|
Xalq hunarmandchiligi tehnologiyasi
|
bet | 59/69 | Sana | 03.01.2024 | Hajmi | 2,88 Mb. | | #129770 |
Bog'liq Hujjat (1)2. “ Odam-texnika”. Bunday kasblar tipida mehnatning asosiy yetakchi predmeti – texnika ob`ektlari (mashinalar, mexanizmlar, kompyuterlar va boshqa shunga o`xshashlar), materiallar, energiya turlaridan iborat bo`ladi.
Jonsiz tabiat ob`ektlari (Yer osti boyliklari, tuproq, suv, o`rmon va qishloq xo`jaligi mahsulotlari) ham ko`p jihatdan shularga o`xshagan bo`ladi.
Bu yerda xodimlarning nehnati faqat texnikagagina qaratilib qolmaydi, albatta chunonchi, masalan, avtobus haydovchisi ish vaqtida yo`lovchilar bilan muloqatga kirishadi, kran mashinisti (kranchi) qishloq xo`jalik hayvonlari qamalgan qafaschani ortish bilan mag`ul bo`lishi mumkin va h. Lekin baribir mazkur holatlarda xodimlarning kasb-korlik diqqat-etibor qaratiladigan va ular g`amg`o`rlik qiladigan yetakchi predmet- texnika ob`ektlari va ularning xususiyatlari bo`lib qolaveradi.
“Odam-taxnika” tipidagi kasblardan quyidagilarni ajratib k`orsatish mumkin:
qazib olingan tuproq, tog` jinslariga ishlov berish bilan bo`g`liq bo`lgan kasblar: poroxodchi, buldozer mashinist, burg`alash qurilmasi dizelchisi, kon texnigi, injener-geolog va shunga o`xshashlar;
nometall sanoat materiallari, buyumlar, chala mahsulotlarga ishlov berish va ulardan foydalanish bilan bo`g`liq kasblari: duradgor, to`quvchi, tikuvchi, injinertexnolog va boshqalar;
metall ishlab chiqarish va unga ishlov berish, mashinalarni, qurilmalarni mexanik usulda yig`ish va montaj qilish bilan bog`liq bo`lgan kasblar: tokar, dastur bilan boshqariladigan stanoklar operatori, slesar-asbobsoz, texnik-metallurg, yarim avtomat mashinalarda elektr bilan payvandlovchi va h;
texnalogiya mashinalari, jihozlari, transport vositalarini ta`minlash, sozlash va ularga xizmat ko`rsatish bilan bog`liq bo`lgan kasblar: remontchi-slesar, texnologik jixozlar sozlovchisi, injiner-mexanik va b;
binolar, inshoatlar, konstruksiyalarni montaj, ta`mir qilish bilan bog`liq bo`lgan kasblar: armaturachi-betonchi, qo`lda ishlatiladigan asbob bilan kavsharlovchi-elektr payvandlovchi, slesar-kema remontlovchisi, arxitektor va b;
elektr jihozlarini qurilmalarni va apparatlarni yig`ish, montaj qilish bilan bog`liq bo`lgan kasblar: kema-elektr montajchisi, radioapparatlar va qurilmalar montajchisi, mikrosxemalarni yig`uvchi, soatsoz yig`uvchi, injiner-fizik va b;
eletr jixozlari, qurilmalar, apparatlar sozlanishi va ularga xizmat ko`rsatish bilan bog`liq bo`lgan kasblar: radio va televizion apparatlarga xizmat ko`rsatish va ularning ta`miri bo`yicha radiomexanik, elektroslesar, dastur bilan boshqariladigan stanoklarni sozlovchi, elektr aloqalari texnigi, radiofizik va b;
yuk ko`tarish, transport vositalarini qo`llash va ularni boshqarish bilan bog`liq bo`lgan kasblar: avtomobil haydovchisi, doker-mexanizator, fuqaro aviyasiyasi uchuvchisi, avtomobil transportlaridan foydalanish injineri va b;
qishloq xo`jalik mahsulotlarini qayta ishlash bilan bog`liq bo`lgan kasblar:
oshpaz, nonvoy, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash bo`yicha injener-texnolog va b.
Texnika ob`ektlarini qayta ishlash, o`zgartirish, qayta joylashtirish yoki baxolashda xodimdan nihoyatda aniq ishlash, o`z xatti-harakatlarida qat`iyatli bo`lish talab qilinadi. Madomiki, texnika ob`ektlari amalda har doim odamning o`z qo`li bilan yaratilar ekan, texnika olamida novatorlik, fikr-mulohaza qilib ko`rish uchun, texnika ijodkorligini namoyish qilish uchun ayniqsa katta imkoniyatlar mavjuddir. Ishga ijodiy yondashish bilan bir qatorda texnika sohasida (boshqa hamma sohada ham) odamdan yuksak darajada ijrochilik intizomi talab qilinadi.
Quyidagi savollarga javob bering:
Bu ishlar sizga yoqadimi, quyidagi ishlarni qilishni xohlardingiz:
Yangi materiallar, asboblar, mashinala tog`risida bilishni istaysizmi?
Qandaydir materiallarni, buyumlarni (gazmoldan, yog`ochdan, qog`ozdan, metaldan yasalgan, oziq-ovqat mahsulotlaridan tayorlangan va boshqa shunga o`xshashlarni) qarab chiqishni xohlaysizmi?
Buyumlarning xususiyatlarini va nimalarga ishlatilishini bilishni istaysizmi?
O`z qo`lingiz bilan buyumni, mahsulotni tayorlash istagingiz bormi?
Yangi buyumlar o`ylab topishga yoki mavjud buyumlarni boshqacharoq qilib yasashga zohishingiz qalay?
Har xil predmedlarni yig`ib ishlash sizga yoqadimi?
Kundalik turmushga kerak bo`ladigan narsalarni, maishiy texnikani, kiyim-kechaklarni tartibga solish (ta`minlash, qayta yasash)ni yaxshi ko`rasizmi?
Texnik chizmalarni, sxemalarni tushuna olasizmi?
O`lchov vositalaridan foydalanishni bilasizmi?
Chizmalar chizishni bilasizmi?
Bordi-yu, siz ko`p savollarga “ha” deb javob berar ekansiz, chamasi sizga
“odam texnika” tipidagi kasb to`g`ri keladi.
|
| |