bloklarida joylashish va ifodalanish usullarini belgilaydi. Manzillar, kodlar, buyruqlar, sahifalar, qatorlar va hokazolarning formatlarini ajratadilar, Kompyuter bilan bog'liq barcha tushunchalar o'zining formatiga ega.
Formatlash 1. Hotira qurilmasini, odatda diskni yozishga va o'qishga tayyorlash. Diskni formatlashda operacion tizim diskda joylashgan barcha ahborotni o'chiradi, diskni hamma sohalarining ishonchliligini tekshiradi, yaroqsiz sohalarni belgilaydi va manzillar jadvalini yaratadi. Bular keyinchalik diskdagi ahborotni topish uchun ishlatiladi.
2. Tanlangan formatga monand bajarilayotgan harakat. Mahsus dasturlar yordamida bajariladi. Masalan, matnni formatlash, uni saqlash, uzatish, choplash yoki ekranga, yoki printerga chiqariladigan ko'rinishga keltirishdir. Bu jarayonga sarlavhalar va hatboshlarini shakllantirish, qatorlarni o'ng tarafdan tekislash, sahifalarga bo'lish kiradi.
M
Menyu - foydalanuvchining chizma interfeysining qismi. Dasturning mumkin bo'lgan harakatlari ro'yhati. Menyu qatori oynaning ustki qismida joylashgan. Ushbu oynada menyu qatori - bu «Fayl», «Tahrir», «Ko'rinish», «Tanlangan», «Hizmat», «Ma'lumot». Matnbop menyu ta'lim ob'ektiga sichqonchaning o'ng tugmasi bosilganda paydo bo'ladi. Har bir ob'ekt alohida amallar ro'yhatiga ega.
Hotira - Ma'lumotlar joylashtirish, saqlanishi va olinishi mumkin bo'lgan funkcional qurilma.
|
| |