Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Korrektsion pedagogikaning predmeti va mohiyati




Download 29,91 Kb.
bet1/3
Sana14.02.2024
Hajmi29,91 Kb.
#156345
  1   2   3
Bog'liq
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati-fayllar.org


Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Korreksion pedagogika asoslari


Reja:
1.Korrektsion pedagogikaning predmeti va mohiyati
2.Korreksion pedagogika pedagogik fanlarning tarmog‘i sifatida.
3.Korreksion (maxsus) pedagogikaning asosiy vazifalari, tamoyillari va metodlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.


Korrektsion pedagogikaning predmeti va mohiyati.
Rivojlanishida turli nuqson (kamchilik)lar bo’lgan o’quvchilarni korrektsion o’qitish va tarbiyalash bilan korrektsion pedagogika (defektologiya) shug’ullanadi.
Ilmiy tushuncha sifatida “maxsus pedagogika” (korrektsion pedagogika) pedagogika fanida rasman e’tirof etilganiga u qadar ko’p vaqt bo’lmadi. Uzoq vaqt davomida pedagogikada “defektologiya” tushunchasi qo’llanib kelingan.
Maxsus pedagogika tarkibiga quyidagi sohalari kiradi:
Pedagogik lug’atda “korrektsiya” (yunoncha “correctiio” – “tuzatish”) tushunchasi pedagogik uslub va tadbirlardan iborat maxsus tizimi yordamida anomal bolalarning psixik va jismoniy rivojlanish kamchiliklarini tuzatish (qisman yoki to’liq) sifatida tushunilishi ta’kidlab o’tiladi.
Ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti tarixi anomal bolalarga bo’lgan insonparvarlik unosabatining uzoq vaqt davomida evolyutsion tarzda shakllanib kelganligini ko’rsatadi.
Qadimgi Spartada rivojlanishi va hulqida nuqsoni bo’lgan bolalar qatl qilingan. Qabilalarning boshliqlari bola tug’ilganda uni sinchiklab ko’rib, uning birorta nuqsonga ega yoki ega emasligini aniqlashardi. Nuqsonli bola Tayget jarligiga tashlab yuborilgan (er.av. IV-V asrlar).
O’rta asrlarda Yevropada bola rivojlanishidagi har qanday nuqson yovuz kuchlarning “namoyon bo’lishi” sifatida qabul qilingan, ruhiy kasalliklarga ega kishilar inkvizitsiya gulxanida yondirilgan.
Uyg’onish davridan XIX asrning o’rtalarigacha Yevropada defektologiya fani va amaliyoti aqliy rivojlanishida nuqsoni bo’lgan bolalarga ijobiy ijtimoiy munosabat shakllandi. Ularga nisbatan insonparvarlik yondashuvi ilk bor frantsuz shifokori, ruhiy kasalliklar turlarining asoschisi Filipp Pinel (1745-1826 yillar) tomonidan ilgari surilgan. Aqli zaif bolalarni maxsus usullar yordamida o’qitish va tarbiyalash g’oyasini Iogan Genrix Pestalotstsi (1746-1827 yillar) tomonidan asoslandi.
1918 yili Rossiyada birinchi maxsus ta’lim muassasasi (V.P.Kashenko uyi) tashkil etildi.
O’zbekiston Respublikasida korrektsion pedagogika (defektologiya)ning rivojlanish tarixi Rossiya defektologiya fani bilan uzviy bog’liq. Ayni vaqtda respublikada anomal bolalar uchun maxsus ta’lim muassasalari (ko’zi ojiz hamda kar bolalar uchun maktab-internatlar, aqli zaiflar uchun yordamchi maktab-internatlar) faoliyat olib bormoqda. 1967 yili Nizomiy nomidagi TDPU Pedagogika va psixologiya fakulьtetida defektologiya bo’limi ochilib, pedagog-defektologlarni tayyorlash yo’lga qo’yildi.
Maxsus pedagogikaning asosiy vazifa va kategoriyalari. Turli toifali anomal (yunoncha “anomalos” – “noto’g’ri”, jismoniy yoki ruhiy nuqsonlarga ega) bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash maxsus pedagogikaning umumiy maqsadi bo’lib, unga erishish yo’lida muayyan vazifalar hal qilinadi. Ular quyidagilardir:

Maxsus pedagogika quyidagi pedagogik kategoriyalarga ega:


1. Anomal bolalarni o’qitish va rivojlantirish ularni ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishga yo’naltirilgan maqsadli jarayondir. Anomal bolalar uchun ta’lim tizimi va metodlarini tanlashda bolaning yoshi va nuqsonning kelib chiqishi vaqti hisobga olinadi. Eshitish yoki ko’rish qobiliyatini yo’qotish vaqti alohida ahamiyatga ega. Maxsus maktablarda mehnat ta’limi va tarbiyasini tashkil etish alohida ahamiyatga ega. Bu jarayonda o’quvchilarni ijtimoiy hayotga, imkoniyat darajasida kasbiy faoliyatga tayyorlash buzilgan funktsiyalarini tiklash, aqliy va jismoniy rivojlanish nuqsonlarini pasaytirishga yordam beradi.
2. Anomal bolalarni tarbiyalash rivojlanishdagi nuqson darajasi va tuzilishiga mos keladigan metod, vositalarni tanlash asosida anomal bolalarni faol ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlash, ularda fuqarolik sifatlarini shakllantirishdan iborat. Anomal bolalarni tarbiyalash oila va ta’lim muassasasi o’rtasidagi hamkorlik, o’zaro qo’llab-quvvatlash, o’zaro yordam ko’rsatish, talabchanlik va mehribonlik asosida amalga oshiriladi. Anomal bolada optimizm va ishonchni tarbiyalash, qobiliyatini shakllantirish yoki uning o’rnini bosuvchi imkoniyatni rivojlantirish, ijobiy sifatlarini tarbiyalash hamda harakatlari va xulqini tanqidiy baholash qobiliyatini rivojlantirish juda muhim.
3. Korrektsiyalash (tuzatish) bolaning psixik va jismoniy rivojlanishidagi nuqsonlarni tuzatish, yo’qotish va pasaytirishdan iborat.
4. Korrektsion-tarbiyaviy ishlar shaxsning anomal rivojlanishi xususiyatlariga ko’ra umumiy pedagogik ta’sir ko’rsatish chora-tadbirlari tizimi bo’lib, ular anomal bolalarni o’qitish jarayonida amalga oshiriladi va mehnat tarbiyasini samarali tashkil etish uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Tizim doirasida anomal bolalar uchun davolash-korrektsion tadbirlar (davolovchi jismoniy mashqlari, artikulyar va nafas olish gimnastikasi, dori-darmonlar qabul qilish va b.sh.) ham tashkil etiladi.
5. Kompensatsiya (yunoncha “compensatio” – “o’rnini to’ldirish”) organizmning buzilgan yoki rivojlanmagan funktsiyalarining o’rnini to’ldirish, qayta qurishdir. Bu jarayoni oliy asab tizimning zahira imkoniyatlariga tayanadi.
6. Ijtimoiy reabilitatsiya (yunoncha “rehabilitas” – “qobiliyatini tiklash”) anomal bolaning psixofiziologik imkoniyatlariga ko’ra ijtimoiy muhitda ishtirok etishi uchun sharoit yaratish, uni ijtimoiy hayoti va mehnatiga jalb etishni anglatadi. Reabilitatsiya nuqsonlarini yo’qotish va kamaytirishga yordam beradigan maxsus tibbiy vositalar, maxsus ta’lim, tarbiya va kasbiy tayyorlash yordamida amalga oshiriladi. Reabilitatsiya vazifalari anomal bolalarning turli toifalari uchun maxsus o’quv muassasalarida hal etiladi. Ularda o’quv jarayoni bolalarning anomal rivojlanishi xususiyatlariga tayangan holda tashkil etiladi.
7. Ijtimoiy adaptatsiya (yunoncha “adapto” – “moslashish”) anomal bolalarning individual, guruhli xulqlarini ijtimoiy qoidalar, qadriyatlarga mos kelishini ta’minlash. Anomal bolalar uchun ijtimoiy munosabatlarga kirishish qiyin, ular ijtimoiy o’zgarishlarga qiyin moslashadilar, murakkab talablarni bajara olmaydilar. Ijtimoiy adaptatsiya anomal bolalarga ijtimoiy foydali mehnatda ishtirok etish uchun imkoniyat yaratadi.
8. Oila tarbiyasi ijtimoiy reabilitatsiyani samarali tashkil etishda muhim ahamiyatga ega.



Download 29,91 Kb.
  1   2   3




Download 29,91 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Korrektsion pedagogikaning predmeti va mohiyati

Download 29,91 Kb.