|
Sohibqiron Amir Temurning fan, madaniyat, ma’rifat rivojiga qo‘shgan hissasi
|
bet | 73/150 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 5,55 Mb. | | #255011 |
Bog'liq Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi peSohibqiron Amir Temurning fan, madaniyat, ma’rifat rivojiga qo‘shgan hissasi
Ma’lumki, uzoq yillar mobaynida mustamlaka iskanjasida Kun kechirgan xalqimiz o‘z vatandoshini qadrlash, uning tarixiy mavqeini munosib o‘rniga qo‘yish imkonidan mahrum edi.
Mustaqilligimiz sharofati ila bunday nomaqulchiliklarga chek qo‘yildi. Tarixni xolisona o‘rganish, tarixni soxtalashtirmay, uning sarhadlarini buzmay, bor haqiqatni oydinlashtirib ma’lumot berish imkoniyatlariga ega bo‘ldik...
Darhaqiqat o‘tmishga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Amir Temur nomi tariximiz sahifalaridan qora bo‘yoq bilan o‘chirildi, unutilishga mahkum etildi. Maqsad xalqimizning yuragidan milliy ong, milliy g‘urur tuyg‘usini yo‘qotish, uni qaramlikka, tobelikka ko‘ndirish edi. Lekin o‘zbek xalqi o‘z ajdodlarini, o‘z bahodirlarini unutmadi, hamisha yuragida, qalb to‘rida saqladi.
Muhammad Taragay Bahodir o‘g‘li Amir Temur yoshlik chog‘idan mard, dovyurak, g‘ururli, o‘tkir zexn va aklu idrok egasi bo‘lib o‘sdi. Turli dunyoviy ilmlarni, harbiy san’atni egalladi. Qur’oni Karimni yod oldi, xadis ilmini o‘rgandi. Iymon-e’tikodli, xalol-pok inson bo‘lib yetishdi».
Darxakiqat, 1-prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek insof-iymon tuyg‘usi, -diyonat mezoni Amir Temur xayotining mazmunini tashkil etadi. Olamning kariyib yarmiga jaxongir ersa-da, u kuch-qudrat zo‘rlik, zo‘ravonlik emas, adolatda ekanini teran anglatdi. Shu bois bo‘lsa kerakki, o‘tmishda jaxon ilm axli, mashxur muarrixlar o‘z asarlarida Amir Temur ismiga Ko‘ragon, Soxibqiron, Qutbiddin, Abulmansur kabi unvonlarni qo‘shib, uni e’zozlab, ulug‘lab, xikoyat, rivoyat va xotiralar bittanlar.
«Tarixiy manbalarda zikr etilishicha, Amir Temur xushfe’llik, adolat, saxovat, lutfi-karam, islom axloq-odob qoidalariga rioya va amal qilish, insonlarni jamiyatda tutgan o‘rinlari qanday bo‘lishidan qat’iy nazar barobar xurmat qilish, ular bilan samimiy muomalada bo‘lish, berilgan va’da va zimmaga olingan ahdnomalarni vaqtida bajarish kabi qator yuksak insoniy fazilatlarga ega bo‘lgan.
U yoshligidan boshlab o‘z oldiga ona yurtni mo‘g‘ul bosqinchilaridan ozod qilish maqsadini qo‘ydi, yer yuzida buyuk saltanat soxibi sifatida el va elatlarning boshini qovushtirdi. Mamlakat qudratini xar sohada yuksaklikka ko‘tarib, dunyoga mashxur qildi.
Amir Temur davlati qurilishi, xarbiy san’ati ko‘p asrlar davomida Sharqu G‘arb davlatlariga o‘rnak va andoza bo‘ldi. Uning zamonida madaniyat, ilmu fan, me’morchilik, tasviriy san’at, musiqa she’riyat beqiyos rivoj topdi, xalqimizning ko‘p an’analari takomilga yetdi. Amir Temurning madaniyat va din axillariga ko‘rsatgan cheksiz mexr-muruvati ayniksa ibratlidir.
Amir Temur nomi umumbashar tarixida Movarounnaxr va buyuk Turkiston o‘lkalarida ilm-fan xomiysi sifatida xam qolganini ta’kidlash lozimdir. Ma’lumki, u nafakat o‘z mamlakatini, balki o‘zga o‘lkalarni xam obod qilish uchun katga kuch va g‘ayrat sarflagan. Doktor Shamsuddin Samiyning «Alq A’lom» komusining «Temur» bandida Amir Temurning o‘zi olim bo‘lgani, ulamolarning raxnamosi, ularni yaxshi ishlarga rag‘batlantiruvchi shaxs ekanligi zikr etilgan va o‘z poytaxti Samarkandni katta g‘ayrat bilan obod kilib, u yerda kator madrasa, kugubxona va madaniyat saroylarini barpo etgani, «Tuzuklar» nomi bilan asar yozib, turli qonunlar yaratgani, o‘z tarjimai xolini xam adabiy, chig‘atoy tilida yozgani xamda Temur va temuriylar davrida san’at va adabiyotning rivoj topganini eslatib o‘tadi. Shuningdek, doktor Shamsuddin Boboxonov Amir Temur buyuk lashkarboshi, mohir sarkarda sifatida mukammal, yaxshi qurollangan, tezkor xujum qilishga qodir, muayyan taktika va strategiyaga ega bo‘lgan qudratli armiyaga asos soldi.Bu armiya o‘nlik, yuzlik, minglik va tumanliklarga bo‘lingan edi. Amir Temurning xarbiy san’ati, uning taktika va strategiyasi ko‘p mamlakatlarda, jumladan, Fransiya, Rossiya va boshqa mamlakatlarning xarbiy akademiyalarida maxsus o‘rganilgan va xozirgi kunga qadar o‘rganib kelinmokda deb, ta’kidlashi xam Soxibqiron Amir Temurning buyukligidan dalolat beradi.
Zamondosh tarixchilarning e’tirof etishicha, soxibqiron Temurning eng xarakterli xususiyatlari - davlat, mamlakat va fuqaroning g‘amxo‘ri bo‘lganligi edi. Jaxongirlik qoidasi esa xaqiqat - sixat-salomatlik, xaqiqat-tartib, xaqiqat - adolat deb tushunilgan.
Buyuk bobokalonimiz xar vaqt: «Insonparvarlik va mardlikni Alloh ham, xalk ham uluglaydi», degan xikmatli so‘zni takrorlashni xush ko‘rgan va xayotda o‘zlari bunga amal qilganlar. Dastavval shuni aytish kerakki, Amir Temur, odob - axloq, iymon-e’tiqod, ta’lim-tarbiya soxasida o‘zi yuksaklikka, mukammallikka
erishgan siymolardan biridir. Bunga ishonch xosil qilish uchun uning o‘zi tomonidan yaratilgan odob-axloqqa oid dasturlar, o‘gitlar, pand-nasixatlarni, shuningdek Soxibqiron xaqidagi tarixiy asarlarni ko‘zdan kechirish kifoya.
Tarix fanlari doktori prof. Ashraf Axmad Soxibqiron Amir Temurning o‘zi amal qilgan sifatlarni yuksak baxolaydi. Bular quyidagilar:
-... Hammaga xam bir xil: jiddiy va odil qaradim... Boyni kambag‘aldan ustun qo‘ymadim;
-... Islomga kat’iy rioya kildim. ...
-Men kambagallarga ko‘p xayr-ex,son kildim. Har mojaro va muammoni diqqat bilan tekshirdim va uni mumkin qadar to‘g‘ri hal kilishga butun jahdimni sarf kildim;
-Xaloyikka rahm kildim, barchaga naf’ yetkurdim.
-... Birovga nohak ozor yetkazmadim va mendan yordam so‘rab kelganlarni ko‘krashdan itarmadim...; -Islomga taalluqli ishlarni men har doim kundalik va dunyoviy ishlardan ustun qilib keldim...;
-Barcha so‘zlarimdan doim haqiqatgo‘ylikka amal kildim...
-Men har kimga va’da bersam, unga vafo kildim...;
-Aoimo o‘zimni Allohning yerdagi mulkining posboni deb bildim va parvardigor iznisiz uni sarf etmadim...;
-Men har doim insof bayroshni baland ko‘tardim va iymon tarkatishni o‘z buyukligimning kudratli zamini deb bildim...;
-Men doim saidlarga ehtirom bilan karadim, ulamo va shayxlarni e’zozladim...
Shunday qilib soxibqiron Amir Temurning ibratli, xayotiy pand-nasixatlari va purma’no o‘gitlarining har bir mazmun va ma’no kengligi, mantikning kuchliligi, teranligi, ta’siri umuminsoniy qadriyatlar asosiga qaratilganligi bilan aloxida axamiyat kasb etadi, ularni hadsiz hazina, odob-axloqqa oid dasturlar deya olamiz.
Bu o‘gitlar Soxibqironning juda mashaqqatli va sertashvish; goh muvaffaqiyatli, toh muvaffaqiyatsiz, goh quvonchli, goho sertashvish anduhli umrining ijodiy mevasidir. Bu o‘gitlar xalqlarning bir maqsad sari birlashtirgan, jipslashtirgan, muvaffaqiyatlarga erishtirishda sexrli tarbiyaviy kuchga ega bo‘lgan durdona - pedagogikadir.
Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra Soxibqiron Amir Temur o‘gitlarini uning moxiyati va vazifasiga qarab quyidagi guruhlarga ajratib o‘rganish maqsadga muvofiqdir:
-Islom dini va shariat qonunlari haqidagi o‘git-nasihatlar;
-Davlat va uni idora etish. Kengash o‘tkazish;
-Podsho va vazirlar haqida o‘git-nasihatlar;
-Axloq va odobga oid o‘git-nasihatlar;
Yuqorida qayd etilgan pand-nasixatlar Soxibqironning o‘z tajribasida sinalgan, xayotga tatbiq etilgan juda katta ma’rifiy-tarbiyaviy axamiyatga ega bo‘lgan xulosalaridir. Shu sababli ham ular Temur va temuriylar sulolasi davrida ta’lim-tarbiya tizimida katta axamiyatga molik bo‘ldi.
|
| |