• «Axloqi jaloliy»
  • Jaloliddin Davoniyning pedagogik qarashlari,“Axloqi Jaloliy”asarining pedagogik fikrlar rivojidagi o‘rni




    Download 5,55 Mb.
    bet78/150
    Sana27.05.2024
    Hajmi5,55 Mb.
    #255011
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   150
    Bog'liq
    Xalqaro innovatsion universitet pedagopgika fanlari kafedrasi pe

    Jaloliddin Davoniyning pedagogik qarashlari,“Axloqi Jaloliy”asarining pedagogik fikrlar rivojidagi o‘rni


    Jaloliddin Davoniy 1427-yilda Eronning Kazarun viloyatiga qarashli Davon qishlog‘ida tug‘ilgan. U yoshligidanoq ilm-fanga ayniqsa, fiqhshunoslikka qiziqadi va boshlang‘ich maktabni qishlog‘ida bitirgach Sherozga kelib, madrasada yirik olimlar qo‘lida tahsil oladi. Keyinchalik Sheroz shahrining qozisi etib tayinlanadi. Qozilikdan iste’foga chiqqach, madrasada mudarrislik qiladi. Ilmiy ishlar bilan shug‘ullanadi. 1502-yilda Kazardi shahrida vafot etadi va Davon qishlog‘iga dafn qilinadi. Tadqiqotchi olimlarning xabar berishicha Eron, Iroq, Hindiston, O‘rta Osiyoning ko‘p shaharlarini kezib, olimlar bilan uchrashadi, ular bilan falsafaning turli muammolari bo‘yicha bahs yuritadi.
    Maryam Mirhodiyning (Tehronlik tarixchi olim) aytishicha «Davoniy yuksak qobiliyat egasi» bo‘lgan u o‘zining topgan butun boyligini ilm-fan ravnaqi yo‘lida sarflangan. Jaloliddin Davoniyning ilmiy merosi juda boy bo‘lib, o‘sha davr olimlari orasida yozgan risola va asarlari ko‘p fanlarni o‘rganish uchun qo‘llanma vazifasini o‘tagan. J.Davoniy asarlari Xuroson Movarounnahrda ham tarqalib bu yerda turli ilmiy yo‘nalishga ma’naviy hayotga ta’sir ko‘rsatdi. Davoniyning eng katta yirik asari «Axloqi jaloliy» asari bo‘lib, bu asar 1470-1478-yillar orasida yozilgan. Bu asar 1839-yilda olim V.F.Tompson tomonidan ingliz tiliga tarjima qilingan. Bu asar fors tilida yozilgan bo‘lib, qo‘lyozmasi dunyoning juda ko‘p kutubxonalarida mavjud. Asarni J.Dovoniy G‘arbiy Eron hokimi, Oq qo‘yinlilar sulolasi vakili Uzun Hasanga bag‘ishlagan.
    «Axloqi Jaloliy»da XV asrning ilg‘or axloqiy qarashlari o‘z ifodasini topganki, kitobda o‘rta asr Sharqining axloqiy ta’limotlari, uning yutuq va kamchiliklari aks ettirilgan. Asar uch qismdan iborat bo‘lib, o‘z navbatida ular yana mayda bo‘lim — «lavom»larga bo‘linadi. Birinchi qism axloq faniga bag‘ishlangan bo‘lib, muallif axloqning asosiy tushunchalari: adolat, shijoatkorlik, donolik, iffat va boshqalarga to‘xtaladi. Ikkinchi qismi — «Odamning ichki holati» deb atalib, oilaviy hayotga bag‘ishlangan. Bunda bolalarni tarbiyalash va kamolga yetkazish, kasb-hunarni egallash, xulq-odob qoidalari, nutq madaniyati, ota-onalarning o‘z bolalariga munosabatlari va boshqa shunga o‘xshash muammolar ko‘tariladi.
    Oxirgi uchinchi qism — «Shahar (davlat)ni boshqarish va podshohlar siyosati» deb ataladi. Bu yerda muallif shaharlarda yashovchi xalqlar baxtli bo‘lishi uchun qanday tadbiru choralar ko‘rish kerakligi, davlat boshliqlari bilan fuqarolarning o‘zaro munosabati, jamiyat haqida fikr-mulohazalar ilgari suriladi. Eng so‘nggida Nasiriddin Tusiyning «Axloqi nosiriy» risolasida keltirilgan Aflotunning o‘z shogirdi Arastuga qilgan vasiyati beriladi.
    Davoniyning ijtimoiy qarashlarida Forobiyning ta’siri yaqqol sezilib turadi. Inson bir o‘zi mehnat qilib, yashash uchun va har kuni zarur bo‘ladigan narsalarni qo‘lga kiritishi qiyin. U yakka holda hayot kechirishi uchun bir o‘zi ovqat pishirishi, kiyim-kechak tikishi, mehnat qurollari yasashi va shunga o‘xshash ko‘p ishlarni bajarishi, bir necha kasb-hunar egallashga majbur bo‘lar edi. Bu esa amri maholdir. «Odamlar birlashib, bir-biriga yordamlashganda boshqalar to‘g‘risida chinakamiga qayg‘uradi, o‘zaro yordam va aloqa-o‘rnatilganda adolatning sinalgan yo‘llari paydo bo‘ladi, yashash vositalari tartibga tushadi, kishilarning ahvoli mustahkamlanadi va inson zoti saqlanadi» (Davoniy. Axloqi jaloliy. 135-varaq).
    Davoniy o‘zining «Axloqi jaloliy» asarida davlat to‘g‘risida o‘zining utopik — xayoliy orzusini tasvirlaydi. U ibn Miskavayh, Forobiy va Nasiriddin Tusiy singari shaharni (davlatni) fozil va johilga bo‘ladi. Fozil shaharni tasvirlar ekan, Davoniy «bu shunday shaharki, uning qoidasi baxt-saodatga erishuvdan va baxtsizlikka olib boradigan hodisalarni bartaraf qilishdan iborat», — deydi (O‘sha joy, 152-varaq). Fozil shaharni aqlli, adolatli va jasur kishilar boshqarishi lozim. Shahar aholisi, qaysi ijtimoiy tabaqadan bo‘lmasin, qonun-qoidalarga so‘zsiz bo‘ysunadilar. Johil shahar aholisi esa baxtsizlik va falokat yo‘liga kirgan bo‘lib, bunday shahar hokimlari ta’magir, johil bo‘ladilar, o‘z xohish-istaklari va hissayotlarini qondirishga ruju qo‘yadilar.
    Jaloliddin Davoniy axloq va ta’lim-tarbiya masalalariga ham katta e’tibor beradi. Mutafakkirning talqinida, axloq fani kishilarning amaliy faoliyati, tafakkuri bilan chambarchas bog‘langan. Axloq muammolari falsafiy, ijtimoiy-siyosiy masalalar bilan bir qatorda ko‘riladi.
    Davoniy o‘z risolalarida ilm-fanni jamiyatda tutgan o‘rniga katta baho berib, kishilarni ma’rifatli bo‘lishga, kasb-hunarni egallashga chaqirdi. Uning insonparvarlik ruhi bilan sug‘orilgan ijtimoiy g‘oyalari umuminsoniy xarakterga ega bo‘lib, keyingi davrlarda muhim rol o‘ynadi va hozir ham o‘z tarbiyaviy ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q.


    Download 5,55 Mb.
    1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   150




    Download 5,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jaloliddin Davoniyning pedagogik qarashlari,“Axloqi Jaloliy”asarining pedagogik fikrlar rivojidagi o‘rni

    Download 5,55 Mb.