• Foydalanilgan adabiyotlar 1. Hayot faoliyati xavfsizligini taminlash asoslari va tarkibiy qismlari
  • (gomosfera)
  • Xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari va uslublarini tahlil qilish Reja




    Download 32,12 Kb.
    bet1/5
    Sana22.05.2024
    Hajmi32,12 Kb.
    #250016
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Malika tex


    Xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari va uslublarini tahlil qilish

    Reja:

    1. Hayot faoliyati xavfsizligini taminlash asoslari va tarkibiy qismlari
    2. Xavfsizlikni taminlash usullari, ta`riflari
    3. Hayot faoliyati xavfsizligini boshqarishning uslubiy asoslari
    4. Xavflar va ularning turlari,o’rganish usullari
    Foydalanilgan adabiyotlar

    1. Hayot faoliyati xavfsizligini taminlash asoslari va tarkibiy qismlari

    Xavfsizlik umumiy nazariyasining tuzilishida asoslar va usullar ko`rilayotgan sohadagi aloqalar to`g’risida to`liq tasavvur qilishda metodologik ahamiyatga ega.
    Asos, bu - fikr, g’oya, maqsad (asosiy holat)dir. Usul, bu – eng umumiy qonuniyatlarni bilish orqali maqsadga erishish yo`lidir.
    Xavfsizlikni taminlash asoslari, usullari mantiq hamda dialektikaga xos umumiy usullarga tegishli bo`lmay, maxsus va ayrim usullardan hisoblanadi. Usullar va asoslar o`zaro bog’liqdir. Xavfsizlikni taminlash choralari, bu – usullarni va asoslarni amaliy, tashkiliy, moddiy gavdalantirib amalga oshirishdir.
    Asoslar, usullar, choralar xavfsizlikni ta`min etishdagi mantiqiy pog’onadir. Ularni tanlab olish faoliyatning aniq sharoitlariga, xavfning darajasiga va boshqa mezonlarga bog’liq. Xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari (prinsiplari) ularni amalga oshirish
    belgilariga qarab shartli ravishda 4 ta sinfga bo‘linadi:
    1. Yo‘naltiruvchi (taxminiy) tamoyil
    2. Texnik tamoyil
    3. Tashkiliy tamoyil
    4. Boshqaruv tamoyili
    Taxminiy tamoyillar o‘zida xavfsiz echimlarni topuvchi yo‘nalishni
    aniqlovchi metodologik va ma’lumot bazasi bo‘lib, xizmat qiluvchi,
    asos soluvchi g‘oyalarni taqdim etadi. Bunga quyidagi tamoyillar kiradi:
    operatorning aktivligi, faoliyatni gumanlashtirish, strukturani o‘zgartirish,
    operatorni almashtirish, sinflashtirish, xavfni bartaraf qilish va kamaytirish,
    tizimlilik va boshqalar.
    Texnik tamoyil xavfli omillarning ta’sirini bevosita oldini olishga
    yo‘naltirilgan. Texnik tamoyillar fizik qonunlarni ishlatishga asoslangan.
    Bunga quyidagilar kiradi: masofadan himoyalash, ekranlashtirish, qattiqligini
    oshirish, blokirovkalash (yakkalash), vakuumlashtirish, havo kirmaydigan
    qilish, passiv zveno kiritish, zichlashtirish, flegmatizatsiyalash va eta olmaslik
    tamoyillari.
    Boshqaruv tamoyillari deb, xavfsizlikni ta’minlash jarayonining alohida
    bosqich va etaplari orasida o‘zaro bog‘lanish va munosabatlarni aniqlovchi
    tamoyillarga aytiladi. Ularga rejali, nazoratli, boshqarmali, majburiyli, qayta
    aloqali, samarali, javobgarlik, rag‘batlantirish, ierarxik, bir ma`noli, adekvatli
    tamoyillar kiradi.
    Tashkiliy tamoyillarga xavfsizlik maqsadida mehnatni ilmiy tashkil
    qilish qoidalarini amalga oshiruvchi tamoyillar kiradi. Ularga vaqt bo‘yicha
    himoyalash, ma’lumot berish, rezervlashtirish, normallashtirish, kadrlarni
    tanlash, ketma-ketlik, ergonomik. mehnatni ratsional tashkil qilish va zidlik
    tamoyillari kiradi.
    Bir vaqtda ayrim tamoyillar bir nechta sinflarga kiradi. Xavfsizlikni
    ta’minlash tamoyillari tizimlarni xosil qiladi va bir vaqtning o‘zida har bir
    ISSN 2181-1717 (E) Образование и инновационные исследования (2021 год №3)
    tamoyil nisbatan mustaqillik kashf qiladi.
    Xavfsizlikni ta’minlash usullari 3 xil turga bo‘linadi:
    A - metodi, gomosfera bilan noksosferani bir-biridan joy yoki vaqt jihatidan
    ajratish usuli. Bu usul ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirish
    va avtomatlashtirish, jihozlarni masofadan boshqarish, manipulyator va
    robotlarni qo‘llash bilan amalga oshiriladi.
    B - metodi xavfsizlik prinsiplarini qo‘llab, xavflarni yo‘q qilish va
    noksosferani (ishlab chiqarish muhitini) normallashtirish, hamda noksosfera
    tavsiflarini inson tavsiflariga moslashtirishga asoslanadi. Bu usul insonlarni
    shovqin, chang, gaz, jarohatlanish va hokazo xavfli omillardan himoya
    qilishga qaratilgan tadbirlar majmuasi hamda qisman xavfsiz texnikani
    yaratish bilan amalga oshiriladi.
    Agar A va B metodlarni qo‘llash bilan talab qilingan xavfsizlik darajasiga
    erishish ta’minlanmaganda, С - metod qo‘llaniladi.
    С - metodi tegishlicha himoya vositalari yordamida insonlarning
    himoyalanish xususiyatlarini oshirishga hamda insonni noksosferaga
    moslashtirishga asoslangan.
    Bu usul kasbiy tanlash, o‘qitish, instruksiyalar berish, psixologik ta’sir
    qilish va shaxsiy himoya vositalarini qo‘llash bilan amalga oshiriladi.
    С-metodni amalga oshirishda noksosfera tavsiflarini o‘zgartirish uchun har
    xil vositalar qo‘llaniladi.
    Real sharoitlarda yuqorida keltirilgan usullarning bittasi yordamida
    zarur xavfsizlik darajasini har doim ta’minlash mumkin bo‘lmaydi. Bunday
    holatlarda yuqorida keltirilgan usullar majmuasini qo‘llash maqsadga
    muvofiq bo‘ladi.

    2. Xavfsizlikni taminlash usullari, ta`riflari
    Inson mehnat faoliyati jarayonida bo`ladigan fazo – ish joyi (gomosfera), doim mavjud yoki vaqti-vaqti bilan xavf paydo bo`ladigan fazoni noksosfera deyiladi. Xavfsizlikni taminlashga quyidagi usullar orqali erishiladi:



    1. gomosfera va noksosferani fazoviy va vaqt bo`yicha ajratib qo`yish, buni hal qilish uchun masofadan boshqarish, avtomatlashtirish, rabotlashtirish vositalari yordamidan foydalaniladi;

    2. xavflarni yo`qotish yo`li bilan noksosferani me`yorlashtirish. Bu usulga


    ishchilarning shovqin, gaz, changdan jarohatlanishidan saqlovchi shaxsiy va birgalikdagi himoya vositalarini qo`llashi kiradi;
    d) bu usul ishchilarni tegishli muhitga moslashtirishga, ularni himoyalash darajasini ko`tarishga yo`naltirilgan har xil vositalar va usullar: kasbiga qarab tanlash, ruhiy ta`sir va (shaxsiy) himoya vositalari qo`llashni o`z ichiga oladi. Amalda esa yuqorida aytilgan usullar birgalikda qo`llaniladi.
    Xavfsizlikni ta`minlovchi vositalarga, jamoa (JHV) va shaxsiy (SHHV) himoya vositalari kiradi. Ular o`z navbatida xavfsizlikning turi, tuzilishi, ishlatish sohasiga ko`ra guruhlarga bo`linadi.
    3. Hayot faoliyati xavfsizligini boshqarishning uslubiy asoslari
    HFX uslubiy va boshqaruv masalalarining xavfsizlik darajasi va «T»ga ob`ektiv ta`siri katta.



    1. Boshqarishning tashkiliy ishlarini nazorat qilish va tekshirish tizimini yaratish.

    2. Tadbirlarning ta`sir qilishini, foydasini aniqlash.

    3. Rag’batlantirish.


    HFX boshqarilishida inson-muhit tizimi tushuniladi. HFXni boshqarish ob`ektiv xavfli holatdan kam xavfli holatga o`tkazishdir. Bunga iqtisodiy va texnik maqsadga muvofiqlik shartlariga amal qilinadi.
    HFX ni boshqarishning vazifalari quyidagilardan iborat: Ob`ekt holatining tahlili va bahosi.



    1. Ob`ekt holatining tahlili va hisoboti.

    2. Boshqarishning tadbirlari.

    3. Boshqariluvchi va boshqaruvchi tizimlarni tashkil qilish.


    4. Xavflar va ularning turlari

    Download 32,12 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 32,12 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari va uslublarini tahlil qilish Reja

    Download 32,12 Kb.