3. Audit o’tkazish
Tayanch so’z va iboralar:
2. Oferta
4. Audit ishi sifati
to’g’risida shartnomasi nazorati
Takrorlash uchun savollar:
Auditning asosiy tamoyillarini aytib bering?
Vijdonlilik, ob’ektivlilik, mustaqillik, konfidentsiallik deganda nimani tushunasiz?
Moliyaviy hisobotlar auditining maqsadi va hajmi nimadan iborat?
Auditni o’tkazishga rozilik haqida auditorlik tashkilotining xat-majburiyati deganda nimani tushunasiz?
Aldash va xato tushunchalari auditda qanday ahamiyatga ega?
Audit ishi sifatini nazorat qilish deganda nimani tushunasiz?
BOB. AUDITNING IShChI STANDARTLARI
Auditorlik dalillar va ularni olish usullari
Auditorlik tekshiruvi davomida auditor chiqaradigan qarorlarining asoslanganligini ko’rsatish uchun isbot yig’adi. Tekshirish davomida yig’ilgan va tahlil qilingan ma’lumotlar auditorning qaror qabul qilishi uchun asos bo’lib xizmat qiladi va auditorlik dalillari deyiladi.
Auditorlik isbotlari hamda dalillari nafaqat auditorlarga, balki ushbu dalillardan asosiy foydalanuvchilar qatoriga kiradigan korxona rahbariyati uchun ham juda zarur hisoblanadi.
Korxona rahbariyati uchun axborotlar tarkibi mansabdor shaxslarning bajaradigan funktsiyalariga qarab aniqlanadi. Masalan, korxona mulkdorlari, ta’sischilari hamda rahbari uchun avvalo mablag’larning miqdori hamda likvidligi, soliqqa oid munosabatlar, foydaning taqsimlanishi, dividendlarning hisoblanishi kabi ma’lumotlar zarur bo’ladi.
Menejerlar uchun esa asosan foydaning miqdori va me’yori, tannarx hamda rentabellik, korxonaning to’lovga qobiliyatlilik darajasi kabi ma’lumotlar zarur.
Bevosita korxonadan moliyaviy manfaat mavjud tomonlarga auditorlik xulosasi bilan tasdiqlangan tashkilotning moliyaviy hisoboti ishonchli ma’lumotlari taqdim etiladi.
Boshqa tashqi foydalanuvchilarga soliq to’lovlari, byudjetdan tashqari fondlarga ajratmalar xususidagi ma’lumotlar taqdim qilinishi mumkin.
Barcha tomonlarning axborotga bo’lgan talabini qondirish maqsadida auditor korxona moliya-xo’jalik faoliyatini, uning moliyaviy hisobotini tekshiradi. Bunday vaziyatda auditordan auditorlik dalillari va isbotlarini olish talab etiladi.
Auditorlik tekshiruvi davomida yig’iladigan hujjatlarning miqdori cheklanmagan. Auditor o’zining malaka talablaridan kelib, buxgalteriya hisobotining ishonchliligini tasdiqlovchi isbot va dalillarning miqdorini mustaqil holda belgilaydi.
Auditorlik isbotlari va dalillarini yig’ishda moliyaviy axborotlarning rad etilishi mumkinligini inobatga olgan holda isbot yig’ish usullarini tanlashi mumkin.
Auditorlik isbotlari, avvalo, relevant hamda to’liq bo’lishi lozim. Isbotlarning relevantligi biror-bir muammoni hal qilishda uning o’rnini aniqlashni bildirsa, to’liqlik esa har bir aniq vaziyatda ichki nazorat tizimini baholash va auditorlik xulosasining to’g’riligi ehtimolligi asosida aniqlanadi. Har qanday holatda auditor yig’ilgan dalillar auditorlik xulosasini yozish uchun foydali bo’lishini nazarda tutishi lozim.
Auditorlik isbotlari ichki, tashqi hamda aralash bo’lishi mumkin.
Ichki dalillar mijozdan og’zaki so’rov yoki yozma tasdiq asosida olinishi mumkin. Tashqi dalillar 3-shaxsdan yozma tasdiq asosida olinishi mumkin. Aralash dalillar mijozdan og’zaki yoki yozma tasdiq asosida hamda 3-shaxsdan tasdiqlangan holda olinishi mumkin.
Auditor uchun eng qimmatli dalil tashqi dalillardir, so’ngra aralash hamda ichki dalillar zarur bo’ladi.
Yozma shaklda yoki hujjat shaklida olingan dalillar og’zaki dalillarga nisbatan ishonchli hisoblanadi. Yig’ilgan dalillar auditorning ishchi hujjatlarida aks ettiriladi.
Quyidagilar auditorlik dalillarini yig’ish manbalari bo’lib hisoblanadi:
iqtisodiy sub’ekt hamda 3-shaxslarning birlamchi hujjatlari;
iqtisodiy sub’ektning buxgalteriya hisobi registrlari;
iqtisodiy sub’ekt xodimlari va 3-shaxslarning og’zaki tushuntirishlari;
inventarizatsiya natijalari;
buxgalteriya hisoboti.
Xo’jalik muomalalarini kuzatish mobaynida yig’ilgan dalillar auditor uchun muhim hisoblanadi.
Auditorlik isbotlari va dalillarining ishonchliligini aniqlashga bir qancha omillar ta’sir qiladi: auditorlik tavakkalchiligi darajasi, turli xil manbalardan olingan dalillarning turli-tumanligi va boshqalar.
Agarda auditor dalillarni turli xil manbalardan olsa, auditorlik tavakkalchiligi kamayadi.
Auditorlik dalillarini yig’ish nafaqat buxgalteriya hisobotining ishochliligini isbotlashga, balki mijozga turli xil tavsiyalar berishda ham qo’l keladi.
Auditning maqsadi, tekshiriladigan ob’ektlarni qamrab olish darajasi hamda hujjatlarni qay darajada olishga bog’liq holda auditor tomonidan tekshiruv davomida turli xil usullar ishlatilishi mumkin. Auditor tomonidan auditorlik tekshiruvi davomida o’tkaziladigan usullarga quyidagilar kiradi:
Inventarizatsiyada qatnashish yoki kuzatish;
Ekspert bahosi;
Xo’jalik yoki buxgalteriya muomalalarini bajarilishini kuzatish;
Og’zaki so’roq;
Yozma tasdiq olish;
Mijozning 3-shaxsdan olgan hujjatlarini tekshirish;
Mijoz korxonada tayyorlangan hujjatlarni tekshirish;
Arifmetik hisob-kitoblarni tekshirish;
Tahlil.
Inventarizatsiya. Inventarizatsiya – bu ma’lum bir vaqtga korxona mablag’lari va ularning manbalarini haqiqiy mavjudligini, inventarizatsiya qilinayotgan ob’ektni natura shaklida sanash, ya’ni qoldiqlarini hisoblash yoki hisob yozuvlarini tekshirish yo’li bilan haqiqiy qilingan xarajatlarni belgilash.
Inventarizatsiya tekshiruv davomida eng keng qo’llaniladigan usullardan biri bo’lib, uning yordamida joriy hisob ma’lumotlarining to’g’riligi tekshiriladi, hisobda yo’l qo’yilgan xatolar aniqlanadi, hisobga olinmagan xo’jalik muomalalari hisobga olinadi, moddiy javobgar shaxslar javobgarligi ostida bo’lgan mablag’larning butligi nazorat qilinadi.
Auditor inventarizatsiya jarayonini kuzatishi yoki unda bevosita ishtirok etishi ham mumkin. Inventarizatsiya yordamida auditor korxonaning buxgalteriya hisobi va ichki nazorat tizimini to’g’ri baholashi mumkin.
Laboratoriya tekshiruvi. Bu usul korxonadagi moddiy boyliklarning fizik, kimyoviy hamda biologik holatining qay darajada ekanligini aniqlashda qo’llaniladi. Masalan, laboratoriya usuli yordamida bug’doyning namligi, sutning yog’lilik darajasini, tayyorlangan ozuqaning sifatini tekshirish mumkin. Bu usul sud- buxgalteriya ekspertizasini o’tkazishda ham qo’llaniladi.
Ekspert bahosi. Bu usul audit o’tkazish jarayonida auditorning mutaxassisligidan tashqari bo’lgan savollar bo’lganida o’tkaziladi. Masalan, ishlab chiqarish texnologiyasi, qimmatli qog’ozlar muomalasi va hokazo. Mana shu vaziyatda auditor ekspertning xizmatidan foydalanishi lozim bo’ladi.
Ekspert quyidagi maqsadlarda chaqiriladi:
asosiy vositalarni baholashda;
uzoq muddatli shartnoma bo’yicha bajarilgan ishlarni baholashda;
moddiy qiymatliklarni sifat va miqdor ko’rsatkichlarni hisobga olgan holda baholash uchun;
shartnomalarning bajarilishi, tuzilishi bo’yicha yuridik maslahatlar olish uchun;
informatsion texnologiyalarni baholash uchun.
Og’zaki so’roq. Bu usul moddiy javobgar shaxslardan tekshiriladigan ob’ekt xususidagi savollar bo’yicha og’zaki so’roq o’tkazilishini bildiradi. Og’zaki so’roq usuli korxona xodimlari, rahbari va 3-shaxslarni «savol-javob-natija» tamoyili qo’llash bilan xodimlarni og’zaki testdan o’tkazishni anglatadi. Bu usul, odatda, auditorlik tekshiruvi boshlanishidan oldin o’tkaziladi va so’rov natijasida auditor auditorlik tekshiruvini o’tkazishni rejalashtiradi. Og’zaki so’roq o’tkazilishi uchun auditor tomonidan turli xil masalalar bo’yicha savolnomalar oldindan tuzilishi ham mumkin. Og’zaki so’roq natijalari auditorlik tekshiruvining keyingi bosqichlarida ham qo’llanilishi mumkin.
Mijozning 3-shaxsdan olgan hujjatlarini tekshirish. 3-shaxsdan olingan hujjatlarga quyidagilar kiradi:
boshqa korxonalar bilan hisob-kitob hujjatlari (to’lov-talabnoma, to’lov- topshiriqnoma, akkreditivlar va hokazo);
boshqa korxonalarning birlamchi hisob hujjatlari (schet-faktura, nakladnoy va hokazo);
hisobotdagi moliya, soliq, bank organlari bilan hisob-kitoblarning to’g’riligini tasdiqlovchi hujjat bilan (bank ko’chirmasi, kredit shartnomasi va hokazo);
debitorlik va kreditorlik qarzlarining to’g’riligini tasdiqlovchi yuridik hujjatlar (tovarlarni jo’natish to’g’risida shartnoma, sud qarori va hokazo);
korxona huquqlarini ifodalovchi yuridik hujjatlar (aktsionerlar ro’yxatidan ko’chirma, sug’urta shartnomasi, ijara shartnomasi va hokazo).
Auditor bu hujjatlarning to’g’riligini, aniqligini tekshiradi.
Mijoz korxonada tayyorlangan hujjatlarni tekshirish. Mijoz korxonada tayyorlangan hujjatlar bo’yicha ma’suliyat ichki bo’lib, uning to’g’riligi ichki nazorat tizimiga bog’liq. Ularga quyidagilar kiradi: birlamchi hujjatlar, jurnal-orderlar, kartochkalar, vedomostlar, registrlar, Bosh Daftar, moliyaviy hisobot va boshqalar.
Arifmetik hisob-kitoblarni tekshirish. Isbot yig’ishning bu usulini o’tkazish ichki nazorat tizimi ishiga bog’liq. Agar auditor ichki nazorat tizimi ishini qoniqarli deb topsa, arifmetik hisob-kitoblarni tekshirish tanlov asosida o’tkaziladi. Agarda auditor ichki nazorat tizimi ishini yomon deb topsa, bu usul to’liq o’tkaziladi. Arifmetik hisob-kitoblarni tekshirish tartibi auditor tomonidan mustaqil tanlanadi.
Tahlil. Tekshirish davomida iqtisodiy tahlilning ko’pgina usullari qo’llaniladi.
Tahlil quyidagilarni aniqlashi lozim:
mijozning faollik darajasini;
moliyaviy xo’jalik faoliyati bo’yicha istiqbolni baholash;
mijoz hisobotida ko’zda tutilgan xatolarning chegarasini;
auditning asosiy bosqichida tekshirishni qisqartirish.
Tahlil uchun asosiy ma’lumot manbai buxgalteriya hisobotidir. Tahlilda quyidagilar o’rganiladi:
hisobvaraqlardagi qoldiqlarni turli davrlar bo’yicha taqqoslash;
reja va haqiqatdagi moliyaviy ko’rsatkichlarni taqqoslash;
korxona ma’lumotlarini o’tgan yillarga, tarmoqdagi o’rtacha korxona bilan taqqoslash.
Moliyaviy koeffitsientlar korxonaning moliyaviy holatini ifodalaydi.
Moliyaviy koeffitsientlar:
balansni o’rganishda;
korxona moliyaviy holatini o’tgan yilga nisbatan o’zgarishini baholashda;
me’yoriy holatdan chetga chiqish mezonlarini belgilashda. Quyidagilar asosiy hisoblanadi:
joriy likvidlik koeffitsienti;
o’z mablag’larining etarliligi;
to’lov qobiliyati koeffitsienti.
Bu orqali korxona to’lovga layoqatli yoki layoqatsiz ekanligiga baho beriladi.
Yuqoridagi usullardan tashqari auditor auditorlik isbotlarini yig’ishda quyidagi usullardlan ham foydalanishi mumkin: mijozning arifmetik hisob-kitoblarini tekshirish, alohida xo’jalik muomalalari bo’yicha hisob qoidalarini kuzatish, jarayonni kuzatib borish, muqobil balans tuzishga tayyorgarlik ko’rish. Bu usullar muayyan vaziyatlarda auditor tomonidan qo’llaniladi.
|