• III. Yangi mavzuni bayon qilish.
  • Xalq hunarmandchiligi tehnologiyasi




    Download 2,88 Mb.
    bet41/69
    Sana03.01.2024
    Hajmi2,88 Mb.
    #129770
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   69
    Bog'liq
    Hujjat (1)

    Fanlararo bog`lanish: texnika, texnologiya, matematika, informatika, fizika, iqtisodiy bilim asoslari va b.
    Dars jihozi: tarqatma matetiallar, kompyuter, proyektor, ekran, ishlab chiqarish sohalariga oid ko`rgazmalar va h.
    Darsning borishi:

        1. Tashkiliy qism.

        2. O`tilgan darsni so`rash va baholash:

        1. Texnologiya deb nimaga aytiladi?

        2. Texnologik jarayon nima?

        3. Texnologik jarayon bilan texnologik usullarning umumiyligi nimada? III. Yangi mavzuni bayon qilish.

    Reja:

        1. Hozirgi zamon texnikasi.

        2. Ilg`or texnologiya.

    XXI-asrda qo`llaniladigan texnika qaysi sohalarga, tarmoqlarga yoki ishlab chiqarish korxonasiga tegishli bo`lmasin, ularda kompyuter elementlari kiritiladi. Hozirgi zamon texnikasining asosini mashinalar tashkil etadi. Ular qanday ishni bajarishiga ko`ra bir-biridan farqlanadi va energetika mashinalari (turbina, ichki yonuv dvigateli, elektrodvigatel, elektrogenerator va b,) ishchi mashinalar, shu jumladan, texnologik mashinalari ( samolyot, avtomabil, vertolyot, velosiped, va b); axborot mashinalari (oddiy arifmometrdan elekrton-hisoblash mashinalarigacha) deb ataladi. Hozirgi ishlab chiqarishda ana shu mashinalarning barcha turlaridan foydalaniladi.
    Mashina o`z vazifasini bajara olish uchun ishchi (ijrichi) organi bo`ladi. Uning tuzilishi mashinaning vazifasi va ishlash sharoitiga bog`liqdir. Masalan, ventilyatorning ishchi organi- parragi, ekskavatorning ishchi organi-kavsh, avtomobilning ishchi organi- g`ildiraklari hisoblanadi. Mashinalar ishchi organlari yordamida ko`zlangan foydali ishlarni bajaradi. Mashinaning ishchi organini dvigatel harakatga keltirdi. Harakat dvigateldan ishchi organga maxsus uzatmalar ( uzatish qurilmalari yoki mexanizmlar) orqali o`tadi. Buning uchun texnologik va transport mashinalarida ko`proq mexanik uzatmalardan ya`ni tasmali, zanjirli, tishli, chervyakli, friksion uzatmalardan foydalaniladi. Agar harakatning uzatilishi suyuqlik yoki gazlar ishtirokida amalga oshsa, bunday uzatmalar gidravlik yoki pnevmatik uzatmalar deyiladi.
    Odatda uzatma mexanizm dvigatel harakatlantiradigan kirish zvenosi va mashinaning ichki organi yoki qurilma ko`rsatgichiga birikkan chiqish zvenosidan tashkil topadi. Agar texnologik mashinaning ishchi organi, aytaylik, stanok supporti ilgarilanma-qaytma va aylanma harakat qilsa, mexanizm konstruksiyasi harakatning uzatilishi va tezlikning o`zgarishini ta`minlashdan tashqari dvigatel valining aylanma harakatini supportning ilgarilanma-qaytma harakatiga aylantirishi ham kerak.
    Mashinaning ishini bo`shqarish lozim. Ilgari mashinalarni faqat inson boshqarar edi. Hozir esa ishlab chiqarishda boshqarish vazifasini bajaradigan avtomat moslamalar tobora keng qo`llqanmoqda. Ular oldindan berilgan dastur bo`yicha ishlaydi, ishchi esa faqat ishlab chiqarishning borishini nazorat qiladi.
    Vazifasi, konstruksiyasi va o`lchamlari har xil bo`lgan barcha mashinalar bitta umumiy xususiyatga ega –ular foydali ishni bajaradi. Ishchi asboblar kabi texnika vositalari o`zicha ishni bajara olmasligi bilan mashinalardan farqlanadi. Asbob insonning mehnat quroli ( masalan, nina, belkurak, otvyortka va b) yoki mashinalarning ijrochi organlari (parma, freza va b) sifatida xizmat qiladi. Ishchi asboblardan tashqari o`lchash asboblari ham mavjud bo`lib, siz ular bilan mahsulot sifatini nazorat qilish masalasini o`rganishda tanishdingiz.
    Ko`pchiligingiz parmalash stanoklarida ishlashda konduktor deb ataladigan texnik moslamani uchratgansiz. Bu moslama oldin rejalamasdan detalning kerakli joyida teshik parmalash imkonini beradi. Detalning har bir turi uchun maxsus ishlab chiqarilgan va tayyorlangan konduktor bo`lishi kerak. Ana shu moslamalar, maxsus asboblar va boshqa asboblar parmalash stanogining uskunalari hisoblanadi. Uskuna deganda, texnologik jihozlarni to`ldiradigan va texnologik jarayonning muayyan qismini mustahkamlash, zagotovka hamda detallarni uzatish va nazorat qilishni bajarish uchun kerakli texnik moslamalarning hammasi tushuniladi. Ishlab chiqarishning har qanday tarmog`ida qo`llaniladigan texnika vositalarining katta gruppasini nazorat-o`lchov qurilmalari tashkil qiladi. Ular qator belgilari: vazifasi, ishlash prinsipi va hokazolari bo`yicha tasniflanadi.
    Moddaning massasini, haroratni, bosim va boshqalarni o`lchash qurilmalari o`lchanadigan kattalikning turiga ko`ra bir-biridan farqlanadi. Ishlash prinsipiga ko`ra mexanik, elektrik, gidrovlik, optik va b. Shuningdek, kombinasiyalshgan (elektromexanik qurilmalar bo`lishi mumkin.
    Ishlab chiqarish sharoitida ko`pincha kuzatuvchining ko`zi ilg`maydigan jarayonlarning ayrim parametrlarini, masalan, pechlardagi issiqlikni, atom reaktorining holati va boshqalarni o`lchash zarurati tug`iladi. Bunday paytlarda qurilmalarning datchiklari ( paramaetrlarni o`lchagichlar) bevosita ob`ektda, qurilmaning indikatori (o`lchanayotgan kattalikning ko`rsatkichi) operatorning maxsus pultida bo`ladi. Bu xildagi qurilmalar distansion qurilmalar deyiladi.
    Ko`p qurilmalar o`lchanayotgan kattalikning ana shu o`lchash paytidagi qiymatini ko`rsatadi. Bular ko`rsatuvchi qurilmalar deb ataladi. Ular, masalan, ampermetr, voltmetr, manometr, tarozi va b. Ular strelkali yoki raqamli (elektron saotlar tipida) bo`lishi mumkin.
    Kundalik turmushda ko`rsatuvchi qurulmalar juda qulay bo`lsa, ishlab chiqarishda ko`pincha o`lchanayotgan parametrning absolyut qiymatidan tashqari, muayyan vaqt ichida uning o`zgarish xarakterini ham bilish zarur bo`lib qoladi. Ana shunday hollarda registrasiya qiladigan: o`zi yozadigan yoki mashinali qurilmalardan foydalaniladi.
    Yuqorida aytilgan barcha texnik qurilmalar mashinalar, asboblar, uskunalar va qurilmalar ishlab chiqarishning texnikaviy jihozlash vositalari bo`lib, ular texnologik jarayonni amalga oshirish uchun zarur. Yangi texnologiyalar prinsipial yangi texnikani taqozo etadi va bunday texnikasiz texnologogiyarning g`iyalari ro`yabga chiqmaydi.
    Ilmiy bilimlar yuksak darajada rivojlanishi bilan ishlab chiqarishning texnik vositalari uzluksiz takomillashadi. Ularni amaliyotga tatbiq etish muddati ancha tezlashadi. XX-asrning birinchi choragida bajarilgan fundamental ilmiy tadqiqotlar amalga oshirilguncha taxminan 20 yil vaqt o`tgan bo`lsa, so`ngi yillarda ana shu vaqt ko`p hollarda 5-6 marta qisqardi.Texnikaning muvaffaqiyatli o`z navbatida ilmiy tadqiqotlarning sur`atini jadallashtiradi va imkoniyatlarini kengaytiradi. Fan, texnika va ishlab chaqarishning o`zaro chambarchas bo`g`lanishi fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishning muhim shartidir. Hozirgi texnika uchun oldindan belgilangan xossalarga ega bo`lgan xilma-xil materiallar kerak. Bunday materiallar, masalan, juda katta yuk yoki issiqlik va sovuqqa chidamli, muayyan fizik-kimyoviy xossalarga ega bo`lishi (turli agressiv muhitga, haddan tashqari yuqori yoki past elektr o`tkazuvchanlikka dosh bera olishi) lozim. Buning zarurligini texnika murakkab sharoitlarida ishlatilganida yuqori darajada mustahkamligi va ishlash qobilyatini saqlash kerakligi bilan izohlash mumkin. Masalan kosmik kema fazoda uchayotganida bosim va tebranish (vibrasiya)ga, harakatning keskin farqlanishiga, Quyosh radiusining ta`siri va hokazolarga duch keladi. Demak, bunday apparatlar uchun o`ta qattiq, issiqqa chidamli materiallar kerak. Aslida bunday materiallar tabiatda yo`q. Turli kimyoviy elelmentlarni birlashtirib oldindan belgilangan yangi materiallarni hosil qilish mumkin.
    Yangi materiallar faqat kosmosdagina zarur emas. Sanoat va qishloq xo`jalik texnikasini ishlatish sharoiti ko`pincha ana shu texnika tayyorlanadigan material bir necha xossalarga ega bo`lishini, masalan, ham tebranishga chidamli, ham yuqori darajada mustahkam va oson ishlov beriladigan bo`lishini taqozo etadi. Lekin yangi materiallarni yaratish zarurligi faqat murakkab eksplatatsiya sharoiti bilan bog`liq emas. Ishlatib kelinayotgan qotishmalarning ayrim tarkibiy materiallar juda qimmat, ularning tabiiy zapaslari cheklangandir.
    Sizlar balki kompozitsion materiallar haqida eshitgansizdir. Bu sintetik
    maeriallar moddalarning turlicha birikishi (kompazisiyasi)dan iborat bo`ladi. Albatta, ularni ayrim kompenentlarning oddiygina aralashtirilishi deb toshunmaslik kerak. Kompozitlarning farqli xossalari: chidamliligi, yuqori darajada mustahkamligi, issiqqa bardosh berishi, korroziyalanmasligidir. Bunday materiallardan tuvushdan tez uchadigan samolyotlarda, dengiz texnikasida, qishloq xo`jaligida, yengil sanoat va hokazolarda foydalaniladi. Keyingi yillarda kompazit materiallarni ko`plab ishlab chiqarishga va foydalanishga alohida etibor berilmoqda. Yangi materiallar yaratishda ularga ishlov berish imkoniyatlari ham hisobga olinadi. Masalan, juda qattiq qotishmalardan zagotovkalar kesishda ularga nisbatan qattiqroq materialdan yasalgan asboblar bo`lishi shart.
    Yangi mteriallar(plastmassalar, sintetik kauchuklar, smolalar, sun`iy olnos va b ) tufayli Yangi texnologiyalar vujudga keladi. Chunonchi mashinasozlikda sintetik olmoslardan foydalanish detallar prokat qilinganidan so`ng tokarlik ishlarisiz silliqlash yoki issiqligicha sgilovkalash imkonini beradi. Faqat yangi materiallar emas, balki energiyaning yangi turlari ham yangi texnologiyalar yaratishga yordam beradi. Bu jihatdan lazer, elektron-nur, plazma, texnologiyalari alohida e`tiborga loyiqdir. Kam chiqindili va chiqindisiz texnologiyalarni keng joriy qilish fan-texnika taraqiyotini jadallashtirishning muhim yo`nalishidir. Sizlar metall qirqish stanoklarida ishlayotganingizda anchagina metallni qirindiga aylanishini ko`rgansiz. Ko`p hollarda dastlabki materialning 70-80 foizini chiqindilar tashkil qiladi. Xuddi shu sababli, xususan mashinasozlikda metallarni qirqish bilan ishlash o`rniga chiqindisiz va kam chiqindili texnologik usullarni qo`llash nihoyatda muhim ahamiyatga egadir. Mazkur usullardan biri-detallarni metall poroshoklaridan tayyorlash- poroshokli metallurgiya bo`lib, bu usul ilgari minutlar, ba`zan soatlar sariflanadigan detallar tayyorlashni aniq forma va o`lchamlar bilan sekundlarda bajarish imkonini berayotir. Ana shu usulda metal poroshogi (yoki poroshoklar aralashmasi) po`lat press-qolipga solinadi va katta bosim bilan presslanadi. Shunda metall zarralari bir-biriga jipslashadi, natijada geometrik parametrlari bo`yicha tayyor detalga mos zagotovka hosil bo`ladi. Keyin zagotovkani maxsus pechlarda juda yuqori temperaturada qizdiriladi (yaxlitlanadi)- metall zarralari birlashib, jips bir jinsli massaga aylanadi. G`oyat murakkab konfigurasiyali detal tayyor bo`ladi.Bu usul bilan tayyorlanadigan detallar uchun kerakli asbob-uskunalar ayrim hollarda odatdagi metal qirqish stanoklariga qaraganda soddaroq va arzonroq bo`ladi. Poroshokli metallurgiyadan issiqqa, korroziyaga chidamli Yangi materiallar yaratishga xizmat qilishining bir misolidir. Ma`lumki, metallarni bosim bilan ishlash merall qirqish stanoklarida detallar tayyorlashga nisbatan ancha tejamlidir. Mexanik shtampovka o`rnini asta-sekin suv zarbi, magnit maydoni, portlatish bilan shtampovkalash egallamoqda. Sovuq va issiq holda hajmli shtampovkalash, aniq quyish, erigan suyuq materiallardan detallarni shtampovkalash va hokazalar ham nihoyatda tejamli texnologiyadir.
    So`ngi yillarda metallarni qirqish tezligini oshirish, kimyoviy reaksiyalarni tezlashtirish va hokazolar hisobiga an`anaviy texnologik jarayonlarni intensivlashtirishdan ham keng foydalanmoqda. Ko`p operasyalarni birlashtiradigan uzluksiz texnologik jarayonlarni qo`llash katta samara beradi. Uzliksiz texnologiya texnologik operasiyalarni qo`yish orqali zagotovkalarni, detallar va mareriallarni bir ish o`rnidan ikkinchi ish o`rniga tashish hamda qator yordamchi operasiyalarni bartaraf etadi. Masalan, poroshokli metallurgiya usulida detallar tayyorlashda ko`pincha presslash va qizdirish jarayonlari qo`yiladi: metall poroshoklari presslanadi va bir yo`la qizdiriladi. Zamonaviy ishlab chiqarishga yangi materiallarni, ilg`or texnologik jarayonlarni intensivlashtirish xalq xo`jaligining turli tarmoqlarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy yo`lidir.

    Download 2,88 Mb.
    1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   69




    Download 2,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xalq hunarmandchiligi tehnologiyasi

    Download 2,88 Mb.