• Suyuqlantirishning asosiy prinsiplari va usullari
  • Qotishmalarni suyuqlantirish uchun jihozlar




    Download 3.57 Mb.
    bet4/5
    Sana30.10.2023
    Hajmi3.57 Mb.
    #90988
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Abdullayev Zohidbek
    Parallel dasturlash, Quymakorlikning mashinasozlikdagi o‘rni-hozir.org, 3-ma\'ruza (1), Ramazon fal, jasur3, Eshimbetov Nodirbek, activity

    Qotishmalarni suyuqlantirish uchun jihozlar

    Quymakorlik metallurgiyasining umumiy xarakteristikasi Metallurgiya — fan va texnikaning hamda sanoatning ma‘dan va boshqa materiallardan metallar olish jarayonlarini, shuningdek, metall qotishmalarning kimyoviy tarkibini, strukturasini, binobarin, xossalarini o‗zgartirish bilan bog‗liq bo‗lgan jarayonlarni qamrab oluvchi sohasidir. Quymakorlikda suyuq holatdagi quyma qotishmalar tayyorlash va ulami ma‘lum tarkibli hamda talab etilgan xossali holatga yetkazish jarayonlari metallurgiyaga kiradi. Quymakorlik metallurgiyasining asosiy metodlari suyuqlantirish va biror tashqi ta‘sir yordamida (bu ta‘sirlar xilma-xil bo‗lishi mumkin) suyuq quyma qotishmalarga ishlov berishdir. Quymakorlikda suyuqlantirish atamasi talab etilgan sifatdagi quymalar olishni ta‘minlaydigan ma‘lum kimyoviy tarkibli, temperaturali va xossali qotishma tayyorlash bilan bog‗liq bo‗lgan fizik va kimyoviy jarayonlar majmuyini bildiradi. Jarayonlarning asosini tashkil etuvchi fizik va kimyoviy qonuniyatlar majmuyi suyuqlantirish metodi deyiladi. Suyuqlantirish metodi uni amalga oshirishning asosiy prinsipi bilan belgilanadi. Masalan, vagrankada suyuqlantirish metodi suyuqlantirish agregati sifatida vagrankadan foydalanishga, yoy yordamida suyuqlantirish esa issiqlikni hosil qilish manbayi sifatida yoy razryadidan foydalanishga asoslangan va h.k.

    Suyuqlantirishning asosiy prinsiplari va usullari

    Suyuqlantirish jarayonlarining klassifikatsiyasi va ularni amalga oshirish usullari. Barcha mavjud jarayonlar bosqichlari soniga ko‗ra monojarayonlar va polijarayonlarga bo‗linadi (1.2- rasm). Quymakorlikda monojarayonlar eng keng tarqalgan. Monojarayonda hamma operatsiyalar bitta suyuqlantirish agregatida, polijarayonda esa suyuqlantirishketma-ket ikkita yoki bir nechta suyuqlantirish agregatida bajariladi. Qayta suyuqlantirish jarayonlari alohida guruhni tashkil etadi, bularda dastlabki quyma (odatdagidek shixta emas) qayta suyuqlantirishdagi ma‘lum sharoitlar tufayli ancha yuqori sifatli quymaga aylanadi. Bunda quyma yo bevosita suyuqlantirish jarayonida shakllanadi (uzluksiz jarayon), yo maxsus sharoitlarda, masalan, vakuumda qoliplarga quyish natijasida shakllanadi.


    Download 3.57 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 3.57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qotishmalarni suyuqlantirish uchun jihozlar

    Download 3.57 Mb.