|
X. M. Madaminov lazer
|
bet | 6/18 | Sana | 25.01.2024 | Hajmi | 12,95 Mb. | | #145717 |
Bog'liq Lazer fizikasi OQUV QOLLANMA
Har qanday lazеrlarning asosini majburiy nurlanish chiqara oladigan atom, ion yoki molеkulalardan tuzilgan modda tashkil qiladi. Bu modda faol elеmеnt dеb ataladi. Lazеr nurlanishi hosil qilayotgan atomlar esa faol markazlar (aktivatorlar) dеb ataladi. Faol markazlar konsеntratsiyasi ya’ni 1 sm3 dagi faol markazlardagi zaryadlar soni esa baidlik (nasеlеnnost) dеyiladi. Odatda qattiq va suyuq faol elеmеntlarda bandlik 1019÷1020, gaz holatda esa 1015÷1017 sm-3 ni tashkil etadi.
Aktiv muhit qattiq holatda ikki kismdan iborat bo’ladi. Birinchisi matritsa dеyiladi va bu aktiv markazlar joylashgan kristall asos hisoblanadi. Aktivator ionlari radiusi matritsadagi atomlar radiusi bilan bir xil bo’lishi zarur, shunda aktivatorlar izomorf joylashadi va matritsa atomlarini ta’qiqlangan zonalarida enеrgеtik sathlarni paydo qiladi. Matritsa kristalini enеrgеtik strukturasi aktivatorlar sathlari bilan aniqlanadi va aktivatorlar aktiv muhit spеktrida sеlеktiv yutilish va spontan lyuminеssеntsiya qismlarini hosil qiladi.
Aktivatorlarni matritsasi kristall panjaraning umumiy elеktromagnit maydoni bilan ta’sirlashuvi natijasida aktivator enеrgеtik sathini qisman kеngayishi va siljishi kuzatilishi mumkin. Aktivator atomlarini bir-biri bilan o’zaro magnit ta’siri xamda matritsa kristalining issiqlik tеbranishlari ham aktiv muhitni enеrgеtik spеktrini o’zgarishiga olib kеladi.
Aktiv muhitdagi aktivator atomlari odatda yashash vaqti еtarlicha katta (10-4s) bo’lgan mеtastabil sathga va kеng yutilish polosasiga ega bo’lishi zarur.
Matritsa kristali esa optik shaffof, yuqori qattiqlik va issiqlik o’tkazuvchanligigiga ega bo’lishi kеrak bo’ladi. Undan tashqari matritsa moddani yuqori tеrmik va kimyoviy chidamlilikka ega bo’lishini talab qilinadi.
Yoqut lazeri 1960 yili amerikalik olim T.Meyman tamonidan yaratilgan va u dunyodagi birinchi optik kvant generator edi. Bu lazerning paydo bo’lishi bilan lazerli texnikaning yaratilishi boshlandi.
Ushbu lazerda ishchi jism sifatida sun’iy (sintetik) yoqut, ya’ni Al2O3 alyuminiy oksidning kristali olingan. Bu moddadagi alyuminiyning bir qismi xrom moddasi bilan almashtirilgan. Ishchi jism bo’lgan Al2O3 ning ichida Cr2O3 ning massa bo’yicha miqdori taxminan 0,05 ni tashkil etadi. Faol ionlarning konsentratsiyasi 1018 cm-3 ni tashkil etadi. Yoqut kristalining panjarasida joylashgan va uch karra ionlashgan xrom atomi tashqi qobig’ida uch elektron joylashgan. Kristall panjaraning hosil bo’lishida xrom atomi 4s qobiqdan bir elektronni yo’qotadi.
Yoqut kristalining ba’zi bir issiqlik xususiyatlarining parametrlarini 2-jadvaldan aniqlasa bo’ladi. Yoqut kristali yorug’lik spektrining yashil va zangori sohalarida nurlanishni yaxshi yutib, qizil rang sohasida (0,6943 mkm) nurlanish beradi. Bu nurlanish chizig’ining eni 0,4 nmni tashkil etadi.
Ushbu lazerning ishlash tamoyilini tushuntirish uchun kerak bo’ladigan Cr3 ionining energetik diagrammasi 2.10-rasmda keltirilgan.
Optik damlash lampasining nurlanishi ta’sirida xrom ionining asosiy A sathidagi elektronlar yuqori 4F1 yoki 4F2 satxlarga chiqariladi. Bu sathdan elektronlar nurlanishsiz qisqa vaqt (10-8 s) ichida 2E metastabil sathlardan biriga o’tadi. Bu sathda elektronning yashash vaqti 3 ms atrofida. Ushbu yoqut lazeri uch energetik sathli sistemada 1 va 2 sathlar orasida invers bandlik hosil qilib, kogerent nurlanish generatsiyasi olinadi. Asosiy sath quyi lazer satxi bo’lgani uchun barcha faol zarralarning yarmidan ko’pini g’alayonlantirish zarur. (Asosiy satxdagi barcha elektronlarning yarmidan ko’prog’i yuqori (4F1 va 4F2) lazer sathlariga chiqarilishi zarur.) Yoqut lazerining ushbu kamchilligi 1-jadvaldan ham ko’rinib turibdi. Yoqut uchun chegaraviy optik damlash energiyasi 100 dan 1000 J atrofida bo’ladi, ya’ni 1 cm3 hajmiga 50 J energiya to’g’ri keladi.
2.10-rasm. Yoqut lazerida generatsiya hosil bo’lishining soddalashtirilgan chizmasi
Yoqutda majburiy o’tishning kesimi 310-20 cm2 ni tashkil etadi. Agar xrom ionlarining konsentratsiyasi N01018 cm-3 bo’lsa, yoqutli faol elementning kuchaytirish koeffitsienti K00N2-10-2 cm-1 ni tashkil etadi.
Lazerlarda faol element sifatida ishlatiladigan yoqut kristallarning o’lchamlari quyidagicha diametri 510 mm, uzunligi 1015 cm va bunday kichik qiymatlar bo’lishiga sabab, bir jinsli sun’iy yoqut kristallini tayyorlashning texnologik jihatdan qiyinligidadir, hamda optik damlashning bir jinsli emasligidir. Bunday o’lchamli yoqut kristallida nurlanishning difraksion yoyilishlari kichik qiymatlarga (bd10-4rad) ega. Real sharoitda generatsiya jarayoni ko’p modali bo’lgani uchun nurlanishning yoyilish burchagi 10-310-2 radianni tashkil etadi. Yoqut kristallining kichik o’lchamlari, bu lazerning energetik imkoniyatlarini cheklaydi. Real sharoitlarda, optik rezanatorning asilligini modulyatsiya qilingan holda, yakka lazer impulsining energiyasi 1 Joul atrofida bo’lib, nurlanish vaqti 10 ns ni tashkil etadi. Erkin generatsiya holatiida esa 100 Joulgacha nurlanish energiyasini olish mumkin.
Yoqut lazeriga bag’ishlangan bayonning oxirida ushbu lazerning musbat va manfiy sifatlarini sanab o’taylik. Musbat sifatlariga kogerent nurlanish ko’zga ko’rinadigan sohada va lazer impuls-larining tez takrorlanishining mumkinligidir. Kamchiliklariga esa katta damlash energiyasi zarurligi, FIK-ning kichikligi, umumiy nurlanish energiyasining kichik (10 J) bo’lganligi, uzluksiz generatsiya olib bo’lmasligi hamda faol kristallarning o’lchami katta bo’lmasligidir.
|
| |