• Quymakorlikning mashinasozlikdagi o‘rni
  • Quyma detallar, konstruksiyasini belgilashdagi asosiy masalalar
  • Quymakorlikning mashinasozlikdagi o‘rni




    Download 9.35 Kb.
    bet1/3
    Sana30.10.2023
    Hajmi9.35 Kb.
    #90989
      1   2   3
    Bog'liq
    Quymakorlikning mashinasozlikdagi o‘rni-hozir.org
    Parallel dasturlash, Abdullayev Zohidbek, 3-ma\'ruza (1), Ramazon fal, jasur3, Eshimbetov Nodirbek, activity

    Quymakorlikning mashinasozlikdagi o‘rni

    Odamlar eramizdan ikki-uch ming yil muqaddam quymalarni olish bilan tanish bo‘lganlar, buni Misrda, Xitoyda va boshqa mamlakatlarda olib borilgan arxeologik qazilmalar ko‘rsatdi.


    Keyinchalik asrlar davomida bu san’at rivojlana bordi.
    Masalan, 1585-1586 yillarda A. Choxov boshchiligida bronzadan katta zam barak quyildiki, uning massasi 40 t ga yaqin b o ‘lgan. Ota-bola Motorinlar esa 1735 yilda bronzadan katta, naqshli qo‘ng‘iroq quydilarki, uning massasi 200 t bo’lgan . Bunday misollarni ko’plab keltirish mumkin, lekin shularning o‘ziyoq quymakorlik san’atining o’sha yillarda rivojlanish sur’atini yorqin ifodalaydi.
    Ayniqsa keyingi yillarda fan va texnikaning rivojlanishi tufayli yangi-yangi takomillashgan istiqbolli usullar (quymalarni metall qoliplarda, bosim ostida, markazdan qochirma kuch yordamida, suyuqlanadigan modellar yordamida tayyorlangan qoliplarda, qobiqli qoliplarda va boshqalar) yaratilishi, og ‘ir ishlarni mexanizatsiyatirilishi, texnologik jarayonlarning avtomatizatsiyalashtirilishi, markazlashtirilgan yirik quymakorlik korxonalarining barpo etilishi sifatli, xilma-xil quymalarni ishlab chiqarish bilan unumdorlik keskin ortdi.
    Quymakorlikning mashinasozlikdagi o‘rni
    Kuzatishlar ko‘rsatadiki, turli mashina va mexanizmlar detallarining og‘irlik jihatidan qariyb 50% dan ortiqrog‘i qora metall qotishmalardan quyma tarzda olinmoqda. Buning boyisi shundaki, quymakorlikda metallarni bolg‘alash, shtamplash, kesib ishlash va boshqa usullarda tayyorlanishi qiyin bo‘lgan yoki mutloqo tayyorlab bo'lmaydigan murakkab shaklli, turli o'lchamdagi quymalar oson olinadi. Shuningdek qirindiga o ‘tuvchi qo'yim qiymatini kamligi, chiqindilarning qayta eritilish orqali ulardan foydalanilishi kabi afzalliklari tufayli katta iqtisodiy samara beradi.
    Quyma detallar, konstruksiyasini belgilashdagi asosiy masalalar
    Konstruktorlar mashina detallarining konstruksiyasini (shakli, o ‘lchamlarini, aniqlik va yuza g ‘adir-budurlik sinflarini belgilashda) detallaming ish sharoitini, ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo'lgan texnologik talablarni ko‘zda tutgan holda masalani texnika-iqtisodiy jihatdan oqilona hal etmog‘i lozim. Ayniqsa, bunda quymalarning shaklini soddalashtirish, devorlar qalinliklarming keskin o‘zgarmasligi, o‘tkir burchakli o‘tishlar bo‘lmasligi, geometrik aniqligi va boshqa masalalar muhim rol o‘ynaydi. Chunki masalalarga alohida e’tibor berilishi , sifatli va arzon quymalar ishlab chiqarish omillaridan biridir.

    Download 9.35 Kb.
      1   2   3




    Download 9.35 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Quymakorlikning mashinasozlikdagi o‘rni

    Download 9.35 Kb.