• Darsda qo`llaniladigan metodlar
  • Yangi mavzuni bayon qilish.
  • Dars tipi: Yangi bilimlar berish. Dars turi




    Download 2,88 Mb.
    bet52/69
    Sana03.01.2024
    Hajmi2,88 Mb.
    #129770
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   69
    Bog'liq
    Hujjat (1)

    Dars tipi: Yangi bilimlar berish.
    Dars turi: nazariy.
    Darsda qo`llaniladigan o`qitish metodlari: ma`ruza, suhbat, tushintirish.
    Fanlararo bo`g`lanish: tarix, xalq ta`limi sohasi va b.
    Dars jihozi: tarqatma materiallar, kompyuter, ekran, ishlab chiqarish sohalariga oid slaydlar, ko`rgazmalar va h.
    Dars turi: Yangi bilimlar berish.
    Darsda qo`llaniladigan metodlar: ma`ruza, suhbat. Darsning borishi:

    1. Tashkiliy qisim.

    2. O`tilgan dasni so`rash va baholash:


    1. Ishlab chiqarishda fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishning asosiy yo`nalishlarini ayting.

    2. Nima uchun hozirgi bosqichda texnologik jarayonlarni takomillashtirishga alohida etibor berilmoqda ?

    3. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishning ahamiyati nimada?

    4. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish mahsulot sifatiga va ishchixizmatchilar mehnati unumdorligiga qanday ta`sir ko`rsatadi?

    Yangi mavzuni bayon qilish. Reja:

    1. “Ta`lim to`g`risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida”gi Qonunlarning mazmun mohiyati.

    2. Kadrlarni tayyorlash. Malakasini oshirish yo`nalishlar tartibi.

    O`zbekiston Respublikasining “Ta`lim to`g`risida”gi Qonun 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan. Ushbu Qonunlarning maqsadi fuqarolarga ta`lim-tarbiya berish, kasb-hunar o`rgatishning huquqiy asoslarini belgilaydi hamda har kimning bilim olishdan iborat konstitusiyaviy huquqini ta`minlashga qaratilgan , O`zbekiston Respublikasining ta`lim tizimi quyidagi turlarda amalga oshiriladi.

    • maktabgacha ta`lim;

    • umumiy o`rta ta`lim;

    • o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi;

    • oliy ta`lim;

    • oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim;

    • kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash; - maktabdan tashqari ta`lim;

    Maktabgacha ta`lim bola shaxsini sog`lom va yetuk, maktabdagi o`qishga tayyorlagan tarzda shakllantirish maqsadini ko`zlaydi. Bu ta`lim olti-yetti yoshgacha oilada, bolalar boqchasida va mulk shaklidan qat`iy nazar boshqa ta`lim muassasalarida olib boriladi.
    Umumiy o`rta ta`lim. Umumiy o`rta ta`lim bosqichlari quyidagicha:

    • boshlang`ich ta`lim (I-IV sinflar);

    • umumiy o`rta ta`lim (I-IX sinflar);

    O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limini olish maqsadida har kim umumiy o`rta ta`lim asosida akademik litseyda yoki kasb-hunar kollejida o`qishning yo`nalishini ixtiyoriy ravishda tanlash huquqiga ega. Akademik liseylar va kasb-hunar kollejlarida egallagan kasb-hunar bo`yicha ishlash huquqini beradigan hamda bunday ish yoki ta`limni navbatdagi bosqichda davom ettirish uchun asos bo`ladigan o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi beradi.
    O`zbekiston Respublikasida joriy etilgan uzluksiz ta`lim tizimi sxemasi.
    Oliy ta`lim yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni taminlaydi.
    Oliy ma`lumotli mutaxassislar tayyorlash, oliy o`quv yurtlarida o`rta maxsus, kasbhunar ta`limi asosida amalga oshiriladi. Oliy ta`lim ikki bosqich: bakalavrlik va magistraturaga ega.
    Oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim jamiyatning yuqori malakali ilmiypedagogik kadrlarga bo`lgan ehtiyotlarini ta`minlashga qaratilgandir.
    Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kasb bilimlari va ko`nikmalarini chuqurlashtirish hamda yangilashni ta`minlaydi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tartibi O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
    Maktabdan tashqari ta`lim bolalar va o`smirlarning yakka tartibdagi ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan, ularning bo`sh vaqti va dam olishini tashkil etish uchun davlat organlari, jamoat birlashmalari, shuningdek, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar madaniy-estetik, ilmiy , texnikaviy, sport va boshqa yo`nalishlarda maktabdan tashqari ta`lim muassasalarini tashkil etishlari mumkin. Maktabdan tashqari ta lim muassasalariga bolalar, o`smirlar ijodiyot saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-o`smirlar sport maktablari, san`at maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar, sog`lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi.
    “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida”gi qonun ham 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan . Maqsadi: ta`lim sohasini tubdan isloh qilish, uni o`tmishdan qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to`la xalos etish, rivojlangan demakratik davlatlar darajasida, yuksak ma`naviy va axloqiy talablarga javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdan iborat.
    Kadrlar tayyorlashning milliy modeli:

    Download 2,88 Mb.
    1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   69




    Download 2,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Dars tipi: Yangi bilimlar berish. Dars turi

    Download 2,88 Mb.