• ANDIJON 2020
  • Taqrizchilar: S.Z. Zaynabidinov
  • X. M. Madaminov lazer




    Download 12,95 Mb.
    bet1/18
    Sana25.01.2024
    Hajmi12,95 Mb.
    #145717
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
    Bog'liq
    Lazer fizikasi OQUV QOLLANMA



    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
    X.M. Madaminov


    lazer FIZikasi
    (5140200-Fizika yo’nalishi talabalari uchun)


    o’quv qo’llanma


    Andijon davlat universiteti O’quv-uslubiy kengashining
    201_ yil _____ dagi yig’ilishida ko’rib chiqilgan va
    nashrga tavsiya etilgan (№_ sonli bayonnoma)
    ANDIJON
    2020

    Lazer fizikasi


    X.M. Madaminov

    Mazkur o’quv qo’llanma universitetlarning 5140200-“Fizika” bakalavriyat yo’nalishi o’quv rejasiga kiritilgan “Lazer fizikasi” fani o’quv dasturi talablariga mos keladi. Mazmunan, yuqoridagi fanning “Lazerlarning turlari va ularning qo’llanilishi” deb nomlangan bobini o’rganish uchun zarur bo’lgan dastlabki ma’lumotlarni o’z ichiga jamlagan.


    Qo’llanma “Lazer fizikasi” fani rivojlanishining hozirgi bosqichi to’g’risidagi tasavvurlarni shakllantirish hamda lazer fizikasi va texnikasidan bilimlarini chuqurlashtirish, bu boradagi mustaqil izlanishlarini davоm ettirishga xizmat qiladi. Shu sababli qo’llanmadan oily o’quv yurti talabalari va magistrantlar, o’rta maxsus o’quv yurtlari talabalari va barcha qiziquvchilar foydalanishlari mumkin.
    Taqrizchilar:
    S.Z. Zaynabidinov - fizika-matematika fanlari doktori,
    ADU professori, akademik
    L.O. Olimov - fizika-matematika fanlari doktori,
    AndMI professori.


    So’z boshi

    Lazer nurining muhit bilan o’zaro fizik ta’sirining atroflicha o’rganilishi hamda lazerlarni sanoatda ishlab chiqarishning yo’lga qo’yilishi uni oddiy asbobdan har xil texnologik jarayonlarni amalga oshirish qurilmasiga aylanishiga imkon berdi.


    Bugungi kunda fan va texnikaning turli sohalarida lazerlar va lazerli texnologiyalar keng ishlatilmoqda. Xususan, mikroelektronika sanoatida materiallarni kesish, ularni bir-biriga payvandlash va mustahkamligini oshirishda, tibbiyot sohasida tashxis qo’yishda, ko’z, quloq-burun kasalliklarini davolash va jarrohlik jarayonida, aloqa tizimida ma’lumot uzatuvchi vosita sifatida, metrologiya sohasida yuqori aniqlikdagi o’lchash vositasi sifatida hamda o’quv jarayonida kogerent nurlanishning to’lqin-zarracha xususiyatlarini ko’rgazmali tarzda namoyon etishda keng foydalanilmoqda. Ayniqsa, so’nggi yigirma yil ichida qayta ishlanayotgan materiallarni lazer qurilmalarini qo’llab qizdirish usuli keng ishlatila boshlandi.
    Lazer texnikasining rivojlanishi tufayli lazerlar qo’llanilishining yanada taraqqiy ettirish masalalariga qiziqish tobora ortib bormoqda. Bu esa o’z navbatida, yuqorida ta’kidlab o’tilganidek, lazerlar yordamida materiallarni qayta ishlash va ularga ishlov berishni tadqiq etishga bo’lgan e’tiborni kuchaytiradi.
    Hozir to’la asos bilan shuni aytish mumkinki, “lazer texnologiyasi” deb maxsus termin bilan ataluvchi bu yangi yo’nalish to’laligicha shakllandi: ya’ni, uning asosiy fizik xususiyatlari o’rganildi, asbob-uskunalar turkumi ishlab chiqildi, sanoat va ishlab chiqarish o’lchamida yuzaga keluvchi bir qator texnologik muammolar hal etildi. Buning natijasida esa mehnat unumdorligi keskin ortib, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati yaxshilanib, tannarxi pasaydi.
    Shu o’rinda ishlab chiqarishning ba’zi turlarini lazerlarsiz tasavvur qilish qiyinligini alohida ta’kidlash zarur. Chunki, lazer texnologiyasi o’zining qulayligi va o’ta aniqligi bilan turli soha mutaxassislari – texnologlar, muhandislar, asbobsozlar hamda ilmiy tadqiqotchilarni borgan sari o’ziga ko’proq jalb etmoqda.
    Xo’sh, lazer texnologiyasi qanday xususiyati bilan bunday e’tiborga sazovor bo’lmoqda? Bu savolga javob berishdan oldin qudratli lazer nurlarining boshqa modda – materiallarga qanday ta’sir etishini ko’rib o’tamiz.
    Lazer nurlarining moddalarga ta’sirida uning kvantlari atom va molekulalar orqali qayta ishlanayotgan materialning ustki qatlamlariga energiya berib turadi. Lazer bilan nurlantirilgan sirtdagi zichlik quvvati qisqa vaqt ichida bir kvadrat santimetrda yuzlab milliard Wattga teng bo’ladi.
    Lazerli texnologiyaning afzalligini materialni qayta ishlashdagi yuqori sifatli aniqlikka erishish, turlicha fizikaviy va mexanik xususiyatga ega bo’lgan har xil turdagi materiallarni payvandlash, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish imkonini yaratadi, ishlab chiqarish madaniyatini oshirib, mehnat sharoitini yaxshilaydi.
    Yuqorida sanab o’tilgan afzalliklar asosida qator diqqatga sazovor yangi va samarador lazerli texnologik jarayonlar yaratildi.
    Shulardan kelib chiqqan holda, mazkur o’quv qo’llanmada keng qo’llaniladigan lazer qurilmalar, ular yordamida ishlov va qayta ishlovni amalga oshirish hamda termoyadroli sintezni lazer yordamida amalga oshirishning fizik asoslari haqida boshlang’ich ma’lumotlar berishga harakat qilindi. Bundan tashqari, materiallarni qayta ishlashni amalga oshirishda lazerlardan foydalanish va uning fizik mexanizmlarini o’rganish, kelajakda yuz beradigan energiya taqchilligi bir qadar bartaraf qilishga xizmat qilishi bilan, mazkur o’quv qo’llanmaning yaratilishi ayniqsa, dolzarbdir.
    Ushbu qo’llanma yuqorida qayd etib o’tilgan masalalarni qamrab olgan va undan universitetlarning 5140200 - “Fizika-bakalavr” yo’nalishida o’qitiladigan “Lazer fizikasi” fanining o’quv dasturiga mos keluvchi oquv qo’llanma sifatida foydalanish tavsiya etiladi. Qo’llanmaning tеgishli joylarida fanni o’qitishda zarur bo’lgan kеrakli rasmlar, chizmalar, jadvallar, grafiklar kabi matnni oydilashtiruvchi matеriallardan foydalanildi. Har bir bob oxirida esa savol va topshiriqlar kеltirib o’tilgan bo’lib, ular fan mavzularini to’liq o’zlashtirishga va mustahkamlashga xizmat qiladi.
    O’quv qo’llanma matnini e’tibor bilan o’qib chiqib, o’zining qimmatli fikrlarini ayamagan ustozim, akademik S.Z.Zaynobiddinovga, f.-m.f.d. L.O.Olimovga, samimiy mulohazalari bilan qo’llanmaning sifati va mazmunini yaxshilashga qo’shgan hissalari uchun Andijon davlat universiteti Fizika kafedrasi dotsentlari A.U.Abdurahimov, O’.A.Abduboqiyev va X.M.Nishonovlarga muallif o’z minnatdorchiligini bildiradi.


    Download 12,95 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




    Download 12,95 Mb.