|
Hudud – biosfera yoki texnosferaning umumiy tabiiy va ishlab chiqarish tavsifiga ega bo‘lgan chegarasi.
Tabiiy muhit
|
bet | 4/6 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 19,34 Kb. | | #144405 |
Bog'liq Hayot faoliyati xavfsizligi” fanining asosiy mazmuni, maqsadi vaHudud – biosfera yoki texnosferaning umumiy tabiiy va ishlab chiqarish tavsifiga ega bo‘lgan chegarasi.
Tabiiy muhit – ma’lum bir sub’ektning hayotiy faoliyati kechadigan tabiiy sharoitlar va ob’ektlar majmui.
Ijtimoiy muhit – inson o‘z ehtiyojlarini qondirish, tajriba va bilimlar ortdirish, ularni o‘zaro almashish maqsadida tashkil etadigan va foydalanadigan muhit.
Ishlab chiqarish muhiti – insonning mehnat faoliyati amalga oshadigan maydon.
Insonning hayotiy faoliyat muhiti qulay (“komfort”), ruxsat etilgan, xavfli va favqulodda xavfli holatlarda bo‘lishi mumkin.
Qulay muhit – insonning hayoti va sog‘ligi kafolatlangan, ish qobiliyati to‘liq ta’minlangan, salbiy ta’sir etuchi omillar bartaraf etilgan hayotiy faoliyat sharoitidir.
Ruxsat etilgan muhit – insonning ish qobiliyatini to‘liq namoyish etishi cheklangan,
1 Introduction to Health and Safety at Work. Phil Hughes, Ed Ferrett. The Boulevard, Langford Lane, Kidlington, Oxford OX5 1GB, UK. ISBN: 978-0-08-097070-7. 2011/ p 2-8.
2 Fundamentals of General Ecology, Life Safety and Environment Protection. Mark D Goldfein, Alexei V Ivanov, Nikolaj Kozhevnikov, V Kozhevnikov. NovaSciencePublishers, Inc. (April 25, 2013).
3 Fundamentals of General Ecology, Life Safety and Environment Protection. Mark D Goldfein, Alexei V Ivanov, Nikolaj Kozhevnikov, V Kozhevnikov. NovaSciencePublishers, Inc. (April 25, 2013).
mehnat samaradorligini pasayishiga olib keluvchi, lekin faoliyat davrida ta’sir etuvchi xavfli va zararli omillarning ruxsat etilgan miqdori ta’minlangan muhit.
Xavfli muhit – ishlab chiqarish omillari inson sog‘ligiga salbiy ta’sir etib, uzoq ta’sir etuvchi kasalliklarni yoki tabiiy muhitning salbiy o‘zgarishiga olib keluvchi muhit.
|
| |