|
Yadroviy reaksiyalar (zanjir reaksiya)
|
bet | 2/8 | Sana | 29.05.2024 | Hajmi | 243 Kb. | | #256834 |
Bog'liq ELEKTRO YADRO REAKSIYALARIMavzuning predmeti. KURS ISHI ni bajarishda “Elementar zarralar fizikasi” bo’limining o’qitilishi, mazmuni, zamonaviy ahamiyati va ped.texnologiyalardan unumli foydalanishdan iborat.
Tadqiqot metodi. Tadqiqot ishining bajarilishida muammoga oid ilmiy, ilmiy – uslubiy ishlar va adabiyotlarni taxlili, hamda tadqiqot natijalarini umumlashtirish va matematik – statistik ishlov berish metodlaridan foydalanildi.
Ishning ilmiy va amaliy ahamiyati. Oily ta’lim bakalavriat bosqichida fizika kursining “Atom yadrosi va elementar zarralar fizikasi” o’qitish jarayoni zamonaviy uslubda mashg’ulot o’tish ko’rsatiladi.
1. Elektro yadroviy reaksiyalar va ularning asosiy tushunchalari.
Yadro energetikasi — energetikaning atom energiyasi (yadro energiyasi) dan elektr va issiqlik energiyasi olish maqsadida foydalanish boʻlimi hamda fan va texnikaning yadro energiyasini elektr va issiklik energiyasiga aylantirish usullari va vositalarini nazariy jihatdan ishlab chiqish hamda ularni amalda tatbiq qilish masalalari bilan shugʻullanuvchi sohasi. Yadro energetikasining texnik asosini atom elektr stansiyasi (AES) tashkil qiladi. Energiya manbai esa atom reaktori (yadro reaktori) hisoblanadi. Parchalanish yadro reaksiyalari (qarang Yadro reaksiyasi) da uran va plutoniy yadrolarining boʻlinishi natijasida issiqlik energiyasi ajraladi, keyin bu energiya xuddi oddiy issiqlik elektr st-yalaridagidek elektr energiyasiga aylantiriladi. Organik yoqilgʻi (koʻmir, gaz, neft, torf) zahiralari kamayib qolgan taqdirda insoniyatni energiya bilan taʼminlashda yadro yoqilgʻisidan foydalanish hozircha eng ishonchli yoʻl hisoblanadi. Shuning uchun koʻpchilik rivojlangan mamlakatlarda (AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, Kanada, Yaponiya, Germaniya, Shvetsiya, Rossiya, Hindiston, Pokiston va boshqalar)da issikdik va gidroenergetika manbalaridan boshqa energiya manbalaridan, shu jumladan, birinchi navbatda, yadro energiyasidan foydalanishning yuqori samarali usullarini oʻzlashtirishga doir ishlar jadal ravishda olib borilmoqda. Oʻzbekistonda Yadro energetikasiga doir ilmiy tekshirish ishlari Oʻzbekiston FA Yadro fizikasi institutish olib boriladi.
YA.e.ga doir eng tashvishli muammo — bu AES larni ishlatish jarayonida xavfsizlikni taʼminlash hamda ajraladigan suyuq va qattiq radioaktiv chiqindilarni zararsizlantirish muammosi. AES larda bunday chiqindilardan tashqari radioaktiv izotoplarning uchuvchi birikmalari ajraladi, radioaktiv aerozollar ham hosil boʻlishi mumkin. Radioaktiv gazlar va aerozollarning maʼlum qismi yaxshilab maxsus ishlov berilganidan soʻng atmosferaga chiqarib yuboriladi, suyuq va qattiq radioaktiv chiqindilar esa maxsus omborlar ("qabristonlar")ga toʻplanadi. Biroq, Yadro energetikasi ni taraqqiy ettirishning eng asosiy muammosi koʻp miqdordagi zararli chiqindilarni koʻmib tashlashning tejamli va ishonchli usullarini ishlab chiqishdan iborat. Bu borada koʻpchilik rivojlangan mamlakatlarda 20-asrning 70-yillaridan beri ilmiy tekshirish va tajribasanoat ishlari olib borildi hamda baʼzi usullari ishlab chiqildi va amadda joriy qilindi (mas, chiqindilarni yerga chuqur koʻmib, qalin beton toʻsiq — sarkofag bilan oʻrash, konteynerlarda okean tubiga tashlash va b). Lekin hozircha eng ishonchli, xavfsiz va tejamli usullari ishlab chiqilganicha yoʻq.
|
| |