TAFAKKURNI DIAGNOSTIKA QILISH METODLARI




Download 60,76 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/4
Sana14.05.2024
Hajmi60,76 Kb.
#233788
1   2   3   4
Bog'liq
Ped 3 amaliy

TAFAKKURNI DIAGNOSTIKA QILISH METODLARI 
Tafakkur — inson aqliy faoliyatining yuksak shakli; obyektiv voqelikning ongda 
aks etish jarayoni. Tafakkur atrof muhitni, ijtimoiy hodisalarni, voqelikni bilish 
quroli, shuningdek, inson faoliyatini amalga oshirishning asosiy sharti sanaladi. U 
sezgi, idrok, tasavvurlarga qaraganda voqelikni toʻla va aniq aks ettiruvchi yuksak 
bilish jarayonidir. Tafakkur deb, voqelikdagi narsa va hodisalarni ular oʻrtasidagi 
bogʻlanishlarni fikran, umumlashtirib, vositali yoʻl bilan aks ettirishga aytiladi. 
Voqelik tafakkurda, idrok va tasavvurgina nisbatan chuqurroq va toʻlaroq aks 
etadi. Biz sezgi, idrok vositasi bilan bilib olishimiz mumkin boʻlmagan narsa yoki 
hodisalarni, narsa yoki hodisalarning xususiyatlarini, ularning bogʻlanish va 
munosabatlarini tafakkur vositasi bilan bilib olamiz 
Tafakkur — inson miyasining alohida funksiyasi.Nerv fiziologik asosi birinchi va 
ikkinchi signal sistemalarining oʻzaro munosabatidan iborat. Tafakkur jarayonida 
insonda fikr, mulohaza, gʻoya, kabilar vujudga keladi va ular shaxsning ongida 
tushunchalar, hukmlar, xulosalar shaklida ifodalanadi. Tafakkur til va nutq bilan 
chambarchas bogʻliq ravishda namoyon boʻladi. Fikrlash faoliyati nutq shaklida 
namoyon boʻladi. Nutq aloqasi jarayonida insonning hissiy mushohada doirasi 
kengayib qolmay, orttirilgan tajriba boshqa kishilarga ham beriladi. Inson oʻzining 
tafakkuri, nutqi hamda ongli xatti-harakati bilan boshqa mavjudotlardan ajralib 
turadi. U fikr yuritish faoliyatida oʻzida aks ettirgan, idrok qilgan, tasavvur etgan 
narsa va hodisalarning haqiqiyligini aniqlaydi, hosil qilingan hukmlar, 
tushunchalar, xulosalar chin yoki chin emasligini belgilab oladi. Inson tafakkuri 
orqali voqelikni umumlashtirib, bevosita (bilvosita) aks ettiradi, narsa va hodisalar 
oʻrtasidagi eng muhim bogʻlanishlar, munosabatlar, xususiyatlarni anglab yetadi. 
Binobarin, inson muayyan qonun, qonuniyat va qoidalarga asoslangan holda 
ijtimoiy voqea va hodisalarning vujudga kelishi, rivojlanishi hamda oqibatini 
oldindan koʻrish imkoniyatiga ega. 

Download 60,76 Kb.
1   2   3   4




Download 60,76 Kb.
Pdf ko'rish