• Dars tipi
  • Taskiliy qism. O`tilgan darsni so`rash va baholash
  • IV. Yangi o`tilgan mavzuni mustahkamlash va baholash.
  • Kasbga yo`naltiruvchi maqsad




    Download 2,88 Mb.
    bet54/69
    Sana03.01.2024
    Hajmi2,88 Mb.
    #129770
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   69
    Bog'liq
    Hujjat (1)

    Kasbga yo`naltiruvchi maqsad: o`quvchilarga marketing va menejment faoliyati haqida tushuncha berish orqali ularni shu kasblarga qiziqtirish, shu sohaga oid biror kasbni tanlashlariga ko`maklashish.
    Darsning vazifalari:

      • O`zbekistondagi mulkchilik turlari, marketing va menejment faoliyatining rivojlanishi haqida ma`lumot berish;

      • marketing va menejment faoliyati haqida ma`lumot berish;

      • ishlab chiqarish sohalarida marketing va menejment faoliyatining ahamiyatini uqtirish;

    Dars tipi: Yangi bilimlar berish.
    Dars turi: nazariy.
    Darsda qo`llaniladigan o`qitish metodlari: ma`ruza. suhbat, tushuntirish.
    Fanlararo bog`lanish: texnika, texnologiya, matematika, iqtisodiy bilim asoslari va b.
    Dars jihozi: tarqatma materiallar, kompyuter, proyektor, ekran, ishlab chiqarish sohalariga oid slaydlar, ko`rgazmalar va h.
    Darsning borishi:

      1. Taskiliy qism.

      2. O`tilgan darsni so`rash va baholash:

    O` tilgan mavzuga oid savollar orqali o`tilgan dars so`raladi va baholanadi.

      1. Yangi mavzuni bayon qilish.

    Reja;

        1. Mulkchilik turlari haqida.

        2. Marketing faoliyati haqida.

        3. Menejment faoliyati haqida.

    Bozor iqtisodiyoti mulkchilik shakllarining xilma – xil bo`lishini talab qiladi, chunki tovar mulk ob`ekti bo`lgandagina oldi-sotdi qilinadi. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ham: “ Bozor munosabatlarini rivojlantirishga qaratilgan O`zbekiston iqtisodiyotining negizini xilma – xil shakllardagi mulk tashkil etadi”, deb ta`kidlangan.
    Jamiyat rivojining hozirgi rivojida bu mulk o`z ichiga davlat mulkidan tashqari, ishlab chiqarish, xizmat ko`rsatish va matbuot sohalaridagi jamoa mulkining xilma – xil turlarini, ijtimoiy tashkilotlar mulkini, uy xo`jaligi va shaxsiy tomorqa xo`jaligi hamda yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan bo`g`liq bo`lgan mehnatkashlarning shaxsiy mulkini, tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidgi aralash mulk shakllarini va xususiy mulklarni oladi. Shu sababli “O`zbekiston Respublkasining mulkchilik to`g`risida”gi qonunida turli-tuman mulklar quyidagi mulk shakillariga kiritiladi, davlat mulki, xususiy mulk, aralash mulk. Quyidagi chizmada turli mezonlar asosida mulkchilik shakillarining tasniflanishi keltirilgan:

    Davlat mulki – mulk davlatga tegishli bo`lganda mulkka egalik qilish, foydalanish va uni tasarruf qilish ixtiyorida bo`ladi. Davlat mulki asosan ikki yo`l bilan hosil bo`ladi.

        1. xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat hisobiga o`tkazish:

        2. davlat mablag`lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarga investisiyalar kiritishni amalga oshirish.

    Jamoa mulki – muayyan maqsad yo`lida jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma`naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o`zlashtirishni bildiradi. Bir necha kishilardan iborat jamoaga tegishli bo`lgan mulk jamoa mulki deb yuritiladi.
    Oilaviy mulk, mahalla ahli mulki, korxona jamoasi mulki, fermer ho`jaligi jamoasi mulki mamlakat aholisi mulkiga misol bo`la oladi. Agar sinfdoshlar pul yig`ib to`p sotib olsangiz, bu to`p ham jamoa mulki bo`ladi. Jamoa mulkiga jamoaning hamma a`zosi birgalikda egalik qiladi. Masalan, mahalla uchun hashar usulida qurilgan choyxona mahalla ahlining mulki hisoblanadi.
    Biror shaxsning yolg`iz o`ziga tegishli bo`lgan mulk shaxsiy mulk deb ataladi. Shaxsiy mulk mulk shakllari ichida muhim o`rin tutadi. Shaxsiy mulk bu fuqarolar mulki bo`lib, ularning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. “shaxsiy mulk” bilan bir qatorda “xususiy mulk” iborasi ham ishlatiladi. “Aliyevning xususiy (yoki shaxsiy) firmasi bor”, degan so`zlarni ko`p eshitgan bo`lsangiz kerak. Demak, tovar va xizmatlar ishlab chiqarishda foydalanilayotgan shaxsiy mulkni xususiy mulk deb atash ham mumkin ekan.
    Xususiy mulk – ayrim sohiblarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va o`z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir. Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk paydo bo`ladi. Bu mulk alohida olingan ob`ektning turli mulkdorlar ishtirokida o`zlashtirilishini bildiradi.
    Tovar ishlab chiqaruvchi va xizmat ko`rsatuvchi har qanday tashkilot korxona deb ataladi. Siz bilgan zavod va fabrikalar, qurilish boshqarmasi, avtomobil, parki va ta`mirlash ustaxonalari, jamoa va fermer xo`jaliklari, universitet, institut, kollej, litsey va maktablar, birja va banklar, kasalxonalar, bolalar bog`chalari – bularning hamma-hammasi korxona deb atalishi mumkin. Chunki ularda nimadir ishlab chiqariladi yoki qandaydir hizmat ko`rsatiladi.
    Korxonada tovar ishlab chiqarilishini amalga oshirish murakkab va serqirra jarayon bo`lib, u odilona boshqarilishni taqazo etadi.
    Ma`lumki, korxonada tovar ishlab chiqarish uchun ishchi kuchi, bino va asbob-uskunalar, xom-ashyo va materiallar, turli xil ma`lumotlar , pul mablag`larizarur bo`ladi. Qancha ishchi kuchi qancha va qanday xom-ashyo va materiallar kerak? Qaysi asbob-uskunalardan foydalangan ma`qul? Ishlab chiqarishni qaysi texnologiya bo`yicha yuritgan yaxshiroq? Bularning hammasi uchun qancha pul mablag`lari kerak? Ishlab chiqarish jarayonida bu va bunga o`xshash o`nlab savollar tug`iladi, ularni yechish ancha murakkablashadi. Buning uchun ishlab chiqarish jarayonini boshqarish lozim bo`ladi.
    Korxonada tovar ishlab chiqarishni boshqarish jarayonini menejment, bu ish bilan. shug`ullanuvchi mutaxasislarni menejmentlar deb atashadi.
    Menejer – yollanma professional boshqaruvchidir.
    Rivojlangan davlatlarda kompaniya, bank, moliya muassasalari va ularga qarashli bo`linmalarning rahbar xodimlari menejerlardir.
    Menejerlar obligasiya zayomlari chiqarish (emissiya) va uni bozorda o`tkazish bilan ham shug`ullanadigan rahbarlardir. Ular jamiyatning maxsus ijtimoiy qatlami bo`lib ma`muriy-xo`jalik rahbarligi sohasida ham ma`lum mustaqillikga ega.
    Bozor iqtisodi sharoitida mejerlarning roli oshib bormoqda. O`zbekistonda ham bu soha xodimlari ko`paymoqda. Xususan Toshkent iqtisodiyot dorilfununida, Toshkent boshqaruv va siyosatshunoslik institutida ham menejerlar tayyorlash yo`lga qo`yilmoqda.
    Korxonada menejerlar odatda bir nechta bo`lib, ulardan biri bevosita mahsulot ishlab chiqarish jarayonini boshqarsa, biri xom-ashyo resurslari va materiallar ta`minotini boshqaradi. Yana biri mahsulot sifati va ishlab chiqarish texnologiyasini boshqarsa, boshqa biri korxona xodimlarini boshqaradi va h.
    Bozorni o`rganish, narxlarni shakllantirish, mahsulotni sotish bilan bog`liq ishlarni jamlab, bitta nom bilan marketing deb atashadi. Marketing xaridor ehtiyojlarini to`laroq qondirish asosida tovarlar va xizmatlar bozorida ayirboshlash jarayonlarini jadallashtirishga qaratilgan keng turdagi faoliyat bo`lib, uning asosiy maqsadi yuqori foyda olishni ta`minlashdir.
    Marketing – bozor iqtisodiyoti munosabatlarining yetakchi tushunchalaridan biri. Marketing faqat bozordagi talay ehtiyojni qondirish vositasigina bo`lmay, balki ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun ham xizmat qiladi. Marketing bozor holatini o`rganish, uni oldindan baholash, tovar ishlab chiqarish va sotish orqali undan yaxshi foyda olishni ham uyushtiradi. Marketing ishi maxsus dasturlar orqali amalga oshiriladi. Marketing quyidagi asosiy qoidalarga amal qiladi:

    1. Tovarga nisbatan bozor talabini o`rganish.

    2. Tovar ishlab chiqarishga nisbatan korxonaning imkoniyatini o`rganish.

    3. Xaridorning talab-ehtiyojini to`la qondirish va o`rganish.

    4. Mo`ljallangan bozorda tovarlar aytilgan vaqtda, belgilangan miqdorda

    sotilishini tashkil qilish.

    1. Korxonalarning bozor yo`nalishiga, xaridor talabiga moslashishini taminlaydi.

    Tovar ishlab chiqaruvchilar marketing tufayligina bozor bilan uzviy bog`lanadilar, ishlab chiqarish manbalarini bozortalab tovarlar yaratishga qaratadilar. Bunday zamonaviy bozorshunoslar – marketing bilan shug`ullanuvchi, menejerlarning faoliyati, firmalar o`rtasidagi raqobat sharoitida korxonaning muvaffaqiyatini ta`minlashda katta ahamiyat kasb etadi. Bu o`rinda to`g`ri tanlangan, vaqtida o`tkazilgan reklamaning o`rni ham beqiyosdir. Menejmentning – menejerlarning birgalikdagi hatti-harakati, oxir-oqibat, korxonani oqilona boshqarishga, ishlab chiqarish resurslaridan rejali foydalanib, ishlab chiqarish samaradorligini, mehnat unumdorligini oshirishga qaratilgan bo`ladi. Menejer qaysi sohani boshqarmasin, u avvalo odamlar bilan ishlaydi, ularni boshqaradi. Menejerning qo`l ostidagi xodimlar bilan o`zaro munosabati, ular bilan muomalasi umumiy ish natijasiga bevosita ta`sir ko`rsatadi. Ishning umumiy muvaffaqiyatini oxir-oqibat menejer bilan xodimlar orasidagi insoniy munosabatlarga borib taqaladi IV. Yangi o`tilgan mavzuni mustahkamlash va baholash.

    1. Mulkning qanday asosiy shakllari bor?

    2. Shaxsiy mulk qachon xususiy mulk deb yuritiladi?

    3. Jamoa mulkiga egalik qilish deganda nimani tushunasiz?

    4. Korxona deb nimaga aytiladi?

    5. Turli xil korxonalarga misollar keltiring.

    6. Menejment nima? Menejerlar kim?

    7. Korxonada menejerlar qanday soxalarni boshqaradi?

    8. Marketing nima?


    Download 2,88 Mb.
    1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   69




    Download 2,88 Mb.