• 1 Ўзбекистон Республикасининг «Чет эл инвестициялари тўғрисида»ги Қонуни, 30.04.1998 й.
  • Xorijiy investitsiyalar




    Download 0,68 Mb.
    bet1/28
    Sana11.02.2024
    Hajmi0,68 Mb.
    #154693
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
    Bog'liq
    Хорижий инвес



    XORIJIY INVESTITSIYALAR


    FANIDAN Qisqacha konspekt


    1. mavzu. Xorijiy investitsiyalar haqida tushuncha va uning mohiyati (4

    soat)

      1. Investitsiya haqida tushuncha

      2. Investitsiya munosabatlarining davlat tomonidan tartibga solinishi

      3. Xorijiy investitsiyalar va ulami jalb qilinish sabablari

      4. 0’zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning roli

      5. Investitsiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari

    0’zbekiston Respublikasida investitsiya xususida qonuniy hujjatlar 1991 yildan boshlab qabul qilingan bo’lib, ular o’tgan vaqt ichida ancha takomillashtirildi. 0’zbekiston Respublikasining “Investitsiya to^risida^gi qonunida ko’rsatilishicha, “investitsiya bu - iqtisodiy samara (foyda, daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag’lari, banklarga qo’yilgan omonatlar, paylar, qimmatli qog’ozlar (aktsiya, obligatsiyalar), texnologiyalar, mashinalar asmavzu-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday boyliklardir”1 .Bu iqtisodiy ta’rif investitsiyaning bozor iqtisodiyoti sharoitiga mos kelishini to’laligicha tasdiqlaydi. Jumladan, unda, birinchidan, investitsiyaning o’ziga va investitsiya faoliyatining ob’ektlariga keng ta’rif berilgan. Ikkinchidan, investitsiyaning bevosita iqtisodiy va ijtimoiy samara olishga muqarrar bog’liqligi ta’kidlab o’tilgan.
    «Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so’zidan kelib chiqqan bo’lib «qo’yish», «mablag’ni safarbar etish», «kapital qo’yilmasi» ma’nosini beradi. Keng ma’noda investitsiya mablag’ni ko’paytirib va qaytarib olish maqsadida kapitalni

    1 Ўзбекистон Республикасининг «Чет эл инвестициялари тўғрисида»ги Қонуни, 30.04.1998 й.

    1


    safarbar etishni bildiradi. Ko’pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat ob’ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne’matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta’riflanadi. Investitsiya deyilganda barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob’ektlariga yo'naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir.
    Investitsiyalashda aylanma kapitalga ustuvorlik berilishini faqat kapitalning tarkibiy tuzilishi bilan tushuntirish yetarli emas. Gap shundaki, dastlabki kapital jamg’arish davrida pulni tez to’plash uchun uni kapital aylanishi tez sohalarga joylashtirilishi yuz beradi, chunki bunda yuqori foyda me’yori yuzaga keladi. Foyda me’yori yuqori joyda esa, uni kapitallashtirish imkoni katta bo’ladi. Bu omil ham xususiy sektorda pulni aylanma kapitaliga aylantirish uchun rag’bat yaratadi. Bozor talablariga binoan tejamli xo’jalik yurita bilmaslik tannarxning ortishiga olib keladi, bu narx 0’zgarmagan sharoitda ham zararga olib keladi. Bu albatta, investitsiyalarni o’z mablag’i hisobidan ta’min1
    ash imkonini cheklab ko’yadi.

    Download 0,68 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




    Download 0,68 Mb.