• Mantiqiy qo‘shuv.
  • IX BOB. YaRIM O‘TKAZGIChLI RAQAMLI INTEGRAL




    Download 0,93 Mb.
    bet48/58
    Sana17.05.2024
    Hajmi0,93 Mb.
    #239775
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   58
    Bog'liq
    X. K. Aripov, A. M. Abdullaev, N. B. Alimova

    IX BOB. YaRIM O‘TKAZGIChLI RAQAMLI INTEGRAL
    MIKROSXEMALAR SXEMOTEXNIKASI
    ════════════════════════════════════════════


    9.1. Raqamli texnika asoslari

    Zamonaviy hisoblash texnikasida axborotni raqamli qayta ishlash usuli muhim rol o‘ynaydi. Raqamli yarim o‘tkazgichli IMSlar hisoblash texnikasi qurilmalari va tizimining negiz elementi hisoblanadi. Hisoblash mashinalari tomoniday qayta ishlanayotgan berilganlar, natija va boshqa axborotlar faqat ikki qiymat oladigan (ikkilik sanoq tizimi) elektr signallari ko‘rinishida ifodalanadi.


    Analog axborotni raqamli ko‘rinishga aylantirish uchun uni kvantlaydilar, ya’ni vaqt bo‘yicha uzluksiz signal uning ma’lum nuqtalardagi diskret qiymatlari bilan almashtiriladi. So‘ngra berilgan signal oxirgi diskret qiymatiga mos ravishda raqam beriladi. Signal diskret darajalarini raqamlar ketma – ketligi bilan almashtirish jarayoni kodlash deb ataladi. Olingan raqamlar ketma – ketligi signal kodi deb ataladi.
    Ikkilik sanoq tizimida biror son ikki raqam: 0 va 1 orqali ifodalanadi. Raqamlarni ifodalash uchun raqamli tizimlarda tok yoki kuchlanish kabi elektr kattalikni ikki holatdagi signalini qabul qilishga moslashgan elektron sxema bo‘lishi talab qilinadi. Kattalikning biri – 0 ga, ikkinchisi – 1 ga mos kelishi kerak. Ikki elektr holatga ega bo‘lgan elektr sxemalarni yaratishning nisbatan soddaligi shunga olib keldiki, hozirgi zamonaviy raqamli texnika mana shu ikkilik ifodalanish tizimga asoslangan.
    Raqamli qurilmalar ishlash algoritmini ifodalash uchun bul algebrasi yoki mantiq algebrasi qo‘llaniladi. Mantiq algebrasi doirasida raqamli sxema kirish, chiqish va ichki qismlariga mos ravishda bul o‘zgaruvchilari o‘rnatiladi va ular faqat ikki qiymat qabul qilishi mumkin:
    X=0 agar X 1; X=1 agar X  0.

    Bul algebrasi asosiy amallari bo‘lib mantiqiy qo‘shuv, ko‘paytiruv va inkor amallari hisoblanadi.


    Mantiqiy qo‘shuv. Bu amal YoKI amali yoki diz’yunksiya deb ataladi. Ikki o‘zgaruvchini mantiqiy qo‘shish postulatlari 9.1 – jadvalda keltirilgan.
    Bunday jadvallar haqiqiylik jadvallari deb ataladi. Shuni ta’kidlash kerakki, bu amal ixtiyoriy o‘zgaruvchilar soniga mo‘ljallangan. Amal bajarilayotgan o‘zgaruvchilar soni, uning belgisidan oldin turgan raqam bilan ko‘rsatiladi. Demak, 9.1 – jadvalda 2YoKI amali bajarilgan. Mantiqiy qo‘shuv YoKI amalini bajaruvchi element (elektron sxema) shartli belgisi 9.1 a – rasmda keltirilgan.
    9.1 - jadval

    X1

    X2

    Y=X1+X2

    0

    0

    0

    0

    1

    1

    1

    0

    1

    1

    1

    1




    Download 0,93 Mb.
    1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   58




    Download 0,93 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    IX BOB. YaRIM O‘TKAZGIChLI RAQAMLI INTEGRAL

    Download 0,93 Mb.