21
so‘ng o‘zlarining biznes-jarayonlarini quradilar – mijozlarga
eng past narxda eng
yuqori qiymatni taqdim etadilar.
Kredit muassasasi boshqa tarmoqlarda bo‘lgani kabi o‘z tovarini (ssudasini)
pulga almashtirmaydi, balki qarzga olingan mablag‘larning qaytarilmasligi xavfini
o‘z zimmasiga oladi. Pul mablag‘larini o‘tkazish bo‘yicha oddiy ko‘rinadigan
operatsiyalar, shuningdek, kontragent bankning pozitsiyasi yoki qabul qiluvchining
o‘zi maqomi o‘zgarishi tufayli o‘tkazuvchining kontragentining hisobvaraqlariga
tushmaslik riskini ham o‘z ichiga oladi. Bunday risklarni to‘g‘ri
baholamasdan
turib, bankning foydani katta qismini tashkil etuvchi kredit hisob-kitob faoliyati
kredit tashkiloti uchun foydasiz bo‘lib qoladi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda,
bank qiymatini yaratishning asosiy elementi bank tomonidan taklif qilinadigan har
qanday asosiy biznes mahsulotining asosini tashkil etuvchi risklarni boshqarishdir.