MAVZU: XIV ASRNING IKKINCHI YARMI VA XVI ASRDA MOVARAUNNAXRDA PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI. XVIII ASRDAN XIX ASRNING BIRINCHI YARMIGACHA TARBIYA, MAKTAB VA PEDAGOGIK FIKRLAR RIVOJI.
REJA:
Alisher Navoiyning asarlarida tarbiya va insonparvarlik masalalari. Navoiyning maktab va madrasalar rivojiga qushgan hissasi. Navoiyning o‘qituvchi (mudarris) to‘grisidagi fikrlari.
Abduraxmon Jomiyning pedagogik qarashlari. Jaloliddin Davoniyning axloqiy qarashlari. “Axloqiy Jaloliy” asarining pedagogik fikrlar rivojidagi o‘rni.
Buxoro amirligi, Qo‘qon va Xiva xonliklarida ta'lim-tarbiya. Maktab va madrasalarda ta'lim mazmuni. Qizlar maktabi va unda ta'lim mazmuni.
Munis Xorazmiyning “Savodi ta'lim” asari – husnixatga doir dastlabki qo‘llanma sifatida.
Muhammad Sodiq Qoshg‘ariyning “Odob as-solihin” asari – yuksak ma'naviy-axloqiy sifatlarni yorituvchi manba.
Alisher Navoiyning asarlarida tarbiya va insonparvarlik masalalari
Qomusiy bilimlar soxibi, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy fan va san’atning turli sohalari: adabiyot, tarix, til bilimlarini rivojlantirish bilan birga, ta’lim-tarbiyani takomillashtirishga xam e’tibor berdi. U o‘z «Xamsa»sida, «Maxbub ul-qulub» kabi yirik ta’limiy-axloqiy asarida, shuningdek, «Munojat», «Vaqfiya», «Majolisun nafoio>, «Muxokamat ul - lug‘atayn» kabi asarlarida Aduraxmon Jomiyning Arba’yin nomli asari tarjimasi «Chixil xadis («Qirq xadis)da tarbiyaga oid o‘z qarashlarini ifoda etadi. Alisher Navoiy o‘zining badiiy asarlarida komil inson obrazlarini yaratib, ta’lim-tarbiya to‘g‘risidagi fikrlarini ifodalagan bo‘lsa, ta’limiy-axloqiy asarlarida esa komil insonni shakllantirishning mazmuni, yo‘llari, usullarini bayon etdi.
V. Zoxidov ta’kidlaganidek, «Navoiy ijodining, amaliy faoliyatining eng asosiy, markaziy masalasi, yo‘nalish nuqtasi xar narsadan oldin inson, uning taqdiri, baxti, saodati, uning yashashi, zarur jamiyat masalalaridir».
Alisher Navoiyning qarashlariga ko‘ra inson tabiatan tabiat bilan bog‘liq, shunga ko‘ra xudoning mevasi sanaladi, chunki tabiatning o‘zini xam Ollox yaratgan. Shuning uchun xam u xayotda xamma narsadan yuqori turadi, borliqning, butun mavjudotning bebaxo boyligi sanaladi. Inson o‘ziga xos xislatga, xulqqa, xatti-xarakatga ega bo‘lganligi uchun xam boshqa mavjudotlardan farq qiladi.«Bular xush ovoz bilan kuy kuylashdan, yokimli soz chalishdan tortib, to do‘stga vafodorlikkacha, ilmu xunar o‘rganib tog‘ni tall^on qilishdan, tabiatni o‘z manfatlari xizmatiga ko‘yishdan, qaxramonlikdan tortib, to xalol, o‘z kuchi bilan mexnat qilib, shod-xurram yashashlikkacha, insofli, vijdonli bo‘lishdan tortib, to qanoatli sabrli, matonatli bo‘lishigacha, ozodlikni, xurlikni sevishdan tortib, to inson uchun zararli bo‘lgan yomonlikni nafratga uchratishgacha, shafoatli, shafqatli, adolatli bo‘lishdan tortib, to razillarga ayovsiz kurash e’lon kilishgacha, shirin so‘zlikdan tortib, to ochiq ko‘ngillikkacha, sofdillikkacha..», - namoyon bo‘ladi, deydi V. Zoxidov yuqoridagi fikrini davom ettirib.
Shuning uchun xam Alisher Navoiy butun umri davomida yiqqan tajribasi asosida «Maxbub ul-qulub» («Ko‘ngillarning sevgani») asarini yozadi va ana shu asarida o‘zining «Hayrat ul-abror», «Nazmul javoxir» va boshqa ta’limiy-axloqiy asarlaridagi axloqiy qarashlarini rivojlantiradi.
Uning mazkur asarni yozishdan maqsadi xam muqaddimada bayon etilgan: "Xar ko‘cha-ko‘yda yuguribman va olim axlidan xar zsil kishilarga o‘zimni yetkazibman. Yaxshi va yomonning fe’l-atvorini bilibman, yomon-yaxshi xislatlarni tajriba qilibman". Alisher Navoiy muqaddimada kishilarni ikki guruxga «munosib kishilar» va «nomunosib kishilar»ga bo‘lib, xayotda inson ana shu nomunosib kishilardan o‘zlarini tiyishi va yaxshi-yomonni ajrata olishda «Maxbub ul-kulub»dan foydalanishi zarurligini ta’kidlaydi. Demak, Navoiy xayot tajribalari asosida yoshlarni xaqiqiy, komil inson bo‘lishga undaydi va xayot saboqlaridan xulosa chiqarishda ushbu asaridan foydalanish mumkin, deydi.
Yaxshilik va yomonlikning aslini xam, zaxrini xam torgib ko‘rdim. Xasislar va karamlilar yetkazgan yara va bergan malxamni ko‘nglim tag-tugi bilan sezgandirman. Zamon axlidan ba’zi xamsuxbatlar va davr kishilaridan ayrim do‘stlar bu xollardan xabarsiz va ko‘ngillari bu yaxshilik va yomonlikdan asarsizdir... Bu xildagi xam suxbat va do‘stlarni xabardor qilmoq va bu xollardan ogoxlantirmoq lozim ko‘rindiki, xar toifaning xislatlaridan ma’lumotlari va tabaqaning axvolidan bilimlari bo‘lsin, keyin munosib kishilar xizmatiga yugursinlar va nomunosib odamlar suxbatidan tortinishni zarur bilsinlar va barcha odamlar bilan maxfiy sirlardan so‘z ochmasinlar. Shayton sifatlar xiyla va aldovlariga o‘yinchoq bo‘lib qolmasinlar. Kimki xar xil kishilar bilan suxbatlashish va yaqinlashishni xavas qilsa, bu kaminaning tajribasi yoshlar uchun yetarlidir». Asar uch qismdan iborat bo‘lib, Navoiyning o‘zi ta’kidlaganidek, birinchi qismi xar xil toifa odamlar fe’l-atvori va axvoli, kayfiyati; ikkinchi qism yaxshi fe’llar va yomon xislatlar xosiyati; uchinchi qism esa xilma-xil foydalar va xissalar ko‘rinishi, ya’ni yaxshi fe’llar va xyslatlarga oid tanbexlardan iboratdir. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy o‘z davrining ilg‘or, ma’rifat allomasi sifatida inson kamolatida ilm-fanning o‘rni, aql va idrokning axmiyati, aqliy tarbiyaning moxiyatini yoritib beradi.
Navoiy tasavvuridagi komil insonga xos bo‘lgan eng yuksak fazilatlarga ijodkorlik, qobiliyat, ilm-fanga muxabbat xam kiradi. Chunki baxtli xayotga intilgan Navoiyning ijodkor, oqil, qobiliyatli, dono inson o‘zining kuch-kuvvatiga, aklu zakovatiga ishonadi. Shuning uchun Navoiy ilm-fanning axamiyatini- yoritib berar ekan, ilmni qorong‘ulikni yoritadigan chiroq, xayot yo‘lini nurafshon etadigan quyosh, odamlarning xaqiqiy qiyofasini ko‘rsatadigan omil sifatida ta’riflzydi. Bu fikrni «Nazmul-javoxir» asarida:
Kim olim esa nuktada barhak de oni.
Gar bazm tuzar bihishti mutlaq de oni.
Har kimsaki yo‘k ilm anga ahmok de oni.
Majlisdaki ilm bo‘lsa uchmoq de oni.
«Hayrat ul-abror» dostonining o‘n birinchi maqolatida ilmni shunday sharxlaydi: «Ilm sexrining baland axtarligidakim, jaxl tunin yoritmoq uchun «ayn»i, quyoshdan «lom»i oydin va «mim» kunduzdin nishona aytur. Va jaxl shomi tiyra manzarlig‘idakim, g‘aflat choxini zalolat kechasida zoxir qilib, bu kechada shaxovatdin fasona aytur. Va olimning bovujhai falokat quyoshdek sar balandligi va joxilning bovujudi ganju mol tufroq aro najandlig‘i». Bunda arab tilda aynning ma’nosi quyosh, lomning ma’nosi esa oy bo‘lib, yana lom shakln oyga o‘xshaydi va abjad xisobida «o‘ttiz»ni bildiradi. Mim esa kunduz ma’nosini bildiradi.
Alisher Navoiy ilmni quyosh va oy xamda kunduzga o‘xshatib, u insonni baxt-saodatiga eltadi demoqchi bo‘ladi: ya’ni bu maqolat «ilm osmonining yulduzlardek baland martabaliligi xaqidakim, bilimsizlik tunni yoritish uchun «ayn» quyosh, «lom» oy, «mim» kunduz belgilarini ko‘rsatadi; bilimsizlik shomining qorong‘u ko‘rinishi xaqidakim, g‘aflat chaqini pastlik kechasida zoxir qilib, bu kechada baxtsizlikdan xikoya aytadi; olimning butun baxtsiz vujudining quyoshdek yuksakligi joxilning esa butun borlig‘i boylik, mol bo‘lsa xam tuproqdek xorligi» xaqida fikr bayon etadi.
Demak, Alisher Navoiy ilmni inson kamolati uchun eng zarur fazilatlardan biri deb biladi. U ilmni insonni, xalqni nodonlikdan, jaxolatdan qutqaruvchi omil sifatida ta’riflayda. Alisher Navoiy orzu qilgan komil inson xam faqat ilmli bo‘lishi bilan qanoatlanib qolmaydi. Uni xaqiqiy inson sifatida ta’riflashga yana sabr-qanoat, saxiylik, ximmat, to‘g‘rilik, rostgo‘ylik, tavoze’, adab, ishq-vafo va xakozolar xam asos bo‘ladi. Navoiy insonning axloqiy xislatlari-yaxshi fe’l-atvorlar xususida to‘xtalib o‘tar ekan, avvalo xar bir insoniy fazilatning ta’rifini beradi.
U yaxshi fe’llarga kanoat, sabr, tavoze’ va adab, ishq va vafo, saxovat. ximmat, karam, muruvvat, yumshoq ko‘ngillik (xilm) kabi xislatlarni kiritib, xar birining ta’rifidan so‘ng tanbex va xikoyatlar vositasida o‘z fikrini to‘ldiradi. Navoiy asarda mazkur xislatlarga ta’rif berish bilan birga, ularga qarama-qarshi bo‘lgan yomon illatlardan kutulish yo‘llarini bayon etadi.
Axloklilikning eng muxim mezoni sanalgan odob xakida fikr yuritar ekan. «Adab kichik yoshdagilarni ulug‘lar duosiga sazovor etadi va u duo barakati bilan umrbod baxramand bo‘ladi. Adab kichkinalar mexrini ulug‘lar ko‘ngliga soladi va u muxabbat ko‘ngilda abadiy qoladi...» - deb ta’kidlaydi.
Demak, yaxshi xulq asosi - odob Navoiy taxsilida barcha insoniy xislatlarning boshlanishi sanaladi. Komil insonga xos xislatlar ana shunga bog‘lik ravishda ta’rif beriladi. Zero, xaqiqiy insonga xos xislatlar - kanoat, sabr, tavozul’, ishk, vafo, saxovat, ximmat, karam, muruvvat, xilm (yumshoq ko‘ngillik) xuddi shu odobli kishida tarkib topadi.
Masalan, «qanoat-bulokdir-suvi olgan bilan kurimaydi, xazinadir-nakdisi sochgan bilan kamaymaydi, ekinzordir-urug‘i izzat va shavkat mevasi beradi; daraxtdir-shoxi tortinchoklik va xurmat mevasi yetkazadi» - deb ifodalaydi.
Navoiy qanoatni to‘ldiruvchi insoniy fazilatlardan sabr, saxiylik, karam, muruvvat, ximmat, bir-biriga xamkor va g‘amxo‘r bo‘lishini, bularni inson shaxsini ulug‘lashga yetaklaydigan, uni sof va pokiza inson darajasiga ko‘taradigan xislatlar sifatida ko‘rsatib o‘tadi. «Sabr achchikdir - ammo foyda beruvchi, qattikdir - ammo zararni daf’ etuvchi... Sabr shodliklar kalitidir va bandlar ochqichidir.
Achchiq so‘zli nasixatchiday tabiat undan olinadi, lekin zaminda maqsad xosil bo‘ladi. Badxo‘r dori beruvchi tabibday kasal undan qiynaladi, ammo so‘ngida sog‘lik yuz beradi.»
Saxiylik esa insoniylikning xaqiqiy mezoni sifatida ta’rif beriladi. Saxovatni Navoiy odamlarning mushkulini oson qilishda unga beriladigan minnatsiz yordam sifatida tushunadi va shunga da’vat etadi. qimmatlilik, muruvvat, karam saxovatning tarkibiy qismlari sifatida yoritiladi. «Yaxshilik, karam-bir jabrlanganning qattiqchilik yukini ko‘tarmoq va uni o‘sha qiyinchiliklardan qutqarmoqdir. Karam birovning mashaqqat tikani og‘irligini ko‘tarmoq va tikan uchidan guldek ochilmoq va o‘sha qilingan ishni qaytib tilga keltirmaslik, og‘izga olmaslik, kishiga minnat qilmaslik va uning yuziga solmaslik», - deb, uning asl moxiyatini yoritib beradi. Muruvvatni esa ana shu «karamning urug‘-avlodi, egizak qarindoshi, kimki bu xislatlarga ega bo‘lsa izzat va xurmatga sazovor bo‘ladi», - deydi alloma. U karam va muruvvatni ota-onaga o‘xshatsa, vafo va xayoni egizak farzandlarga o‘xshatadi. Lekin alloma xar bir qanday exsonni saxiylik deb tushunmagan. Saxovat deb isrofgarchilik qilishni, minnatni qoralagan. Ularni (saxovat, ximmatni) tor ma’noda olmagan, aksincha, chuqur ijtimoiy ma’noda, keng ko‘lamda olgan, ularda, bir tomondan, aqliy, yirik didaktik qoidalardan, jamiyatni tuzatadigan vosita va odamlar ulug‘langan tekinxo‘rlar qoralangan.
Qanoatni — sharaf va izzatning tantanasi desa, davlatli ta’magirni xor va pastkash deb ataydi. Shuning uchun xam yoshlikning qadriga yetish, eng yaxshi xislatlarni o‘zida tarkib toptirish, nafs istagidan o‘zining tiyishini ulug‘laydi, takabburlik, manmanlik, faqat o‘z foydasini ko‘zlab ish yuritish, yolg‘onchilik, nodon va joxillik, ikkiyuzlamachilik, ta’magirlik, shoshma-shosharlik, yalqovlik, xaromdan xazar qilmaslik kabi illatlarni qoralab, ulardan xalos bo‘lish yo‘llarini xam bayon etadi.
Uning quyidagi ruboiysi ana shu yomon illatlar insonni ma’naviy o‘limga olib borishi mumkinligi xaqidagi xukmidek tuyuladi:
Uch fe’l erur kishiga kotil oxir,
K,otillik aro zahri halohil oxir.
Buxl atla birin, birin havo bil oxir,
Kil ujbin ham alarga dohil oxir.
Demak, Alisher Navoiy o‘zining asarlari bilan bir katorda, Ilimiy-axlokiy asar-larida o‘zi orzu etgan insonga xos axlokiy Fazilatlar deb kanoat, saxovat, himmat, muruvvat, vafo, to‘g‘rilik,
ilm, rostgo‘ylik, tavozu’, adab va boshkalarni tushungan, ana shu hislatlar tarkib topgan insonda yomonlik, razillik bo‘lmasligi,unday inson yashagan jalliyat ham ravnak topishi, barcha xalk baxt-sodatga erishishi mumkin deb hisoblagan.
|