|
Komplementar MDYa – tranzistorlarda yasalgan mantiqiy elementlar (KMDYaM)
|
bet | 56/58 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 0,93 Mb. | | #239775 |
Bog'liq X. K. Aripov, A. M. Abdullaev, N. B. AlimovaKomplementar MDYa – tranzistorlarda yasalgan mantiqiy elementlar (KMDYaM). Ikki kirishli element sxemasi 9.8 – rasmda keltirilgan. Ikkaola kirishga mantiqiy nolga mos signal berilsa n – kanalli VT1 va VT2 tranzistorlar berkiladi, r – kanalli VT3 va VT4 tranzistorlar ochiladi.
Berk tranzistorlarning kanalidagi tok juda kichik (10-10A). Demak, manbadan tok deyarli iste’mol qilinmaydi va sxemaning chiqishida Yem ga yaqin potensial o‘rnatiladi (mantiqiy bir darajasi). Agar biror kirish yoki ikkala kirishga mantiqiy bir darajasi berilsa, VT1 va VT2 tranzistorlar ochiladi va element chiqishida potensial nolga yaqin bo‘ladi. Element 2YoKI-EMAS amalini bajaradi. Iste’mol quvvati 0,010,05 mVtni, tezkorligi esa 1020 ns ni tashkil etadi.
9.8 – rasm.
Integral – injeksion mantiq elementi (I2M). Kalit komplementar bipolyar tranzistorlar juftligidan tashkil topgan bo‘lib, n-p-n turli VT1 tranzistor ko‘pkollektorli bo‘lib, uning baza zanjiriga p-n-p turli VT2 ko‘pkollektorli tranzistor ulangan. Bu tranzistor injektor nomini olgan bo‘lib, barqaror tok generatori vazifasini bajaradi (9.10 a – rasm.)
a) b)
9.10 – rasm.
VT1 tranzistor emitter – kollektor oralig‘i kalit vazifasini bajaradi. Signal manbai va yuklama sifatida xuddi shunday sxemalar ishlatiladi. Agar kirishga mantiqiy birga mos keluvchi yuqori potensial berilsa, VT1 tranzistor ochiladi va to‘yinish rejimida bo‘ladi. Uning chiqishidagi potensial nol potensialiga mos keladi. Kirishga mantiqiy nolga mos keluvchi potensial berilsa, VT1 tranzistorning emitter o‘tishi berkiladi. Kovaklar toki IQ (qayta ulanish toki) VT1 tranzistorning kollektor o‘tishini teskari yo‘nalishda ulaydi. Buning natijasida VT1 chiqish qarshiligi keskin ortadi va uning chiqishida mantiqiy bir potensiali hosil bo‘ladi. Ya’ni mazkur sxema yuqorida ko‘rilgan sxemalar kabi invertor vazifasini bajaradi. Mantiqiy amallarni bajarish invertor chiqishlarini metall simlar bilan birlashtirish natijasida amalga oshiriladi. 9.10 b – rasmda HAM amalini bajarish usuli ko‘rsatilgan. Haqiqatdan ham, agar X1 yoki X2 kirishlardan biriga yuqori potensial berilsa U1KIR, natijada birlashgan chiqishlarda (A nuqta) past potensial hosil bo‘ladi U0. Natijada va invers o‘zgaruvchilarning kon’yuksiyasi bajariladi. Ular VT1 va VT3 invertor chiqishlarida hosil bo‘ladi: . I2M elementining tezkorligi 10100 ns va iste’mol quvvati 0,010,1 mVt. Kristallda bitta I2M elementi KMDYa –elmentga nisbatan 34 marta kichik, TTM – elementiga nisbatan esa 510 marta kichik yuzani egallaydi.
Ko‘rib o‘tilgan mantiqiy IMS negiz elementlarining
asosiy parametrlari jadvali
Parametr
|
Negiz element turi
|
TTM
|
TTMSh
|
n - MDYa
|
Kuchlanish
manbai, V
|
5
|
5
|
5
|
Signal mantiqiy o‘tishi
(U1ChIQ- U0ChIQ), V
|
4,5-0,4
|
4,5-0,4
|
TTM bilan mos keladi
|
Ruxsat etilgan shovqinlar darajasi, V
|
0,8
|
0,5
|
0,5
|
Tezkorligi,
tK. O‘RT , ns
|
5-20
|
2-10
|
10-100
|
Iste’mol quvvati, mVt
|
2,5-3,5
|
2,5-3,5
|
0,1-1,5
|
Yuklama qobiliyati
|
10
|
10
|
20
|
Parametr
|
Negiz element turi
|
KMDYa
|
EBM
|
I2M
|
Kuchlanish
manbai, V
|
3-15
|
-5,2
|
1
|
Signal mantiqiy o‘tishi
(U1ChIQ- U0ChIQ), V
|
Yep-0
|
(-1,6)-(-0,7)
|
0,5
|
Ruxsat etilgan shovqinlar darajasi, V
|
0,4Ep
|
0,15
|
0,1
|
Tezkorligi,
tK. O‘RT , ns
|
1-100
|
0,7-3
|
10-20
|
Iste’mol quvvati, mVt
|
0,01-0,1
|
20-50
|
0,05
|
Yuklama qobiliyati
|
50
|
20
|
5-10
|
Asosiy raqamli IMS seriyalarining mantiq turlari
Mantiq turi
|
Raqamli IMS seriya raqami
|
TTM
|
155, 133, 134, 158
|
TTMSh
|
130, 131, 389, 599, 533, 555, 734, K530, 531, 1531, 1533, KR1802, KR1804
|
EBM
|
100, K500, 700, 1500, K1800, K1520
|
I2M
|
KR582, 583, 584
|
r - MDYaTM
|
K536, K1814
|
n - MDYaTM
|
K580, 581, 586, 1801, 587, 588, 1820, 1813
|
KMYaTM
|
164, 764, 564, 765, 176, 561
|
|
| |