15
kredit xizmatlarining iqtisodiy-texnologik modeli
tadqiqoti amalga oshirilgan
hamda tijorat banklari tomonidan tomonlarning raqobatdosh manfaatlarini hisobga
olgan holda kreditlash modeli ishlab chiqilgan. Shuningdek, tijorat banklari
tomonidan kredit xizmatlarini ko‘rsatishning umumlashtirilgan
modeli taklif
qilingan.
Moliyalashtirish manbalari bo‘yicha asosiy kapitalga qo‘yilmalar tarkibini
sifat jihatidan baholash bo‘yicha tizimli muammolarning mavjudligi mamlakat
iqtisodiyotida raqobat muhitining
buzilishiga olib keladi, degan xulosaga kelish
imkonini berdi (2-jadval).
2-jadval.
O‘zbekistonda moliyalashtirish manbalari bo‘yicha asosiy kapitalga
o‘zlashtirilgan investitsiyalar tarkibi (umumiy hajmdan %da)
10
Ko‘rsatkichlar
Yillar
2019-2023-y.y.
o‘zgarish, %
2019-y.
2020-y.
2021-y.
2022-y.
2023-y.
Korxonalarning o‘z
mablag‘lari
47,3
42,0
29,3
40,8
38,1
-9,2
Jalb qilingan mablag‘lar
52,7
58,0
70,7
59,2
61,9
9,2
Shu jumladan:
davlat byudjeti
4,8
4,5
9,0
6,8
8,8
4,0
xorijiy investitsiyalar
23,8
24,3
43,6
42,7
42,7
18,9
bank
kreditlari
va
boshqa qarz mablag‘lari
12,6
17,8
13,8
7,6
8,0
-4,6
Mamlakat iqtisodiyotiga jalb qilingan mablag‘lar ichida bank kreditlari kichik
ulushni egallaydi (2019-yilda -12,6%, 2022-yilda-7,6%, 2023-yilda-8,0%).
O‘zbekiston kredit bozorida kredit resurslari yetkazib beruvchilari tijorat
banklari, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va lizing kompaniyalari hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-iyuldagi “Raqobat
muhitini
yanada
rivojlantirish
va davlatning
iqtisodiyotdagi
ishtirokini
qisqartirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PF-6019-son Farmonida
davlatning moliyaviy xizmatlar bozoriga ta’sirini kamaytirishga qaratilgan chora-
tadbirlar belgilangan.
Qayd
etish joizki, tijorat banklarining xususiyatidan kelib chiqib, kreditlash
bank depozitlariga jalb qilingan vaqtinchalik bo‘sh mablag‘lar
hisobidan amalga
oshirilishi lozim. Bu tijorat banklari faoliyatining bozor tamoyillarini ko‘rsatadigan
jalb qilingan mablag‘lar umumiy miqdorining ajratilgan mablag‘larning umumiy
miqdoriga nisbati sifatida belgilanadigan kreditlashning bozor ta’minotidir.
3-jadvalda keltirilgan ma’lumotlar asosida 2018-2023-yil 1-yanvar holatiga
ko‘ra, butun bank tizimini kreditlashning bozor xavfsizligi ko‘rsatkichlari mos
ravishda 53,9 %, 41,8 %, 43,0 %, 41,4 %, 47,9 % va 49,2 %ni tashkil etadi. Shu
bilan birga, davlat ulushiga ega bo‘lgan banklarda kreditlashning bozor qoplanishi
juda past bo‘lib qolmoqda – belgilangan davr uchun 32,0 foizdan 40,4 foizgacha.
10
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra
muallif tomonidan
tuzilgan.