Yangi O'zbekiston




Download 141,65 Kb.
bet2/7
Sana29.11.2023
Hajmi141,65 Kb.
#107662
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu

Aktam HAITOV,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
Spikeri o'rinbosari
Eskicha ishlash tarixga aylanyapti
Keyingi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar negizida avvalo, xalqmizning farovon turmush tarzini yaratish, jahon hamjamiyatida Yangi O'zbekistonning nufuzini oshirish singari ustuvor vazifalar turganini inkor qilib bo'lmaydi.
Davlatimiz rahbarining “Yangi O'zbekiston” gazetasi bosh muharriri bilan suhbatda ayni shu jihatlarga ham e'tibor qaratilib, oxirgi besh yilda yurtimizda barcha sohalarda qilingan amaliy ishlar to'liq bayon qilingan.
Chunonchi, o'tgan davrda hududlarimizda amalga oshirilayotgan “Obod qishloq” va “Obod mahalla” davlat dasturlari doirasida keng ko'lamli ishlar amalga oshirildi. Birgina joriy yilning o'zida barcha tuman va shaharlardagi jami 7 ming 794 ta qishloq va mahallada umumiy qiymati 20,8 trillion so'mlik qurilish, ta'mirlash va obodonlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Yurtimizda aholini ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tizimi yo'lga qo'yilib, bu orqali har bir muhtoj insonga uning ehtiyojini hisobga olgan holda yordam ko'rsatilmoqda. endilikda ijtimoiy himoya tizimida saqlanib qolayotgan ayrim kamchilik va nuqsonlar bosqichma-bosqich bartaraf etiladi. Ushbu tizimni takomillashtirib, yaxshi natija beradigan, jamiyatdagi barcha sog'lom kuchlarni shu maqsad atrofida birlashtiradigan darajaga yetkaziladi.
Bundan ko'rinib turibdiki, muhtoj fuqarolarni to'g'ridan-to'g'ri, aniq maqsad bilan moddiy qo'llab-quvvatlashga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirishda asosiy e'tibor aholining kam ta'minlangan qatlamlariga dotatsiya berish emas, balki ularga daromad topish uchun zarur sharoit va imkoniyatlar tug'dirishga qaratilmoqda.
Prezidentimiz keyingi yillarda erishilgan yutuqlar haqida to'xtalar ekan, jumladan, “propiska”, xorijga chiqish uchun “stiker”, majburiy mehnat, paxta va g'allaga davlat buyurtmasini belgilash kabi eski tartiblardan mutlaqo voz kechilganini misol keltirdi.
Darhaqiqat, Toshkentga mamlakatning boshqa bir hududidan kelib ishga joylashish, yashash uchun kelganlardan avvalo, “propiska” so'ralardi. Shunday bo'lardiki, propiska sabab ishdan bo'shab ketganlar ham bo'ldi. Xorijga chiqib kelishda esa otangga bor, onagga bor qabilida byurokratik to'siqlar bo'lgani hamon yodimizda. Paxta yig'im terimi mavsumida o'quvchilarning terimga jalb etilishi uzoq yillar davom etgan yoqimsiz amaliyot edi. Natijasini ta'lim sifatining pasayishida va boshqa ko'plab jihatlarda ko'rish mumkin.
Sirasini aytganda, so'nggi yillarda mamlakatimizda davlatimiz rahbari boshchiligida keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilayotgani, fuqarolarimiz ongu shuuurida hayotdan roziliklarini ko'rayotganimiz bor gap.
Albatta, hali oldinda qilinadigan ishlarimiz salmog'i ko'p. Maqsadimiz jonajon Vatanimiz taraqqiyotga munosib hissa qo'shish va bu yo'lda bor tajribamiz va kuchimizni safarbar etishdir.

Download 141,65 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 141,65 Kb.