umatlariga ma’rifiy yordam bermoqdalar».
Budda diniy ta’limotida ham odamlar orasida o‘zaro hamkorlikka da’vat qilinib, milliyliklarga demokratik, tolerant yondashuvga amal qil, boshqalarning e’tiqodlarini qoralama, deyiladi. Budda dini o‘ziga mansub kishidan o‘z qobiliyatlarini mutanosiblashtirishni, intizomlilikni, hotirjamlikni, chiroyli so‘zlab, chiroyli hulqqa ega bo‘lishni, uyg‘unlikni, o‘zidagi Mara(salbiy kuch)ni chidam va hamdardlik orqali bartaraf qilishni, o‘z-o‘zini tarbiyalashni talab qiladi. CHunki «Inson yaxshilikning mohiyatini chuqur tushunib, his qilsagina, u yaxshilikka qodir bo‘la oladi», deb uqtiradi buddizm falsafasi.Sharq, xususan, o‘zbeklar milliy tarbiyasining falsafiy, metodologik asoslarini SHarq falsafasi—dunyoni idrok qilishning sharqona «ruhi», uslubini tushunmasdan aniqlab bo‘lmaydi. Dunyoni idrok qilishning sharqona tarzi mavjudligidan kelib chiqish yaqin yillargacha ijtimoiy fanlarda etakchilik qilib kelgan bir yoqlamalik ~ evropotsentrizm oqimiga barham beradi. G‘arb kishisining ongidagi personalistik qarash xristianlikning, sharq kishisi ongidagi antipersonalistik qarash esa islomning bevosita ta’sirida yuzaga keldi. Ana shuning uchun ham ovrupolik shaxs mohiyatini xristianliksiz («Xristian dini — Ovruponing o‘qituvchisidir». N. S. Trubetskoy), sharq kishisining mohiyatini esa islom dinining axloqiy qarashlarisiz tadqiq qilish yanglish xulosalarga olib keladi. Jumladan, to shu paytgacha SHarq axloqining qomusi — Qur’oni Karim, hadisi shariflar, shariat pedagogik e’tibordan chetda qoldirilib kelinayotgan edi. Biz imkon darajasida ana shu nazariy-pedagogik kamchilikni to‘ldirishga harakat qilamiz.
Milliy tarbiyaning metodologik asoslarini aniqlashda, uni har tomonlama talqin qilishda sotsiobiologiya erishgan natijalar katta ahamiyatga ega. Biologiya fanining bu yo‘nalishi 1975 yili amerikalik entomolog E.Uilsonning «Sotsiobiologiya: yangi sintez» nomli kitobidan boshlanib, ilmiy davralarda katta qiziqish uyg‘otdi. Sotsiobiologiyaning bosh maqsadi — inson hayotining turli jabhalarini tadqiqot qilishga qodir bo‘lgan yangi — omuhta fan yaratishdir. «Koinotda ongli jonzotlar ichida ikki intellektual irq — eydilonlar va ksinedrinlar bor, deb faraz qilaylik, - deb yozadilar CH. Lamzden va E. Uilson. Eydilonlar—organik mashinalar bo‘lib, ulardagi tafakkur va hulq-atvor dasturlashtirilgan. Ksinedrinlar ongi esa, toza yozuv tahtasiga monand. Ularning tafakkurida irsiy determinatsiyaning izlari ham yo‘q, ya’ni ksinedrinlar tafakkuri, hulq-atvori tashqi muhit tomonidan dasturlashtiriladi. Eydilonlar yo‘li madaniyat ta’sirida kechadi. Er kurrasidagi odamlar alohida - uchinchi yo‘lga egadir. Bu yo‘lning mohiyati, sotsiobiologlarning fik-richa, irsiy omillardan madaniy omillarga va aksincha bo‘lib o‘tadigan doimiy o‘zgarishlardadir». Sotsiobiologiya inson ustidan hukmronlik qiluvchi barcha kuchlarning eng qudratlisi va murakkabi — ishonch, e’tiqod, deb biladi. «E’tiqod ijtimoiy hatti-harakatlarning universal tartibotlaridan bo‘lib, har bir jamiyatda uni (namoyon bo‘lish shakliga qarab) tezda qayd qilish mumkin... Lekin inson bu unsurdan din va marksizm orasidagi qarama-qarshilik tufayli voz kechishga majbur bo‘ldi. E’tiqodsizlik esa odamlarda milliy qadriyatlarning yo‘qolishiga, arzimas narsalarni qimmatli narsa deb, haqiqiy qimmatga ega bo‘lgan narsalarni esa erga urishga olib keldi», — deb hisoblaydi «inson haqidagi yangi fan» — sotsiobiologiya. Ko‘rinib turganidek, ushbu yangi fanning e’tiqod va uni shakllantirish haqidagi qarashlari o‘quvchilarimizda milliy g‘oyaga asoslangan istiqloliy e’tiqodni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.
Milliy tarbiyani tadqiqot qilishning metodologik talablaridan biri — aniq fanlarda erishilgan yutuqlarni o‘rganish, ularning mazkur tadqiqot predmetiga munosabatini umumlashtirishdir. Ana shunday fanlardan biri bo‘lmish oliy nerv faoliyati fiziologiyasi va pedagogika orasida uzviy bog‘liqlik mavjud. Zero, «har qanday ta’-lim va tarbiya o‘zining fiziologik mehanizmiga ko‘ra, shartli reaktsiya (organizmning tashqi ta’siriga javobi), ko‘nikma va taassurotlarni xosil qilish jarayonidir».
Фанни ўқитишдан мақсад - миллий тарбия – ижтимоий-тарихий, қонуний ва объектив жараён сифатида, мустақил Ўзбекистонда миллий тарбия ғоясининг тикланиши ва ривожланиши, миллий тарбия тизимини жорий қилинишининг назарий ва амалий йўналишлари ҳақида, миллий қадриятлар мазмуни, миллий ва оммавий маданият тушунчаларига оид билим бериш.
Fanning vazifasi - Талабаларни миллий тарбиянинг тарихи ва назарияси, давлат сиёсатининг миллий тарбиянинг моҳияти, мазмуни ва хусусиятларини ўрганиш, миллий тарбиянинг методик асослари бўйича назарий билим ва амалий кўникмаларга эга бўлиш, миллий қадриятлар асосида шаклланган миллий ва оммавий маданиятнинг моҳиятидан фойдаланиш методлари билан танишадилар ҳамда амалда синаб кўрадилар.
Zamonaviy sharoitda, pedagogik yo‘nalishda tadqiqotlarni olib borishda quyidagi metodlardan foydalanilmoqda:
Pedagogik kuzatish metodi.
Suhbat metodi.
Anketa metodi.
Intervyu metodi.
Ta’lim muassasasi hujjatlarini tahlil qilish metodi.
Test metodi.
Pedagogik tahlil metodi.
Bolalar ijodini o‘rganish metodi.
Pedagogik tajriba metodi.
Matematik-statistik metod.
|