III. Ko’rik-tanlovni “online” tarzda tashkil etish
3.1. “Yangi asr iste’dodlari-2021” Respublika ko’rik-tanlovi (keyingi o’rinlarda ko’rik-tanlov deb yuritiladi) asosiy tashkilotchisi O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hisoblanadi.
3.2. Ko’rik-tanlov O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi rahbarligida amalga oshiriladi.
3.3. Oliy ta’lim muassasalaridan ko’rik-tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan talabalar Qurilish vazirligining www.mc.uz rasmiy saytida berilgan axborot xatidan foydalanadi va unda belgilangan tartibga amal qiladi.
3.4. Ko’rik-tanlov jarayoni va natijalari to’g’risidagi ma’lumotlar Qurilish vazirligining www.mc.uz rasmiy veb saytida yoritib boriladi.
|