Ta‘limda o‘quvchi (talaba)ga xos xususiyatlarni hisobga olish va moslik qoidasi




Download 5,55 Mb.
bet34/150
Sana27.05.2024
Hajmi5,55 Mb.
#255011
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   150
Bog'liq
Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi pe

5. 5. Ta‘limda o‘quvchi (talaba)ga xos xususiyatlarni hisobga olish va moslik qoidasi.
Ta‘lim – tarbiya jarayonining hamma tomonlari umumsinf o‘quvchilari jamoasiga xos xususiyatlarga amal qilgan holda yo‘lga qo‘yiladi. Ammo, har bir o‘quvchi (talaba) o‘ziga xos jismoniy, axloqiy, aqliy, ruxiy va boshqa xususiyatlarga egaki, bu uning o‘quv faoliyatiga katta ta‘sir etadi. Shu boisdan ta‘lim jarayonida (sinf) guruhdagi o‘quvchi-talabalarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ish ko‘rish muhim didaktik ahamiyatga ega.
Ta‘limning muvaffaqiyatli bo‘lishida o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini kuzatish va o‘rganish hamda shu xususiyatga mos muomala qilish hal qiluvchi o‘rin tutadi.
Dars davomida har bir o‘quvchining o‘ziga xos xususiyatlarini to‘la hisobga olish juda qiyin va har doim ham buning iloji bo‘lavermaydi.
O‘qituvchi o‘quvchi-talabalarni darsdagi va amaliy mashg‘ulotlar jarayonidagi ishini, uy vazifalarini bajarishini kuzatadi, ularning bilimi, yozma ishlari, bajargan topshiriqlarini, chizmalarini tekshiradi. Darsdan tashqari vaqtlarda o‘rtoqlari va boshqalarga bo‘lgan munosabati, xulqi, irodaviy sifatlarini o‘rganadi, ular bilan suhbatlashadi. Kuzatish jarayonida pedagog o‘quvchining kuchli va ojiz tomonlarini, uning qiziqishlari, tafakkuri, nutqi, xotirasi, diqqati, xayoliga mos bo‘lgan xususiyatlarni bilib oladi, o‘quvchilarning hayotiy va mehnat qobiliyatini o‘rganadi. Mohir pedagog o‘quvchilar psixologiyasini ham yaxshi o‘rganib, ularda fanni o‘zlashtirish darajalarini qay darajada oshirish yo‘llarini topadi. Shuningdek, tarbiyasi og‘irroq yoki sho‘xroq o‘quvchi-talabalar bilan qanday muomala qila olish yo‘llarini mukammal o‘rganib chiqadi va ular bilan yaxshi munosabatni yo‘lga quyadi.
Darsda va uy vazifalarida differentsiallashgan ta‘lim elementlarini qo‘llanishi o‘quvchilarning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olishning muhim vositasidir.
Ta‘limning o‘quvchilarga mos bo‘lishi qoidasi bu- o‘quv materiallarining mazmuni, uning hajmi, xarakteri, u yoki bu sinf o‘quvchilarining jismoniy rivoji, aqliy qobiliyati, umumiy tayyorgarligi-saviyasi va imkoniyatlariga loyiq bo‘lishi tushuniladi.
Ta‘limning moslik qoidasida ta‘limning ikki tomoni e‘tiborda tutiladi:
1) Ma‘lum sinf yoki guruh uchun belgilangan o‘quv materiallarining xarakteri, mazmuni va hajmi shu sinf o‘quvchilarining yosh xususiyatlariga mos bo‘lishi;
2) Har bir sinf uchun belgilangan bilim hajmi shu sinf o‘quvchilarining saviyasiga mos bo‘lishi lozim. Shuningdek, mashg‘ulot mavzulari o‘quvchi-talabalarning o‘zlashtirishi uchun oddiydan murakkabga tomon o‘rgatilishi lozim, ya‘ni har bir predmetni o‘rganish osondan qiyinga tomon tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir.
Ilg‘or klassik pedagogika namoyondalari ta‘limning o‘quvchilarga mos bo‘lishi yuzasidan bir qator qoidalar ishlab chiqqanlar. Ularga «Osondan qiyinga qarab borish», «Ma‘lumdan noma‘lumga qarab borish», «Soddadan murakkabga qarab borish» qoidalari kiradi.
Moslik qoidasi yana bir qancha talablarga amal qilishni taqozo etadi. Ayniqsa mashg‘ulot davomida bilimlarni o‘quvchi-talabalar puxta o‘qib olishlariga imkoniyat yaratish uchun aniq va mustahkam rejaga amal qilinishi, bayon qilinayotgan mavzulardan lo‘nda xulosalar chiqarish; materiallarning ishonchli bo‘lishi uchun omil, misol va dalillar keltirish – ko‘rgazmali qurollardan foydalanish bayon qilinayotgan materiallarni turmush bilan, o‘quvchilarning shaxsiy tajribalari bilan bog‘lab olib borish talab qilinadi. Shuningdek, o‘qitish usullari o‘quv materialining xarakteriga mos holda to‘g‘ri tanlangan bo‘lmog‘i lozim.

Download 5,55 Mb.
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   150




Download 5,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta‘limda o‘quvchi (talaba)ga xos xususiyatlarni hisobga olish va moslik qoidasi

Download 5,55 Mb.