|
Xovos tumani Axborot-kutubxona markazi
|
Sana | 02.07.2024 | Hajmi | 84,95 Kb. | | #266415 |
Bog'liq Xudoyberdiyeva Halima bibliografik sharx
Xovos tumani
Axborot-kutubxona markazi
Axborot-bibliografiya xizmati
O’zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva tavalludining 77-yilligi munosabati bilan “Sirdaryoning jonkuyar ayoli” mavzusida bibliografik sharx
Xovos 2024
Halima Xudoyberdiyeva hayoti va ijodi
Shoira Halima Xudoyberdiyeva 1947- yil 17- mayda Boyovutdagi “Taraqqiyot” jamoa xo’jaligida tug’ilgan. Toshkent Davlat universiteti hozirgi O’zMUning jurnalistika fakultetini tugatgan 1972-yil. Mehnat faoliyatini “Saodat” jurnalida bo’lim boshliqligidan boshlagan 1972-yil. Talabalik yillarida “Ilk muhabbat” 1968- sheʼriy to’plami chop etildi. Shoiraning “Oq olmalar” 1973-yil, “Chaman” 1974-yil to’plamlari izma-iz bosildi. Halima birdan o’ziga xos shoira sifatida tanildi. 1975-1977- yillarda Moskvadagi Adabiyot institutining Oliy Adabiyot kursida o’qidi. Shu yillarda shoiraning “Beliye yabloki” Sovetskiy pisatel, 1977-yil, “Suyanch tog’larim” 1976-yil, “Bobo quyosh” 1977-yil to’plamlari bosildi. H. Xudoyberdiyeva “Yosh gvardiya” nashriyotida bo’lim boshlig’i 1978-1982-yil, “Saodat” jurnalida muharrir o’rinbosari, 1984-1994 yillarda “Saodat”ning bosh muharriri, 1991-1994-yillarda O’zbekiston Respublikasi xotin-qizlar qo’mitasi raisi bo’ldi. Shoira sheʼrlarida oddiy dehqonlar, ona-yurt harorat bilan kuylandi. Mustaqillik yillarida Halima Xudoyberdiyeva xalq tarixi, mashhur ajdodlar haqida yozdi. “Muqaddas ayol” 1987-yil, “Bu kunlarga yetganlar bor” 1993-yil, “To’marisning aytgani” 1996-yil, “Saylanma” 2000-yil shoiraning muhim asarlaridir. H. Xudoyberdiyeva “O’zbekiston xalq shoiri” 1992-yil, Hamza nomidagi “Hurmat belgisi” ordeni sohibasi. Xudoyberdiyevaning ilk sheʼrlari o’quvchilik yillarida Yangiyer tuman gazetada bosilgan 1964-yil. Shundan keyin uning "Ilk muhabbat" 1968-yil, "Oq olmalar" 1973-yil, "Chaman" 1974-yil, "Suyanch tog’arim" 1976-yil, "Bobo quyosh" 1977-yil, "Issiqqor" 1979-yil, "Sadoqat" 1983-yil, "Muqaddas ayol" 1987-yil, "Bu kunlarga yetganlar bor", "Hurlik oʻti" 1993-yil, "To’marisning aytgani" 1996-yil "Yoʻldadirman" 2005-yil va boshqa sheʼriy kitoblari nashr etilgan. H.Xudoyberdiyeva o’zbek sheʼriyatiga samimiy insoniy tuyg’u va fazilatlar- sevgi va sadoqat, mexr va muruvvatni tarannum etuvchi shoira, o’zbek xotinqizlari orzu va armonlarining kuychisi sifatida kirib keldi. U dastlabki sheʼriy to’plamlaridan boshlab o’z ijodida ayol va ona obrazlarining sexrli qirralarini ochishga, ularning nafaqat jamiyatning to’laqonli va faol aʼzolari, balki shu jamiyatning kurki va bezagi ekanligini uqtirishga intildi. Uning tasviridagi ayol har qanday xalq va mamlakatning kelajagi — sog’lom va barkamol yoshlarni yetkazib beruvchi mo’jizaviy kuchdir. H.Xudoyberdiyeva ayni shu nuqtai nazardan o’zbek ayollarining o’y xayollarini, ichki kechinmalarini yorqin tasvirlaydi, zamondoshlarida ayollarga nisbatan xurmat va muhabbat tuyg’ularini o’stirishga intiladi. Xudoyberdiyevaning sheʼrlari ko’plab xorijiy tillarga tarjima qilingan. To’fon Minnullinning "Alla" pyesasi Xudoyberdiyevaning avtorlashtirilgan tarjimasida hozirgi O’zbek milliy akademik drama teatri sahnasida qo’yilgan. Taniqli shoira Halima Xudoyberdiyeva 2017-yilda vafot etgan. 1-chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputati. Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati 1990-yil.
|
| |