Yangi O'zbekiston




Download 141,65 Kb.
bet5/7
Sana29.11.2023
Hajmi141,65 Kb.
#107662
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu

Tursinoy MURATOVA,
Oliy Majlis Qonunchilik
palatasi deputati, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi a'zosi
Eng dolzarb masalalar tahlil qilingan
Oxirgi yillarda biz tom ma'noda o'zgarishlar, yangilanishlar epkinida yashayapmiz. Yangi O'zbekistonning bir bo'lagi sifatida dunyo e'tirof etayotgan islohotlarga nafaqat shohid bo'lyapmiz, balki barchamiz uzoq yillar kutgan, xalq manfaatlariga xizmat qiladigan katta qadamlarni birgalikda tashlayapmiz.
Shu ma'noda, “Yangi O'zbekiston” gazetasining 17-avgust sonida “Yangi O'zbekiston demokratik o'zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda” sarlavhasi ostida e'lon qilingan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bosh muharrir Salim Doniyorov bilan suhbati ana shunday o'zgarishlarning yana bir yorqin ifodasi bo'ldi, desak mubolag'a emas. Men ham ko'plar qatori davlatimiz rahbarining savollarga bergan javoblarini juda katta qiziqish bilan o'qidim. Suhbatda qayd etilgan dolzarb masalalar bilan tanishib chiqdim.
Yurtboshimiz ta'kidlaganlaridek, keyingi 30 yilda O'zbekiston aholisi 15 million nafarga ko'paydi. Bu o'rtacha bir mamlakat aholisi, demakdir. Qolaversa, vaqt o'tishi, hayot o'zgarishi bilan odamlarning iste'mol talabi va ehtiyojlari muttasil ortib bormoqda. Yerimiz, suvimiz esa ko'paymasligi tabiiy, albatta. Bunday resurslar nafaqat bizda, butun dunyoda cheklangan. Binobarin, biz endi aqlimizni, intellektual salohiyatimizni, bilim va tajribamizni oshirishimiz, aynan ana shu omillarni iqtisodiy o'sish nuqtalari va resurs manbalariga aylantirishimiz shart. Prezidentimiz bu masalani ta'kidlabgina qolmay, ularni echish mexanizmlarini shu kunga qadar qadamma-qadam echimi bilan ko'rsatib kelmoqdalar. Bularning barchasi esa odamlarning hayot darajasini yuksaltirishga qaratilganiga shak-shubha yo'q.
Xalqimiz turmush tarzi haqida gap borganida, so'nggi yillardagi imkoniyatlar, o'zgarishlarni tilga olmaslikning iloji yo'q. Prezidentimiz tashabbusi va talabi bilan odamlarni rozi qilishga qaratilgan ishlar har bir mahalla, xonadonlarga kirib bordi. Hech bir inson e'tibordan chetda qolmadi. Kam ta'minlangan oilalar uchun “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” singari samarali tizimlar joriy etildi. “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, degan ezgu tamoyil asosida barcha idora-tashkilotlar fuqarolarning dardiga quloq tutidigan, ularni tinglaydigan bo'ldi. Mamlakat iqtisodiyotidagi o'sish ko'rsatkichlari odamlar turmush sharoitida o'z aksini topa boshladi. Suhbatni o'qir ekanman, ana shunday eng muhim, dolzarb masalalar borasidagi tahlillar menda juda katta taassurot qoldirdi.
Biz islohotlarni shahdam amalga oshirayotgan bir davrda koronavirus pandemiyasi dunyo xalqlari qatori yurtimiz uchun ham og'ir kelgani rost. Ana shunday dolzarb sharoitda davlatimiz rahbarining xalqimiz sog'lig'ini asrash va hayotini muhofaza qilishga qaratilgan siyosati sababli, koronavirus infektsiyasini yuqtirish holatlari va o'lim ko'rsatkichlarining soni oshib ketishiga yo'l qo'yilmadi. Barcha tibbiyot muassasalarida masofaviy xizmatlarni ko'paytirish, poliklinika va kasalxonalarni elektron ish yuritishga o'tkazish, respublika ixtisoslashgan tibbiyot markazlari va ularning filiallari o'rtasida telemeditsina xizmatini yo'lga qo'yib, diagnostika va davolash uchun joylardagi imkoniyatlarni yanada kengaytirishga alohida e'tibor qaratilishining o'zi halqimiz sarson-sargardonligining oldini oldi.
Tibbiyotning birlamchi bo'g'inini kuchaytirish, ayniqsa, qishloq va mahallalarda tibbiy xizmatni sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish choralari ko'rildi. Birlamchi bo'g'inda umumiy amaliyot shifokori shtat birligi o'rniga oilaviy shifokor va unga yordamchi sifatida 5 nafar o'rta tibbiyot hodimidan iborat “tibbiy brigadalar” tashkil etilishi shifokor ishini engillatibgina qolmay, uzoq chekka xudud aholisini ham tibbiy xizmatlardan bahramandligini oshirdi.
Albatta, sohalarni isloh qilish jarayonida muammolar ham ko'zga tashlanadi. Mamlakatimizda xususiy tibbiy klinikalar ochishga keng imkoniyatlar yaratib berilayotganiga qaramasdan, joylarda gemodializ, tibbiy diagnostika va reabilitatsiya xizmatlari bo'yicha shifoxonalar etishmayapti. Prezidentimiz ana shu jihatlarga ham alohida e'tibor qaratgani holda, davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalarni ko'paytirish, 170 ta tuman va shahar tibbiyot birlashmasini komp`yuter tomograflari bilan ta'minlash, ulardan foydalanish bo'yicha xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan amaliy ishlar boshlandi.
Tibbiyotdagi yana bir murakkab muammo — yuqori malakali kadrlar yetishmasligidir. SHu bois yangi o'quv yilidan boshlab klinik ordinaturaning qabul kvotasi ikki barobar oshirilishi, viloyat hokimliklari o'z hududi uchun zarur bo'lgan ana shunday mutaxassis shifokorlarni tayyorlashga mahalliy byudjetdan grantlar ajratilishi moliyaviy muammo tufayli o'qiy olmagan bakalavr vrachlarimizning orzusi edi.
Sog'liqni saqlash sohasida korruptsiya holatlari kuzatilgani, albatta, achinarli holat. Xalqimiz boshiga ko'rinmas yov hujum qilib turgan bir vaqtda ayrim insonlarning boylik yig'ish, daromad orttirishga ruju qo'yishi insoniylikka zid amal. O'tgan yilning o'zida tizimda 30 milliard so'mdan ortiq mablag'ni talon-taroj qilish holatlari aniqlangani va aybdorlar qonuniy jazoga tortilgani, shuning uchun bu sohada ta'sirchan nazorat tizimini o'rnatishga, avvalo, jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga jiddiy ahamiyat berilayotgani Prezidentimiz bilan muloqotda ham ta'kidlandi.
Bugun salomatlikni asrash barchamiz uchun eng muhim masalalardan biriga aylangan. Shu jihatdan, aholining tibbiy madaniyatini oshirish, odamlar o'rtasida sog'lom turmush tarzi tamoyillarini keng targ'ib etish nafaqat tibbiyot sohasi, balki butun jamiyatimiz oldidagi dolzarb vazifadir. Har bir inson o'z sog'ligi haqida, avvalo, o'zi o'ylashi, g'amxo'rlik qilishi kerak. Ayniqsa, koronavirus pandemiyasi yer yuzi, jumladan, yurtimizda ham tarqalishda davom etayotgan hozirgi paytda buning ahamiyati yuqori. SHuning uchun mamlakatimizda tegishli tibbiyot markazlari, dori-darmon va himoya vositalarining etarli zaxirasi shakllantirildi.
Davlatimiz rahbari bu masalaga alohida, kuyunchaklik bilan to'xtalar ekan, koronavirus hali ham yonimizda, biz bilan birga yashayotgani, shu bois, beparvolikka, loqaydlikka berilishga aslo haqqimiz yo'q ekanini ta'kidladi.
Yurtboshimiz yana bir bor xalqimizni o'z sog'lig'iga ma'suliyat bilan qarashga, xavfli kasallikka qarshi emlash tadbirlarida faol ishtirok etishga chaqirdilarki, bu albatta, har bir inson hayotiga, oilasiga befarq bo'lmasligi kerakligiga qaratilgan da'vatdir.

Download 141,65 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 141,65 Kb.