|
Xalq hunarmandchiligi tehnologiyasi
|
bet | 58/69 | Sana | 03.01.2024 | Hajmi | 2,88 Mb. | | #129770 |
Bog'liq Hujjat (1)1. “Odam- tabiat”. Bu yerda mehnatning asosiy, yetakchi predmeti- jonli tabiatdir. Bu tipga, masalan, quyidagi kasblar kiradi: Urug`shunos, mevasabzavotshunos, davlat urug`chilik inspeksiyasi laboranti, master-charvador, kimyoviy-bakteriologik tahlil laboranti, zootexnik, agronom.
“Odam-tabiat” tipidagi kasblardan quyidagilarni ajratib ko`rsatish mumkin:
- o`simliklar organizmi mehnat predmeti bo`lgan kasblar; - hayvonlar organizmi mehnat predmeti bo`lgan kasblar; - mikroorganizmlar mehnat predmeti bo`lgan kasblar.
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan bo`linish “odam-tabiat” tipidagi kasblar mansub bo`lgan kishilar mehnari faqat eslatib o`tilgan predmetlargagina qaratilgan bo`ladi, degan ma`noni anglatmaydi, albatta. O`simlikshunoslar, masalan, jamoa orasida ishlaydilar, xilma –xil texnikadan foydalanadilar, ularning o`z mehnatlari hisobga olish, unga iqtisodiy baho berish masalalari bilan ham shug`ullanishlariga to`g`ri keladi, lekin bari bir o`simlikshunoshlarning diqqat-e`tiborini jalb etadigan va ular g`amxo`rlik qiladigan asosiy predmet- bu o`simlioklar va ular o`sadigan muhit hisoblanadi. Mazkur tipdagi kasbni tanlash vaqtida siz o`zingiz tabiatga qanday munosabatda bo`lishingiz juda muhim ahamiyatga egadir: siz unga dam oladigan, ko`ngil xushlik qiladigan joy deb qaraysizmi yoki o`zingizni butun kuchg`ayratingizni biror mahsulot ishlab chiqarishga sarf etishga aylanayotgan ustaxona deb qaraysizmi? Bu savolga javob berish uchun odam o`zini ishlab chiqarish bilan bog`liq bo`lgan, jonli tabiatga aloqador ijtimoiy foydali mehnat jarayonida yoki tegishli to`garaklar, qiziqish bo`yicha tuzilgan guruhlarning mashg`ulotlarida qatnashib sinab ko`rishi mumkin.
“Odam-tabiat” tipidagi kasblarni tanlash vaqtida hisobga olish zarur bo`lgan yana bir jihat bor. Mehnatning biologik ob`ektlarining o`ziga xos xususiyati shundan iboratki, ular (o`z ichki qonuniyatlariga ko`ra) muarakkab, o`zgaruvchan va nostandart bo`ladilar. O`simliklar ham, jonivorlar ham mikroorganizmlar dunyoga kelib yashaydilar, o`sadilar rivojlanadilar. Shuningdek kasallikka chalnadilar va halok bo`ladilar. Bu sohada ishlaydigan hodim tirik organizmlar to`g`risida juda ko`p narsalarni shunchaki bilibgina qolmay, shu bilan birga ko`pgincha muqarrar ravishda sodir bo`ladigan yoki sodir bo`lishi ehtimoli tug`ilgan o`zgarishlarni ham oldindan ko`ra bilish kerak. Aniq mehnat vazifalarini hal qilish vaqtida odamdan tashabbuskorlik va mustaqillik talab qilinadi u tabiatga nisbatan g`amxo`r va uzoqnio ko`ra oladigan kishi bo`lishi kerak.
Bu ish sizga yoqadimi, quyidagi ishlarni bajarishni xohlarmidingiz:
Biologiyadan labaratoriya ishlari va amaliy mashg`ulotlarni bajarishni istaysizmi?
Maktab o`quv-tajriba uchastkasida, tirik burchakda, o`quvchilar ishlab chiqarish brigadasi dalalarida ishlash sizga yoqadimi?
O`z tomorqa uchastkangizda, bog`ingizda ishlashni istaysizmi?
Uy hayvonlarini boqishni istaysizmi?
Jonli tabiat to`g`risidagi ilmiy-ommobop, badiiy adabiyotni o`qishni sevasizmi?
Agar mana shu savollarning ko`pchiligiga “ha” deb javob beradigan bo`lsangiz, u holda “odam-tabiat” tipidagkasblarning sizga to`g`ri kelishi ehtimoldan uzoq emas. Biroq, xozircha bu xulosani hali uzil-kesil xulosa deb hisoblab bo`lmaydi. Keyinchalik siz yana bir qancha omillar yig`indisini bilib olasizki, kasb tanlashda shu omillarni hisobga olmoq zarur.
|
| |