Xalqaro nordik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi




Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/46
Sana09.07.2024
Hajmi1,49 Mb.
#267149
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46
Bog'liq
45817dd0-9c23-48be-b4c0-938339c89155

20
 
Y(t) 
X
1
 
X
3
 
X
6
 
X
7
 
2023 (bаzis) 
420,6 
216738,4 
35 
27,2 
12,5 
2024 
352,7 
162594,2 
34 
24,9 
15,1 
2025 
381,2 
175053,3 
35 
26,1 
15,8 
2026 
409,6 
187512,5 
35 
27,3 
16,5 
2027 
437,9 
199971,6 
36 
28,5 
17,2 
2028 
466,4 
212430,7 
37 
29,7 
17,9 
2029 
494,8 
224889,9 
37 
30,8 
18,6 
2030 
523,3 
237349,5 
38 
32,4 
19,3 
19
Manba: muallif hisob-kitoblari asosida hisoblangan. 
20
Manba: muallif hisob-kitoblari asosida hisoblangan. 


24 
Рrоgnоz nаtijаlаridаn kо‘rinib turibdiki, 2030 уildа 2023 уilgа nisbаtаn 
О‘zbеkistоn Rеsрublikаsidа dероzitlаrning umumiу miqdоri 9,5%, О‘zbеkistоn 
Rеsрublikаsidа tijоrаt bаnklаrning sоni 9,5%, jismоniу shахslаrgа аjrаtilgаn 
krеditlаr 19,1% vа sоf muаmmоli krеditlаrning jаmi kарitаlgа nisbаti 48,9% 
оshishigа еrishilаdi (7-jadval). 
Tadqiqot ishida O‘zbekiston Respublikasida 2030-yilga qadar jami kreditlash 
hajmi rivojlanishiga asoslangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan. Qo‘llangan 
yuqori adekvatlikka ega ekonometrik model va ularga tegishli amaliy dasturlar pa-
ketlari asosida tanlab olingan obyektda xizmatlar hajmi qisqa muddatli prognozi 
aniqlandi. 
XULOSA 
Tijorat banklarida kreditlash xizmatlari samaradorligini oshirish yo‘llari 
masalalari yuzasidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari asosida quyidagi ilmiy-amaliy 
xulosa va tavsiyalar ishlab chiqildi: 
1. Dissertatsiyada tijorat banklarining kreditlash jarayoni xususiyatlarini 
tavsiflovchi tushunchalar sifatida “tijorat banklarida kreditlash xizmati”, “bankning 
kreditlash jarayoni” kategoriyalarining iqtisodiy mazmuniga oid mualliflik ta’rifi 
ishlab chiqildi.
Tijorat banklarida kreditlash xizmati – bu bank tomonidan qarz 
oluvchining moliyaviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida ma’lum muddatga va 
ma’lum shartlar orqali beriladigan pul mablag‘larni muayyan texnologiya asosida 
qulay sharoitda taqdim etish jarayonidir. Bankning kreditlash jarayoni – bankning 
kreditlash muddatlari va mexanizmlarining o‘zgarishi sifatida ifodalangan tashkiliy 
bosqichlar ketma-ketligi ko‘rinishidagi bank kreditlarining harakati sifatida 
aniqlanadi. 
2. Tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy holatini baholash usulini tijorat 
banklarida kreditlash tartibi va funksiyalaridan foydalangan holda kreditlash 
jarayonini imitatsion modellashtirish hamda kredit operatsiyalarini monitoring 
qilish bosqichlarini shakllantirish asosida takomillashtirish taklifi asoslandi. 
3. Tijorat banklarining kredit samaradorligini oshirishga qaratilgan 
strategiyani ishlab chiqishda tarmoq xususiyatiga qarab kreditlashning “ipoteka” 
va “lizing” shakllarini amaliyotga tatbiq etishda xo‘jalik huquqi va jarayonlari 
hamda loyiha smeta hujjatlari bilan ishlash borasida malaka va tajribaga ega 
bo‘lgan xodimlarni kredit komissiyasining ishchi guruhlari tarkibiga kiritish 
zarurati asoslandi. 
4. “Bank-mijoz” munosabatlarini tartibga soluvchi shartnomalarning huquqiy 
va iqtisodiy savodxonlik nuqtai nazaridan tuzilishiga erishish maqsadida tijorat 
banklarining xizmatlari turlari hamda kreditlashning shakl va turlari bo‘yicha 
shartnomalarni tuzish qoidalari to‘g‘risida uslubiy tavsiyalarning ishlab chiqilish 
zarurati asoslandi.
5. Tijorat banklarida kreditlash xizmatlari samaradorligini oshirish bo‘yicha 
iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar va ijtimoiy taraqqiy etgan davlatlar 
tajribalaridan foydalanish hamda respublikamiz amaliyotida qo‘llash yuzasidan 
tavsiyalar ishlab chiqildi. 


25 
6. 
Bank 
kredit 
resurslari 
dinamikasining 
dastlabki 
parametrlarini 
shakllantirish, qarz oluvchilar soni va kredit resurslari hajmining ekstremal 
qiymatlarini aniqlash hamda bank faoliyatining turli ko‘rsatkichlari dinamikasini 
vaqtga bog‘liq muvozanat qiymatini baholash asosida tijorat banki kapitali 
dinamikasining o‘zgartirilgan matematik modeli takomillashtrildi. 
7. Kredit xizmatlari samaradorligini baholash tizimini bank nazorati bo‘yicha 
xalqaro Bazel qo‘mitasining amaliyotiga asoslangan holda bank xizmatlarining 
samaradorligini monitoring qilish, mijozlarni segmentatsiyalash, turli banklarning 
kredit faoliyati ko‘rsatkichlarini taqqoslash orqali takomillashtirish taklifi 
asoslandi. 
8. Bank tizimida moliyaviy faoliyatni amalga oshirish, iste’molchilar bilan 
o‘zaro aloqalarni o‘rnatish, biznes jarayonlarini tashkil etish, yangi kredit 
xizmatlari hisobiga kredit portfelining o‘sishini ta’minlash bosqichlarini 
shakllantirish asosida bank kredit bo‘limining strategik xaritasini tuzish taklifi 
asoslandi. 
9. Banklarda kreditlashning yangi xizmatlarini joriy etish jarayoni yangi 
xizmatlarni joriy etishning maqsadga muvofiqligi, ketma-ketligi va ustuvor 
yo‘nalishlarini aniqlash, mijozlar o‘rtasida reklama kampaniyasini o‘tkazish, tarif 
siyosatini, shuningdek kredit muassasasi tomonidan yangi xizmatlar joriy 
etiladigan vositalarni aniqlash hamda kredit risklarini kamaytirish asosida 
takomillashtirildi. 
10. O‘zbekiston Respublikasida kredit bozorining barqaror rivojlanish 
dinamikasi asosida bank kreditlari umumiy miqdori oshishining 2030-yilga qadar 
prognoz ko‘rsaktichlari ishlab chiqildi. 

Download 1,49 Mb.
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   46




Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xalqaro nordik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi

Download 1,49 Mb.
Pdf ko'rish