• “Odam-belgili tizim”.
  • Xalq hunarmandchiligi tehnologiyasi




    Download 2,88 Mb.
    bet60/69
    Sana03.01.2024
    Hajmi2,88 Mb.
    #129770
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   69
    Bog'liq
    Hujjat (1)

    3. “Odam-odam”. Bu yerda asosiy mehnat predmeti odamlardir. Mazkur mehnat sohasida mayllar, qiziqishlar qay darajada ekanini aniqlashda o`quv predmetlaridan tashqari, siz shaxsan o`zingiz jamoat ishlarida, jamoada o`tkaziladigan tadbirlarni tashkil etishda ishtirok etib ottirgan tajribangiz ham yordam beradi. Mazkur tipga kiradigan kasblarni quyidagicha ajratib ko`rsatish mumkin:

      • odamlarni o`qitish va tarbiyalash bilan, bolalar jamoalarini uyushtirish bilan bog`liq bo`lgan kasblar: maktabgacha tarbiya muassasasi tarbiyachisi, ishlab chiqarish ta`limi masteri, o`qituvchi va b;

      • ishlab chiqarishni boshqarish, odamlarga, jamoaga raxbarlik qilish bilan bog`iq bo`lgan kasblar: avtotransport korxonasining dispetcheri, ishlab chiqarishni tashkil etish bo`yicha injener iqtisodchi va b;

      • maishiy xizmat, aloqa, savdo xizmati bilan bog`liq bo`lgan kasblar:

    sartarosh, shaharlararo aloqa telefonistikasi, spravkalar byurosining xodimi, ekskursovod, sotuvchi va b;

      • odamlarga informatsion-badiiy xizmat ko`rsatish hamda madaniy jamoalarga rahbarlik qilish bilan bog`liq bo`lgan kasblar: klub xodimi, drijyor va b;

      • tibbiy xizmat ko`rsatish bilan bog`liq bo`lgan kasblar: feldsher, hamshirasi, shifokor (vrach) va b.

    “Odam-odam” tipidagi kasblarga oid mehnatning asosiy mazmuni odamlarning o`zaro bir-biriga ta`sir ko`rsatishidan iboratdir. Bunday bir-biriga ta`sir ko`rsatishning muhim qismi o`zaro munosabatlar hisoblanadi. Mazkur tipdagi kasb bo`yicha muvaffaqiyatli ishlash uchun odamlar bilan aloqaga kirishish va ular bilan doimiy ravishda muloqotda bo`lishni, odamlarni tushunishni, ularning o`ziga xos xsusiyatlarini bilib muomala qilishni o`rganib olish kerak, shuningdek, ishlab chiqarish, fan, texnika, san`at va boshqa shu singari tegishli sohaga oid bilimlarni egallab olish lozim.
    Odamlar bilan ishlash unchalik oson ishlardan emas. Misol uchun sotuvchilik kasbini olib ko`raylik. Sotuvchi ish vaqtida minut sayin yangi - yangi odamlar bilan muomala qilishi kerak. Xaridorlar har hil bo`ladi: ular orasida o`ta sinchkovlari ham, mol tanlashda ikkilanib turadigani ham, haddan tashqari ko`p gapiradiganlari ham uchrab turadi va h. Xaridorlar bilan muomala qila olish esa sotuvchining vazifasidir. Bu esa sotuvchiga o`ziga xos iste`dod: og`ir vazmin xushmuomala, xushfe`l bo`lish mahorati zarur bo`ladi.
    “Odam-odam” tipidagi kasbni tanlash uchun juda muhim va zarur bo`lgan shaxsiy fazilatlarning qisqacha ro`yxati quyidagilardan iborat:

      • odamlar bilan ishlash jarayonida barqaror yaxshi kayfiyatda bo`lish:

      • odamalr bilan muomlada bo`lishga o`zida ehtiyoj sezish, jamoat, ishlarida sidqidildan ishtirok etish;

      • boshqa kishilarning niyatini, o`y-fikrlarini, kayfiyatini tushuna olish, fikran o`zini boshqa kishining o`rniga qo`yib ko`rish qobiliyati;

      • odamlar o`rtasida o`zaro munosabatlarni tezda bilib olish, ko`pchilik kishilarning shaxsiy fazilatlarini yaxshi tushunish va bilish mahoratiga ega bo`lish; - turli kishilar kishilar bilan umumiy til topa olish.

    Quyidagi savollarga javob bering:
    1.Boshqa odamlar sizni muomalada tez xafa bo`ladigan, tabiati nozik va sal gapni ko`ngli ko`tarmaydigan kishi, deb hisoblaydilarmi (tanqidga, tanbehga javob berishadi)?

    1. Muomala vaqtida paydo bo`lgan kayfiyat (quvonch, xafagarchilik, qayg`u)dan ko`nglingizda qolgan narsalar uzoq muddat saqlanib qoladimi?

    2. Sizning kayfiyatingiz goh ko`tarilib, goh tushib, yaxshi-yamon kayfiyatlar tez-tez almashinib turadimi?

    3. Siz o`z nomingizga aytilgan tanqidiy fikrlarni ko`nglingizga og`ir olib, uzoq vaqt iztirob chekib yurasizmi?

    4. Sershovqin, quvnoq odamlar orasiga tushib qolganda qattiq charchamaysizmi?

    5. Yangi odamlar bilan tanishishga to`g`ri kelib qolgan vaqtlarda qiynalib, istihola qilib yurasizmi?

    6. Siz biror yangi gapni boshqa kishilardan so`rab olishdan ko`ra uni kitobdan o`qib bilib olish oson va qulay deb hisoblaysizmi?

    7. Sizda yolg`iz o`zingiz qolib, tinch-osoyishta bir joyda dam olish istagi teztez bo`lib turadimi?

    8. Birov bilan gaplashayotganvaqtingizda kerakli so`zlarni topib aytish uchun uzoq vaqt o`ylaysizmi?

    9. Siz juda ko`p yangi tanishlar orttirishdan ko`ra kichik bir davrdagi doimiy do`stlarni afzal ko`rasizmi?

    Basharatli, mana shu savollarning ko`pchiligiga siz “ha” deb javob beradigan bo`lsangiz, u holda, aftidan, odamlar bilan bo`g`liq bo`ladigan kasblar sizga unchalik to`g`ri kelmaydi. Har holda bu sohada muvaffaqiyatga erishish uchun o`z ustingizda ko`proq ishlashingizga to`g`ri keladi.
    5. “Odam-belgili tizim”. Kasblarning bu tipida shartli belgilar, raqamlar, kodlar, tabiiy yoki sun`iy tillar asosiy yetakchi mehnat predmeti hisoblanadi. Hozirgi zamon kishisi belgilar va belgi tizimlari dunyosida- tekstlar, chizmalar, sxemalar, kartalar, jadvallar, formulalar, yo`l belgilari ichida yashaydi. Binobarin, bularning hammasini biladigan tegishli mutaxassislar ham zarur.
    “Odam-belgili tizim” tipidagi kasblar quyidagilarni o`z ichiga oladi:

    • hujjatlarni (ona tili yoki chet tilida) rasmiylashtirish, ish yuritish, tekstlar va ularning qayta yozilishi, qayta kodlashtirishi bilan bog`liq bo`lgan kasblar: tarjimon, sekratar-mashinistka, telegrafchi, texnik redaktor va b.

    • sonlar, miqdoriy nisbatlar mehnat predmeti hisoblangan kasblar: hisoblash mashinalarining operatori, nazoratchi, g`aznachi, dasturchi, hisobchi, texnikrejalovchi va b:

    • shartli belgilar tizimi, ob`ektlarning sxematik tasviri ko`rinishidagi ma`lumotlarni qayta ishlash bilan bog`liq bo`lgan kasblar: chizmakash, topograf, texnik-giodezist, injener va b.

    Mazkur tipdagi kasblarning birortasida muvoffaqiyatli ishlash uchun mana shu belgilar olamiga, sirtdan qaraganda quruq belgi bo`lib ko`rinadigan odamga hayolan sho`ng`ib ketadigan, tevarak-atrofni o`rab olgan hayotdagi predmetli xususiyatlarni birdan unuta oladigan va butun diqqat-e`tiborini u yoki bu belgidan iborat ma`lumotlarga qarata oladigan darajadagi alohida qobiliyat zarur bo`ladi. Shartli belgilar shklidagi ma`lumotlarni qayta ishlash vaqtida bu ma`lumotlarni nazorat qilish, tekshirish, hisobga olish, qayta ishlash vazifasi, shuningdek, yangiyangi belgilar belgi tizimlarini yaratish vazifasi paydo bo`ladi.

    Download 2,88 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   69




    Download 2,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xalq hunarmandchiligi tehnologiyasi

    Download 2,88 Mb.