“Yangi asr iste’dodlari-2021”
Respublika ko’rik-tanlovini “online” tarzida o’tkazish to’g’risida
NIZOM
Umumiy qoidalar
1.1. Mazkur nizom “Yangi asr iste’dodlari-2021” Respublika ko’rik-tanlovining “online” tarzida o’tkazish tartibini belgilaydi.
1.2. Ko’rik tanlov qurilish sohasidagi loyiha va ishlanmalarni hamda innovasion qurilish texnologiyalarini amaliyotda qo’llashga qaratilgan ustuvor vazifalarni izchil amalga oshirishga qaratilgan.
1.3. Ko’rik-tanlovni yuqori saviyada o’tkazish uchun O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi mas’ul, Innovasion rivojlanish vazirligi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, “O’zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi, O’zbekiston Badiiy akademiyasi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi va boshqalar hamkor vazirlik va idoralar etib belgilandi.
|