• Psixotexnika
  • Sevgi
  • Xalqaro nordik universiteti




    Download 0,78 Mb.
    bet4/5
    Sana16.05.2024
    Hajmi0,78 Mb.
    #238460
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    media topshiriq

    Optimizm– kechayotgan voqea va xodisalar jarayoniga nisbatan bildirilgan ikki xil qarama – qarshi fikrlar yoki munosabatlarni yaxshilikka yo’yish.
    Psixoterapiya (grekcha therapeia – parvarish qilish, davolash) – ko’plab psixik, asabiy va psixosomatik xafagarchiliklarda inson hissiyoti, fikrlari, o’z-o’zini anglashiga kompleks davolovchi ta’sirdir (asosan nutq yordamida, biroq faqat uning yordamida emas). Shartli ravishda asosan mavjud alomatlarni yo’qotish yoki yumshatishga qaratilgan klinik maqsadli psixoterapiya va insonga uning sotsial muhiti va o’z shaxsiga nisbatan munosabatini o’zgartirishga yordam berishni vazifa qilib olgan shaxsiy maqsadli psixoterapiya mavjudligi e’tirof qilinadi.
    Psixotexnika (grekcha techne – san’at, mahorat) – psixik jarayonlarni sodir bo’lish harakteristikasini yaxshilash, mavjud psixik qobiliyatlarni o’stirish va yangilarini shaqllantirishda qo’llaniladigan konkret metodik usullar yoki usullar tizimidir.
    Rol– shaxsga nisbatan shunday tushunchaki, uning konkret hayotiy vaziyatidagi huquq va burchlaridan iborat.
    Sotsial individ – barcha kishilar uchun umumiy bo’lgan, belgilar, qurollar bilan ishlashda bog`liq bo’lgan maxsus insoniy tavsiflarni aks ettirish, jamiyatda qabul qilingan norma va qoidalarni hisobga olish, sotsial vazifalarni bajarishdir. Gap shaxsiy yoki individual jihatlar to’g`risida ketayotgani yo’q.
    Sevgibu nafaqat hissiyot, balki boshqalarni seva olish qobiliyati va sevilish uning asosiy mezoni – "insoniy fazilatlar” hisoblanadi.
    Tashabbuskorlik– harakterning qimmatli xislati bo’lib, bu xislat ko’pchilik kishilarda ommaviy tus olgandir.
    Temperament (lot. temreramentum – qismlarning tegishli muvofiqligi, mutanosibligi) – inson hulq-atvori va psixik jarayonlarining dinamik harakteristikasi bo’lib, ularning tezligi, o’zgaruvchanligi, samaradorligi, ishchanligi va boshqalarda namoyon bo’ladi.
    Tafakkur – turli masalalarni (nazariy va amaliy) yechishga qaratilgan va bu yumushni ado etishni (javob topishni) ta’minlaydigan ko’plab psixik jarayonlar, harakatlar, holatlardir. Tafakkurni funksional tizim sifatida jalb qilish qisman ongli, qisman odatlar, malakalar va asab tizimi tomonidan yuzaga keltirilgan insonning ilgarigi taraqqiyoti, tarbiyasi, o’z-o’zini shaqllantirishdan iborat beixtiyor harakatlari tufayli amalga oshiriladi.



    Download 0,78 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0,78 Mb.