OBYEKT VA MAVJUD BOSHQARUV TIZIMINING XARAKTERISTIKASI




Download 39,5 Kb.
bet2/4
Sana14.05.2024
Hajmi39,5 Kb.
#233814
1   2   3   4
Bog'liq
1712034291 (1)
3-topshiriq (2), 1670769151 (1), pul va bank mt, Litva Respublikasi, 13-назорат ҳудуди, dedaktik o\'yinlar kartotikasi, Andijon Barkamol Avlod ishtiroqchilari 2024, Geografiya. 7-sinf (2017, P.G\'ulomov, P.Baratov), Jismoniy tarbiya. 7-8-sinf (2017, T.Usmonxo\'jayev, S.Arzumanov), kollek 3 amaliy, Sultonova Vazira, Tia kumbl leksiya, Iqtisod kurs ishi 1, kolleksiyalarni yaratish, 1711456044 (2)
1.OBYEKT VA MAVJUD BOSHQARUV TIZIMINING XARAKTERISTIKASI

59-umumiy o‘rta ta’lim maktabining tashkiliy tuzilmasi quyidagilardan iborat.





Maktab qurigan yil

1970-yil

Maktab manzili

Asaka tuman Umid ko‘chasi 164-uy

Maktab sig‘imi

960 o‘rinli

Navbati

1-2 smenalik

Ta’lim tili

O‘zbek, rus

Xonalar soni

37ta

Jami sinflar soni

76ta

1-4 sinf o‘quvchilar soni

1461

Ulardan qizlar

452

5-9 sinf o‘quvchilar soni

1332

Ulardan qizlar

497

1-navbatdagi o‘quvchilar soni

1457

Ulardan qizlar

502

2-navbatdagi o‘quvchilar soni

1336

Ulardan qizlar

447

9-sinf bitiruvchilar soni

270

Ulardan qizlar

107

O‘qituvchilar soni

121ta

Ulardan oliy ma’lumotli

106ta

O‘rta maxsus

15ta

Oliy toifali

7ta

1-toifali

29ta

2-toifali

23ta

Mutahasislar.

42ta

O‘rindoshlar

11ta

Texnik hodimlar

32ta

Maktab direktori

D.Jo‘raboyeva

MAKTABNING MAQSADI VA VAZIFALARI


Maktabning asosiy maqsadi o’quvchilarni Davlat ta'lim standartlariga muvofiq o’qitish va tarbiyalash, shaxsning ta'lim olishga doir konstitutsiyaviy huquqini ro’yobga chiqarishdan iborat.
Ta'limning boshqaruv organlari tomonidan tasdiqlangan o’quv rejasi va dasturlari asosida fan asoslaridan bilimlarning zarur hajmini beradi, ulardagi tashkilotchilik qobiliyatlari va amaliy tajriba ko’nikmalarini rivojlantiradi hamda ularga ta'limning keyingi bosqichini ongli ravishda mustaqil tanlashga ko’maklashadi.
Maktab ta'lim-tarbiya ishlarini har bir shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ko’zlagan holda amalga oshiradi, o’quvchilarning har tomonlama kamol topishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratib beradi, shu jumladan, ularning o’z ustida mustaqil ishlashlari hamda qo’shimcha bilim olishlari uchun imkoniyatlar yaratadi.
Bolalar huquqlarini ta'minlash, ularning qadr-qimmatini e'zozlash, bolalarga do’stona munosabatga bo’lish muhitini shakllantirish maktabning asosiy vazifalaridan biridir.
Maktabning asosiy vazifalari: - o’quvchining qaysi millatga, dinga, irqqa mansubligidan, ijtimoiy kelib chiqishidan qat'iy nazar, umumiy o’rta ta'lim olishi uchun imkoniyatlar yaratib beradi; - ta'limning uzluksizligini, izchilligini, insonparvarligi va demokratikligini, ilmiyligi va dunyoviyligini ta'minlaydi; - iste'dodli, qobiliyatli, bilimdon yoshlarni qo'llab-quvvatlaydi, rag'batlantiradi; - o’quvchilarga puxta bilim va ko’nikmalar berishda yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o’quv jarayonini tashkil etadi; - o’quvchilarga milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uzviy birlashtirish asosida milliy g’oya ruhida yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarni kamol toptiradi, uni haqiqiy inson, Vatanga sadoqatli fuqaro sifatida shakllantiradi; - o’quvchilarda mustaqil O’zbekiston Respublikasiga va uning Konstitutsiyasiga sodiqlikni shakllantiradi, Davlat ramzlariga (bayrog’i, madhiyasi va gerbi) hurmatni, qat'iy intizom va fan asoslarini puxta egallashga sidqidildan yondashishni tarbiyalaydi.
Maktabda sifatli umumiy o’rta ta'lim berish asosida quyidagi pirovard natijalarga erishiladi; - bilimli, barkamol, madaniyatli shaxslarni shakllantirish, ularni oila, jamiyat, davlat oldidagi mas'uliyatini to’la anglaydigan va egallagan bilimlarni hayotga tadbih eta biladigan shaxs sifatidan kamol toptirish; - axloqan pok, jismonan baquvvat, Vatanga sadoqatli, izlanuvchan fidoyi inson, o’zining mustaqil fikriga ega, tashabbuskor sog’lom avlodni yetkazib berish; - maktabda ta'lim-tarbiya oluvchilarni o’rta -maxsus o’quv muassasalarida o’qishlarini davom ettirishlari uchun tayyorlab borishdan iboratdir.
MAKTAB PEDAGOGIK HODIMLARI
Maktab ishiga tegishli ma'lumotga, kasb tayyorgarligiga ega bo’lgan kadrlar, maktab ehtiyojiga ko’ra, direktorning buyrug’i asosida shartnomaga binoan qabul qilinadi;
Pedagog xodimlarning huquqlari va vazifalari, ularni ijtimoiy himoya qilish O’zbekiston Respublikasining "Ta'lim to’g’risida"gi Qonuni va "Mehnat kodeksi" bilan belgilanadi.
Maktab pedagogik xodimlari:
- pedagog-o’qituvchi o’zi dars beradigan fanini yaxshi bilishi;
- maktabda, jamoat orasida o’z bilimi, yurish-turishi, odob-axloqi, yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlari, ichki va tashqi madaniyatliligi, namunaviy turmush tarzi, kiyinish odobi bilan boshqalarga o’rnak bo’lishlari;
- ijtimoiy hayot uchun maqbul bo’lmagan xatti-harakatlar qilishdan saqlanishlari, o’quvchilarining ham xatti-harakatlaridan xabardor bo’lishlari;
- maktab obro’si, ta'lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish yilida faollik ko’rsatishlari;
- kasb mahoratining yuksak darajada bo’lishi, ta'lim oluvchilarning o’quv dasturlarini davlat ta'lim standartlari darajasida o’zlashtirishlarini ta'minlashlari;
- o’quvchilar shaxsini hurmat qilishlari, ularni mavjud qonunlarga, mehnatga, ota-onalarga, ma'naviy, tarixiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashlari;
- o’sib-ulg’ayib kelayotgan yosh avlodni bir-birini tushunish, xalqlar, millatlar va el-elatlar o’rtasidagi tinchlik, ahillik va inoqlik ruhida tarbiyalashlari va ularni zo’ravonlikning barcha ko’rinishlaridan himoya qilishlari;
- o’zlarining kasbiy mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari talab etiladi.
Pedagog o’qituvchilar maktab Ustavi ichki tartib- qoidalarida belgilangan kiyinish madaniyati talablariga amal qilishlari lozim.
Maktab ta'lim-tarbiya ishlarida yuqori natijalarga erishgan o’qituvchilar amaldagi qonun va qoidalarga binoan moddiy va ma'naviy jihatdan rag’batlantirib bo’riladi.
Maktabda har bir fan yo’nalishida metod birlashmalar tuzilib, ular reja asosida faoliyat ko’rsatadi va ta'lim-tarbiyaning sifati va samardorligini oshirishga xizmat qiladi.
O’qituvchilar:
- mashg’ulot o’tkazishga tayyorgarlik ko’radi, o’z kasbiy malakasini muntazam ravishda oshiradi, maktabda tashkil qilingan uslubiy birlashmalarning faoliyatida va boshqa shakldagi uslubiy ishlarda ishtirok etadi;
- maktab pedagogik kengash ichida va maktab ma'muriyati tomonidan o’tkazilayotgan majlislarda ishtirok etadi;
- maktab direktori va boshlang’ich kasaba uyushmasi tomonidan tasdiqlangan navbatchilik jadvaliga binoan maktab bo’yicha navbatchilik qiladi;
- o’quvchilarning ota-onalari (ularni o’rnini bosuvchi shaxslar) bilan doimiy aloqada bo’ladi.
Maktab o’qituvchilari har uch yilda yoki malaka oshirishga ehtiyoj tug’ilganda malaka oshirish institutlarida o’z kasbiy mahoratlarini va malakalarini takomillashtiradilar, yosh mutaxassislar uchun o’quv yurtini bitirganlaridan keyin uch yildan so’ng malaka oshirishdan o’tadilar.
Pedagog xodimlarning malaka toifalari malaka komissiyasi tomonidan tuzilgan va attestatsiya to’g’risidagi tegishli Nizomga binoan o’tkazilgan attestatsiya natijalariga ko’ra belgilanadi.
Maktab pedagog xodimlari:
1). Maktab pedagogika kengashida, maktabning boshqa ichki birlashmalarida;
2). Ishchilar jamoasining umumiy yig’ilishlarida qatnashish yo’li bilan maktabni boshqarishda ishtirok etadilar.
Maktab pedagog xodimlarini o’z vakolatlari doirasida quyidagi vazifalarni amalga oshiradilar:
1) O’quvchilarga o’qitilayotgan fanning o’ziga xos xususiyatlarini va o’quvchilarni yoshini hisobga olgan holda ta'lim va tarbiya berish;
2) ularda umummilliy madaniyatni shakllantirishga, o’quvchilar ixtisoslashtirilgan yo’nalishlarni ongli ravishda tanlashiga va o’zlashtirishiga ko’maklashish;
3) O’quv jarayonida xavfsizlik texnikasi me'yorlari va qoidalariga rioya qilinishi tartibini ta'minlash.
Barcha fan o’qituvchilari Xalq ta'limi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklarining 2005 -yil 26- dekabrdagi 315-sonli va 4984-sonli qo’shma buyrug’lari asosida belgilangan pedagogik ish yuklamalaridan kelib chiqib, o’z faoliyatlarini olib borishlari talab etiladi.
Barcha pedagog xodimlar ped. kengash qarori asosida belgilangan sinflarda o’ziga berilgan darslarni dars jadvali asosida o’tishi lozim, dars jadvalini o’zboshimchalik bilan tuzatishi, ish jarayonida rahbarni ogohlantirmasdan chiqib ketishi taqiqlanadi.
MAKTABNING TA'LIM - TARBIYA JARAYONI
Maktab ta'lim-tarbiya jarayonining mazmuni va uni tashkil etish.
Maktabdagi ta'lim jarayoni umumta'lim dasturining ikkinchi bosqichiga muvofiq amalga oshiriladi:
a) boshlang’ich ta'lim- I- IV sinflar;
b) umumiy o’rta ta'lim- I- IX sinflar.
Boshlang’ich ta'lim:
- o’quvchilarining o’qish, yozish, hisoblashga oid dastlabki bilim va ko’nikmalarini, nazariy fikrlash elementlarini, nutq va xulq madaniy asoslarini shakllantiradi, shaxsiy gigiyena va sog’lom turmush tarzini ta'minlashga asos yaratadi.
Birinchi sinfga 7 yoshli o’g’il - qizlar to’la va 6 yoshli bolalardan esa ruhan va jismonan tayyor, tibbiy pedagogik komissiya va maktab ruhshunoslik xizmat ko’rigidan o’tgan bolalar xalq ta'limi bo’limidagi tashxis komissiyasining xulosasiga binoan qabul qilinadi. Bolalarni qabul qilish o’quv yili boshlangunga qadar amalga oshiriladi va buyruq bilan rasmiylashtiriladi. 3.4. Maktab ta'limi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan o’quv rejasi va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Maktabdagi ta'lim tili O’zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida"gi, "Ta'lim To’g’risida"gi qonunlariga muvofiq belgilanadi. Ta'lim tilini tanlashda mazkur maktab hududida istiqomat qiladigan ota-onalarning xohish-istaklari inobatga olinadi.
Davlat ta'lim standartlari talablari doirasida o’quv dasturini o’zlashtira olmagan o’quvchilarga yordam ko’rsatish uchun boshlang’ich va 5- 9- sinflarda, pedagogik qo’llab- quvvatlashning turli shakllari (korreksiya sinflari, tenglashtiruvchi sinflar va hakozo), ruhiy va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni o’qitish va tarbiyalash uchun maxsus sinflar hamda uyda ta'lim berish tashkil qilinishi mumkin.
Maktab o’quvchilariga tibbiy xizmat ko’rsatish, maxsus biriktirilgan tibbiy xodim tomonidan amalga oshiriladi va tibbiy xodim ma'muriyat bilan teng ravishda bola sog’ligi uchun mas'uldir
Maktabda o’quvchilarini sinfdan-sinfga ko’chirish, yakuniy attestatsiyalarni o’tkazish xalq ta'limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlar (Nizom, Yuriqnoma)ga asosan amalga oshiriladi.
O’quvchilarni tibbiy komissiya xulosasiga asosan sinfdan-sinfga ko’chirish yoki yakuniy attestatsiyadan ozod qilish masalasi Xalq ta'limi vazirligi va Sog’liqni saqlash vazirligi qushma buyrug’iga asosan hal etiladi.
O’quvchilarga maktabni tamomlaganligi haqidagi hujjatlarning berilish tartibi, yakuniy attestatsiyaning belgilangan tartibidan istisnolar Xalq ta'limi vazirligi tomonidan belgilanadi.
Maktabning yakuniy attestatsiyalaridan muvaffaqiyatli o’tgan o’quvchilariga davlat namunasidagi shahodatnoma, ta'limda alohida muvaffaqiyatlarga erishganlarga imtiyozli shahodatnoma topshiriladi.
Maktab o’z hududida (mikrohudud) yashovchi maktab yoshidagi I- IX sinflarda o’qishi lozim bo’lgan barcha bolalarni majburiy ta'lim olishga to’liq jalb etishni amalga oshiradi.
Maktablardagi darsning, o’quv choragi va o’quv yilining davom etish muddati, kunlar va haftalar buyicha darslar jadvali, sinflarning to’ldirilishi va o’quvchilarga beriladigan o’quv yuklamalari umumiy o’rta ta'lim davlat standartlariga muvofiq belgilanadi.
Maktabda o’quv yili 1- sentabrdan boshlanadi va 31-avgustda tugaydi. o’quv yilidagi o’quv mashg’ulotlari 2 sentabrdan boshlanadi va 25 mayda tugaydi.O’quv yilidagi o’quv mashg’ulotlari 4 chorakka ( 2 yarim yillikka) bo’linadi, ularning boshlanishi va oxiri o’quv rejasi bilan belgilanadi. O’quv yilidagi o’quv mashg’ulotlari amaliy mashg’ulotlarni hisobga olmaganda 34 hafta, 1 -sinflarda esa 33 hafta davom etadi, ularga maktab pedagogika kengashi qarori bilan fevral oyining ikkinchi o’n kunligida 1 hafta ta'til beriladi. O’quv yili davomida kuzgi, qishki, bahorgi ta'tillar kamida 30 kalendar qilib belgilanadi va xalq ta'limi vazirligining buyrug’i (tayanch o’quv rejasini tasdiqlash vaqtida) bilan tasdiqlanadi. Yozgi ta'til o’quv yili mashg’ulotlari (imtixonlari) tugagan kundan boshlab 31- avgustgacha davom etadi.
Maktabda o’quv ishlari va mashg’ulotlari bayram kunlari o’tkazilmaydi. 1- yanvar- Yangi yil, 8- mart- Xotin- qizlar bayrami, 21- mart- Navro’z bayrami, 9- may- Xotira va qadrlash kuni, 1- sentabr- Mustaqillik kuni, 1- oktabr- o’qituvchilar va murabbiylar kuni, 8- dekabr- Konstitutsiya kuni, Ramazon va Qurbon hayiti bayramlarining 1- kuni.
Maktabda kundalik o’quv mashg’ulotlari soni va tartibi maktab direktori
tomonidan tasdiqlangan dars jadvali bilan belgilanadi. Darslar orasida tanaffuslarning davom etishi o’quvchilarning faol dam olishlari va issiq ovqat tanavvul qilishlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
1- sinf o’quvchilariga uy vazifasi berish majburiy emas. 2-9-sinf o’quvchilariga pedagogik talablar va har bir bolaning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda uy vazifalari beriladi
Maktab o’quvchilarining bilimlari xalq ta'limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan baholash tizimi asosida amalga oshiriladi.
Maktab uchun iqtidorli bolalarni izlash, tanlab olish, ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etish, iqtidorli o’quvchilardan tashkil qilingan ixtisoslashtirilgan sinf o’quvchilari maxsus, shu jumladan, mualliflik (variativ) o’quv dasturlari va yakka tartibdagi dasturlar asosida ta'lim olishlari mumkin.
Maktabdagi sinfdan tashqari mashg’ulotlar va to’garak ishlari o’quvchilar va ota-onalarning xohish istaklari, o’quvchilarning qiziqishi va qobiliyatini hisobga olgan holda o’tkaziladi.

Download 39,5 Kb.
1   2   3   4




Download 39,5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



OBYEKT VA MAVJUD BOSHQARUV TIZIMINING XARAKTERISTIKASI

Download 39,5 Kb.