Yangi materiallar va zamonaviy texnologiyalar




Download 2,88 Mb.
bet50/69
Sana03.01.2024
Hajmi2,88 Mb.
#129770
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   69
Bog'liq
Hujjat (1)

2.Yangi materiallar va zamonaviy texnologiyalar. Hozirgi texnika uchun belgilangan xossalarga ega bo`lgan xilma-xil materiallar kerak. Bunday materiallar, masalan, juda katta yuk yoki issiqlik va sovuqqa chidamli, muayyan fizik-kimyoviy xossalarga ega bo`lishi (turli muhitga, haddan tashqari yuqori yoki past elektr o`tkazivuchanlikka dosh bera olish) lozim. Buning zarurligini texnika murakkab shraoitlarida ishlatilganida yuqori darajada mustahkamligi va ishlash qobiliyatini saqlash kerakligi bilan izohlash mumkin. Masalan, kosmik kema uchayotganida bosim va vibratsiyaga, temperaturaning keskin farqlanishiga, quyosh radiasiyasining ta`siri va hokazolarga duch keladi. Demak. bunday apparatlar uchun o`ta qattiq, issiqqa chidamli materiallar kerak. Aslida esa bunday materiallar tabiatda yo`q. Turli kimyoviy elementlarni birlashtirish oldindan belgilangan xossalarga ega bo`lgan yangi materiallarni hosil qilish mumkin.
Yangi materiallar faqat kosmosdagina zarur emas. Sanoat va qishloq xo`jalik texnikasini ishlatish sharoiti ko`pincha ana shu texnika tayyorlanadigan material bir necha xossalarga ega bo`lishini, masalan, ham vibratsiyaga chidamli, ham yuqori darajada mustahkam va oson ishlov beriladigan bo`lishini taqozo etadi. Lekin yangi materiallar yaratish zarurligi faqat murkkab ekspluatasiya shroiti bilan bog`liq emas. Ishlatib kelinayotgan qotishmalarning ayrim tarkibiy materiallari juda qimmat, ularning tabiiy zapaslari cheklangandir.
Yangi mareriallar yaratishda ularga ishlov berish imkoniyatlari ham hisobga olinadi. Masalan, juda qattiq qotishmalardan zagotovkalar kesishda ularga nisbatan qattiqroq materiallardan yasalgan asbob-uskuna va moslamalar bo`lishi shart.
Yangi mareriallar (plastmassalar, sintetik kauchuklar, smolalar, sun`iy olmos va hokazolar) tufayli yangi texnologiyalar vujudga keladi. Chunonchi mashinasozlikda sintetik olmoslardan foydalanish detallar prakat qilinganidan so`ng tokarlik ishlarisiz silliqlash yoki issiqligicha shlifovkalash imkonini beradi. Faqat yangi materiallar emas, balki energiyaning yangi turlari ham yangi texnologiyalar yaratishgda yordam beradi. Bu jihatdan lazer, elektron-nur, plazma texnologiyalari alohida e`tiborga loyiqdir.
Kam chiqindili va chiqindisiz texnologiyalarni keng joriy qilish fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishning muhim yonalishidir. Sizlar metall qirqish stanoklarida ishlayotganingizda anchagina metall qirindiga aylanishini ko`rgansiz. Ko`p hollarda dastlabki materiallarning 70-80 foizini chiqindilar tashkil etadi. Xuddi shu sababli, xususan, mashinasozlikda metallarni qirqish bilan ishlash o`rniga chiqindisiz va kam chiqindilib texnologik usullarni qo`llash nihoyatda muhim ahamiyatga egadir. Bu esa yengil sanoat va tikuvchilikda ham juda muhim omillrdan hisoblanadi.
Zamonaviy ishlab chiqarishga yangi materiallarni, ilg`or texnologik jarayonlarni joriy etish, an`anviy texnologik jarayonlarni intensiflashtirish xalq xo`jaligining turli tarmoqlarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosiy yo`lidir.

Download 2,88 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   69




Download 2,88 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yangi materiallar va zamonaviy texnologiyalar

Download 2,88 Mb.