20
markazi sifatidagi samaradorligi belgilangan foyda rejasini bajarish darajasi
sifatida baholanadi. Foyda rejasi kelgusi davr uchun foyda prognozi asosida
tuziladi. Shunga ko‘ra, bank mijozlarini “yashil”, “sariq” va “qizil”
toifalarga
ajratish orqali kredit xizmatlari bo‘yicha mijozlar sonini ko‘paytirish va talabini
to‘liq qondirishga yo‘naltirilgan “qiymat zanjiri” (mijozlar guruhi→ kredit
xizmati→ kredit birligining samaradorligi)ni yaratish
asosida kreditlash xizmati
samaradorligini oshirish taklifi asoslandi.
Muallifning fikricha, mahalliy banklar tomonidan mijozga yo‘naltirilgan
biznes modeli bilan bank mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish jarayonida uning
barcha ishtirokchilari uchun mohirlik bilan qurilgan qiymat zanjiri asosiy o‘zagi
hisoblanadi. Bankda qiymat zanjiri tizimini joriy etish konsepsiyasi quyidagi
tarzda ko‘rinadi (2-rasm).