XI. Ko’rik-tanlov g’oliblarini taqdirlash
11.1. Ko’rik-tanlovning yakuniy bosqichida taqdim etilgan barcha loyiha, ishlanma va ijodiy ishlar nominasiyalar bo’yicha ko’rik-tanlov hay’ati a’zolari tomonidan g’oliblar aniqlanadi.
11.2. Taqdirlash ishlari vazirlik binosida tashkil etiladi. Taqdirlash marosimida tashkiliy guruh a’zolari, hamkor vazirlik va idoralarning xodimlari hamda homiy korxona va tashkilotlarning vakillari ishtirok etadilar.
11.3. Ko’rik-tanlov g’oliblarning ishlarini baholash natijasiga ko’ra, birinchi o’rin I darajali, ikkinchi o’rin II darajali va uchinchi o’rin III darajali Qurilish vazirligining diplomi hamda qimmatbaho sovg’alari bilan taqdirlanadi.
11.3. Ko’rik tanlovning boshqa ishtirokchilari faol ishtiroki uchun hamkor vazirlik va idoralarning tashakkurnomasi bilan taqdirlanadi.
|