• Baxtsiz hodisalarning sabablari
  • Yashash (faoliyat) muhiti
  • Asosiy tushuncha va ta’riflar




    Download 19,34 Kb.
    bet3/6
    Sana24.01.2024
    Hajmi19,34 Kb.
    #144405
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Hayot faoliyati xavfsizligi” fanining asosiy mazmuni, maqsadi va
    eYndsp0PFXCqsGXs4XsLVz39AgUmqXXjVRDsfjeo, Mavzu Zilzila va unda harakatlanish qoidalari Reja Zilzila kel-azkurs.org, Guruh talabasi Ataxonov O’tkir Ishlab chiqarish binolari va ish , 78452-TITUL REFERAT, 5-TAJRIBA ISHI, 9.11.27, Klassik va kvant Xoll effekti, Mavzu O’ta o’tkazuvchanlik va uning kvantmexanik talqini, Mavzu Termoyadro sintez reyaaksiyalarini boshqarish muammosi Re, Mavzu Nanoelektronika materiallari kvant “Nuqtalar”,”Iplar” va , Mustaqil ishi 2023-yil mustaqil ish mavzulari yupqa qatlamlarnin

    Asosiy tushuncha va ta’riflar


    Faoliyat – ma’lum darajada xo‘jalik samarasiga erishish maqsadida inson bilan tabiat hamda antropogen muhitning maqsadga yo‘naltirilgan o‘zaro ta’sir jarayonidir.
    Xavf – tirik yoki o‘lik materiyaning insoniyat sog‘ligiga, tabiatga va material boyliklarga zarar etkazuvchi, baxtsiz va ko‘ngilsiz hodisalarga olib keluvchi salbiy xususiyatlaridir1.
    Xavf energiyaga ega bo’lgan kimyoviy yoki biologik aktiv komponentlarni o’zida mujassamlashtirgan xamma tizimlarni, hamda inson hayot faoliyati sharoitiga javob bermaydigan tavsiflarni o’zida saqlaydi.2
    Xavfsizlik – ob’ektga ta’sir etuvchi turli xil moddalar, materiallar, energiya va ma’lumotlar oqimini maksimal ruxsat etilgan miqdordan oshmaydigan holatidir. Har qanday xavf aniq bir ob’ektga ta’sir etgandagina real xavf hisoblanadi.
    Turli xil xavflar oqimidan himoyalanadigan ob’ekt deganda, atrof –muhitning har qanday komponentini tushunish mumkin, ya’ni: inson, jamiyat, davlat, tashkilot (korxona, muassasa), tabiat, dunyo, kosmos va b.
    Baxtsiz hodisalarning sabablari deb faoliyat davrida ma’lum shart-sharoitlar asosida yuzaga keladigan potensial xavflarga aytiladi yoki baxtsiz hodisalarning sabablari amaldagi xavfsizlik qonun-qoidalari, me’yorlar, standartlar, nizomlar va boshqa shu kabi xavfsizlikni ta’minlovchi talablarni buzilishidir.
    Baxtsiz hodisalarning sabablari quyidagi turlarga bo‘linadi: texnikaviy; tashkiliy; sanitar- gigienik; psixofiziologik.
    Yashash (faoliyat) muhiti inson hayoti, faoliyati, sog‘ligi va nasliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita, birdan yoki uzoq vaqt davomida ta’sir etuvchi xavfli omillar majmui bilan xarakterlanuvchi muhit tushuniladi.
    Xavfli omillar – fizikaviy, kimyoviy, biologik, psixofiziologik va ijtimoiy xarakterda bo‘lishi mumkin.
    Yashash muhiti biosfera, texnosfera, hudud, ishlab chiqarish muhiti, maishiy muhit va boshqa ko‘rinishlarda bo‘ladi.
    Biosfera – er yuzining litosfera (erning ustki qatlami), gidrosfera (suv bilan qoplangan qismi), troposfera (atmosferaning pastki qatlami) dan iborat inson yashayotgan qismidir. Insonning o‘zgartiruvchan hayotiy faoliyati ta’sirida biosfera qismlarga ajraladi va texnosfera, hudud, ishlab chiqarish muhiti, maishiy muhit va boshqa ko‘rinishdagi ob’ektlar yuzaga keladi3.
    Texnosfera – inson tomonidan biosferani o‘zining material va ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlariga mos keltirish maqsadida turli xil texnik vositalar yordamida o‘zgartirilgan qismi (shahar hududi, ishlab chiqarish hududi va b.)

    Download 19,34 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 19,34 Kb.