|
Ishlab chiqarish jarayoni strukturasi
|
bet | 39/69 | Sana | 03.01.2024 | Hajmi | 2,88 Mb. | | #129770 |
Bog'liq Hujjat (1)Ishlab chiqarish jarayoni strukturasi. Ishlab chiqarishning qator tarmoqlarida texnologik operatsiyalar o`tishlarga ajratiladi. O`tish operatsiyaning qismlarga bo`linmaydigan va asbobni (moslamani) almashtirmay bitta yoki bir nechta ishchi tomonidan ish rejasini o`zgartirmay bajariladigan tugal qismidir. Masalan, mashinasozlik korxonasining yig`uv sexida ishchi buyumni yig`ish jarayonida gaykovert, toresli klyuch, o`lchov asboblaridan foydalanadi. Uning barcha ishlari birgalikda slesarlik-yig`uv texnologik operatsiyaning mazmunini tashkil etadi, ammo gaykovert bilan ishlash- bir o`tish, toresli klyuch bilan ishlash boshqa bir o`tish, shtangensirkul bilan nazorat o`lchash uchunchi o`tish hisoblanadi.
Konstruktorlik tayyorgarligi berilgan topshiriqni texnik-iqtisodiy asoslash va buyumga qo`yiladigan texnik talablar ifodalangan dastlabki hujjatni ishlab chiqarishdan boshlanadi. Oxirgi natija ishchi hujjat, ya`na ishchi chizmalar bo`lib, ularda buyumlarni tayyorlash va nozorat qilish uchun zarur: yig`ish chizmalari, detallarning chizmalari, ularning tafsilotlari va hakozolar ifodalanadi.Ana shu hujjatlar asosida korxonaning texnologik tayyorgarligi amalga oshadi. Bu tayyorgarlik mahsulot tayyorlashning texnologik jarayonini ishlab chiqarishdan iborat bo`lib, u texnologik hujjatlarda-marshrut, operasiya kartalari va hakozalarda o`z aksini topadi. Korxonaning texnologik tayyorgarligi yagona tizimiga, ya`na xalq xo`jaligining istalgan tarmog`iga mansub har bir korxona rioya etadigan standartlarga muvofiq amalda oshiriladi.
Texnologik jarayonlarni loyihalashda bir tomondan buyumga qo`yiladigan texnik talablar, ikkinchi tomondan ishlab chiqarishning imkoniyatlari, uning zarur stanoklar, asboblar va kadrlar bilan ta`minlanganligi hisobga olinadi.
Korxonaning tashkiliy-ishlab chiqarish tayyorgarligi uning texnologik tayyorgarligiga chambarchas bog`liqdir. U sexlar va uchastkalarning aniq tashkil etishidan, ta`minot, jihozlarni joylashtirish, buyumning tajriba namunalari tayyorlash masalalarini aniqlashdan iboratdir. Ko`pincha mahsulotni sanoat ko`lamida o`zlashtirishni tezlashtirish uchun ishlash chiqarishning ba`zi tayyorgarlik bosqichlari birlashtiriladi.
|
| |