Ijtimoiy hayotning ta’lim-tarbiya, maktab, pedagogik fikrlar rivojlanishiga ta’siri




Download 5,55 Mb.
bet72/150
Sana27.05.2024
Hajmi5,55 Mb.
#255011
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   150
Bog'liq
Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi pe

Ijtimoiy hayotning ta’lim-tarbiya, maktab, pedagogik fikrlar rivojlanishiga ta’siri.

Tarixdan bizga ma’lumki, Movarounnahrda qariyb bir yarim asr davomida Movarounnaxr mo‘g‘ul istilochilari tomonidan vayron etildi. Fan- madaniyat, ma’rifatga juda katta putur yetkazildi. Xonavayron bo‘lgan Movarounnaxr xalqi XIV asrning boshlariga kelib Mo‘g‘ul istilochilari zulmidan kutila boshladi. Movarounnaxrda kuchli davlat tuzishga bo‘lgan intilish g‘olib keldi. Mo‘g‘ul istilochilariga qarshi Buxoroda xalq Maxmud Torobiy boshchiligida qo‘zg‘aldi, Samarkand va Xurosonda esa Sarbadorlar qo‘zg‘alonlari ro‘y berdi. Natijada Sarbadorlar uzoq muddat xatto xokimiyatni ham boshqarib turdilar.


XIV asrning o‘rtalarida Markaziy Osiyoda mayda feodal xokimlar o‘rtasida nizo kuchaydi, iqtisodiy qiyinchiliklar yuz berdi, siyosatda qat’iyatsizlik avj oldi. Xokimlar o‘rtasida nizolar kuchayishi natijasida mamlakat 10 ta mustaqil beklik va amirliklarga bo‘linib ketdi. Beklar va amirlar o‘rtasida o‘zaro kurash kuchaydi, mamlakat urush va tolon-tarojlar iskanjasida qoldi.
Shunday og‘ir bir parokandalik vaziyatda el-yurtning og‘ir yukini Amir Temur o‘z yelkasiga oldi va qariyib 10 yil (1360-1370) davom etgan og‘ir kurashdan so‘ng mamlakatni mo‘g‘ullar istibdodidan xalos qildi. 1370-1380 yillar mobaynida Amir Temur say’i xarakatlari samarasi natijasida beklar va amirlar o‘rtasida nizolarga barxam berildi va Movarounnaxrdagi tarqoq, amirliklar markazlashgan yagona feodal davlatning bayrog‘i ostida birlashtirildi.
Shunday qilib, XIV asrning ikkinchi yarmida Movarounnaxrning feodal tarqoqligiga barxam berildi, mamlakat mo‘g‘ul bosqinchilaridan tozalandi. XIV asrning oxiri XV asrlarda Markaziy Osiyoda feodal munosabatlar yanada rivoj topa boshladi. Soxibqiron Temur va dastlabki temuriylar xukmronlik qilgan davr Movarounnaxr tarixida aloxida o‘rin egalladi.
Markazlashgan buyuk Temur davlatining barpo etilishi bilan Movaraunnaxrda yana fan va madaniyat, maorif kaytadan ravnak topa boshladi. Shuning uchun xam tarixda XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr o‘rta Osiyoda Shark o‘yg‘onish davrining ikkinchi bosqichi deyilishi bejiz emas... chunki, bu davrga kelib, Markaziy Osiyoda iktisodiyot, fan va madaniyat gurkirab rivojlandi.
Amir Temur hukmronligi davrida jahonning ko‘plab shaharlaridan Samarqandga hunarmandlar, san’atkorlar, muhandislar, olimu-fozillar olib kelindi va ularning tajribalaridan ilm-ma’rifat, madaniyat va qurilish jabxalarida keng foydalanildi.Samarqand va Xirotda madrasalar, rasadxonalar, bog‘u-rog‘lar, madaniyat o‘chog‘lari barpo etildi. Shu davrga kelib tibbiyot ilmini o‘rganishga qiziqish yanada kuchaydi. Riyoziyot, falakiyot, jo‘g‘rofiya, tarix, adabiyot, falsafa, xuquqiy, targ‘ibot, tarbiyashunoslikka oid bir qator ajoyib va muxim asarlar yaratildi. Forobiy, Ibn Sino, Beruniy, Umar ^ayyom, Sa’diy, Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniy, Imom Buxoriy, At-Termiziy meroslarini, shuningdek, yunon-rim madaniyatini o‘rganishga harakat kuchaydi. Mamlakatda davlatni boshqarishni mukammallashtirish, qurilish, obodonchilik, sug‘orish ishlariga, shaxarlar o‘rtasidagi savdo yo‘llarini kengaytirishga katta e’tibor berildi.
Sohibqiron Amir Temur say’i harakati tufayli Samarqand shaxri yangidan qayta tiklandi. Shaxarda Ko‘k saroy, Bibixonim masjidi, Shoxizinda maqbarasi, shaxar atrofida Bog‘i Chinor, Bog‘i Shamol, Bog‘i Dilkusho, Bog‘i Bexisht, Bog‘i Nav kabi bog‘ va saroylar barpo etildi.
Ko‘xak - Zarafshon, Amudaryoga ko‘priklar qurildi. Toshkent atrofida kanallar qazildi- Sirdaryodan Oxangarongacha bo‘lgan kanallar shular jumlasidandir.
Markaziy Osiyoda rassomchilik, naqqoshlik, 6yezakli-badiiy buyumlar ishlab chiqarish yuqori darajaga ko‘tarildi.
Soxibqiron Temur va temuriylar davrida - she’riyat, mantiq, falsafa, tarix, huquq,astronomiya, matematika, nafosat, tilshunoslik, lug‘atshunoslik, musiqashunoslik, tarbiyashunoslik, me’morshunoslik, tijorat — tadbirkorlik, tarjimonlik, xattotlik, jo‘g‘rofiya va elshunoslik kabi boshqa o‘nlab dunyoviy bilimlarni o‘rganish, shu bilimlar asosida asarlar yaratish yo‘lga qo‘iildi.
Amir Temur xukmronligi davrida o‘rnatilgan tinchlik mamlakatda madaniyat, ilm-fan, xalq og‘zaki ijodi, adabiyot va san’atning rivojida, madrasalarda ta’lim-tarbiyaning yuqori saviyada bo‘lishida muxim omil bo‘ldi.
Ulug‘bek zamoniga kelib esa matematika, astronomiya kabi fanlar ayniqsa rivoj topdi. Tibbiyot, tarix, adabiyot va shular bilan bir qatorda diniy bilimlarning xam ravnaq topishiga katta e’tibor berildi. Oliy maktab - madrasalar qurildi. Buxoro, Samarqand va G‘ijduvonda qurilgan uch madrasa fan taraqqiyotida ilmiy markaz bo‘lib keldi.
Buxorodagi madrasa peshtoqiga bitilgan quyidagi yozuvlar xaligacha yaqqol ko‘zga tashlanadi: «Ilm olmoqqa intilmoq har bir muslim va muslima uchun qarzu farzdir». Shu sababli xam, biz xech ikkilanmay XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asr Markaziy Osiyo tarixida uyg‘onish davri bo‘lib tarix saxifalaridan o‘rin oldi deya olamiz.
Shuni ta’kidlash lozimki, bu davrda o‘zbek adabiyotida ancha siljish ro‘y berdi. Atoiy, Sakkokiy, Haydar Xorazmiy, Durbek va Lutfiylar tomonidan qimmatli asarlar yaratildi. Tarjima qilish ishlari jonlantirildi. Ulug‘bek olimlarga xomiylik qilib, ularni rag‘batlantirdi. Uning o‘zi ayniqsa astronomiya va matematika fanlari bo‘yicha muxim ishlarni amalga oshirdi. Ulug‘bek tomonidan rasadxona barpo etildi. Shu davrda Samarqandda Qozizoda Rumiy, Jamshid ibn Ma’sudiy, Mansur Koshiy, Alisher Navoiy, Abduraxmon Jomiy, ulug‘ rassom Kamoliddin Bexzod, tarixshunos Xondamir, xattot Sulton Ali Mashxadiy va boshqalar ijod cho‘qqilariga ko‘tarildilar.
Ulug‘bek shogirdi Aloviddin Ali ibn Muxammad qushchi Samarqandiy, ya’ni Ali Qushchi o‘sha davrda Movarounnaxrning madaniy va ilmiy xayotida katta rol o‘ynadi, uning «Risolai dar falaqiyot» deb nomlangan astronomiyaga oid risolasi jaxonga mashxur bo‘ldi va uni o‘z davrining Ptolomeyi deb atay boshladilar.
XV asrda Markaziy Osiyoda tarix fani keng rivoj topdi, til, mantiq, falsafa, tarbiyashunoslikka doir o‘nlab asarlar yaratildi. Ayniqsa, Mir Sayd Sharif Jurjoniy, Xofizi Abro‘ Abdurazzoq Samarqandiy, Xondamir, Davlatshoh Nizomiddin Shomiy, Ibn Arabshoh, Sharofiddin Ali Yazdiy va shu kabi o‘nlab olimu-fuzalolarning yaratgan asarlari jahon fanida katta o‘rin egalladi. Sulton Xusayn Boyqaro hukmronlik qilgan davrga kelib, olimlar va shoirlar Samarqanddan Hirotga ko‘chib o‘tdilar. Xirot ilmiy-madaniy markazga aylantirildi. Alisher Navoiy Xirotda fan, madaniyat, ilm va ma’rifatga homiylik qilishi natijasida bu yerda shoirlar, musavvirlar, hattotlar, olimu-fozillar yetishib chiqib, jahon ilmu fani olamida nom qozondilar.
Bu davrda bir qator ilm maskanlari barpo etildi, xususiy maktablar yuzaga keldi, muallim yollab bolalarni uyda o‘qitish tadbirlari odat tusiga kirdi. Shahar va qishloklarda, ovullarda ochilgan maktablarda bolalarni o‘qitish 6 yoshdan boshlandi. Aholi savodxonligini oshirish maqsadida ko‘plab tadbirlar o‘tkazildi. uquvchilar maktablarda savod chiqarganlaridan so‘ng Buxoro, Samarqand, Xuroson, G‘ijduvon va boshqa shaharlardagi madrasalarga borib u yerda ham diniy, ham dunyoviy fanlardan bilim olar edilar. Biz yuqoridagilardan xulosa chiqargan holda haqiqatdan ham XIV-XVI asrlarda Movarounnahrda ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya, madaniyat, san’at va pedagogik fikrlar yuksak taraqqiyot darajasiga erishgan deb aytaolamiz.



Download 5,55 Mb.
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   150




Download 5,55 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ijtimoiy hayotning ta’lim-tarbiya, maktab, pedagogik fikrlar rivojlanishiga ta’siri

Download 5,55 Mb.