Yangi O'zbekiston




Download 141,65 Kb.
bet4/7
Sana29.11.2023
Hajmi141,65 Kb.
#107662
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
4-mavzu

Zuxra IBRAGIMOVA,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi
Spikeri o'rinbosari,
Adolat” SDP fraksiyasi rahbari
Yoshlar — xalqimizning asosiy tayanchi va suyanchi
Mamlakatimiz rahbari qaerda so'zlamasin, ma'ruza qilmasin har doim ta'lim, tarbiya masalasiga alohida to'xtaladi. Chunki ta'lim, nafaqat yoshlar, kelajagi, balki o'tmishimiz, mentalitetimiz, buyuk qadriyatlarimiz bilan ham bog'liq.
Davlatimiz rahbarining “Yangi O'zbekiston” gazetasi bosh muharriri bilan suhbatida ayni shu yo'nalishga ham alohida to'htalib o'tdi.
“Hozirgi kunda yosh avlod vakillarining bilim olishi, ilm-fan, innovatsiyalar, adabiyot, san'at va sport sohasidagi iste'dod va salohiyatini yuzaga chiqarishi, ularning jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etishi uchun barcha sharoitlarni yaratishga ustuvor ahamiyat bermoqdamiz”, deb ta'kidladilar.
Yoshlar — keng ko'lamli islohotlarimizni samarali amalga oshirishda hal qiluvchi kuch bo'lib maydonga chiqmoqda. Aynan zamonaviy bilim olgan, ilg'or kasb-hunarlarni, innovatsion texnologiyalarni, xorijiy tillarni puxta egallagan o'g'il-qizlarimiz mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishda etakchi o'rin tutadi.
Tarixdan bizga ma'lum, ilm-fan sohasida buyuk kashfiyotlarni amalga oshirgan, umumbashariy tafakkur rivojiga beqiyos hissa qo'shgan buyuk allomalarimizning me'roslariga sodiq farzandlarimiz kelgusida o'zlarining bilim va yangicha g'oyalari asosida ko'zlagan maqsadlarimiz sari bormoqda.
Davlatimiz rahbarining “Yurtimizda yangi xorazmiylar, farg'oniylar, beruniylar, ibn sinolar, mirzo ulug'beklar, navoiylarni tarbiyalab etkazish – nafaqat vazifamiz, balki tarix va kelajak oldidagi muqaddas burchimizdir” degan so'zlari barchamizning oldimizga qo'ygan maqsadimiz bo'lib qoladi.
Mamlakatimizda yuqori bilim va malakaga ega bo'lgan, raqobatdosh kadrlar tayyorlash maqsadida oliygohlar soni ortib borgani, xorijiy oliy ta'lim muassasasining filiallari ochilgani va qisqa muddatda bu borada qariyb ikki barobar o'sishga erishilgani, hech shubhasiz, yoshlarimiz, butun jamiyatimizning intellektual salohiyatini oshirish, zamonaviy bilim, kasb-hunarlarga yanada yaqinlashtirish yo'lidagi harakatlarimiz natijasidir.
Keyingi besh yilda oliy ta'limga qabul kvotasi 3 barobar oshirilib, joriy yilda 182 ming nafar yoshlar uchun talaba bo'lish imkoniyati yaratildi. Bu umumiy qamrov 28 foizga etdi, deganidir.
Bu borada davlat grantlari 21 mingtadan 47 mingtaga ko'paytirilgani, o'tgan yilgi tajribamizni yangi bosqichga ko'tarib, ehtiyojmand oilalarga mansub 2 ming nafar qizlarga bu yil oliygohlarga kirish uchun alohida grantlar ajratilgani yoshlarimiz kelajagini ta'minlashga qaratilgan e'tiborning amaldagi namunasidir.
Mamlakatimizda uzluksiz milliy ta'lim-tarbiya tizimining barcha bosqichlarini uyg'un va mutanosib rivojlantirishga alohida e'tibor berilmoqda. Hozirgi vaqtda yurtimizda “Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” degan g'oya asosida maktab ta'limi tizimida ham katta o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashgan maktablar soni ko'payib bormoqda.
Ayniqsa, navqiron o'g'il-qizlarimizning tadbirkorlik sohasidagi g'oya va tashabbuslarini ro'yobga chiqarish, ularni ish va daromad manbai bilan ta'minlashga davlat miqyosida katta ahamiyat berilganligi har bir yoshni kelajakka ishonch bilan dadil qadamlar tashlashga undamoqda.
“Bilasizmi, dunyodagi davlatlar, xalqlarning rivojlanish darajasini ko'rsatadigan mezonlar, parametrlar ko'p. Lekin men uchun shu boradagi eng muhim mezon — bu yoshlarimizning baxti, kamolidir,” dedi prezidentimiz.
Bu bildirilgan ishonch, yaratilgan sharoit va qaratilgan e'tiborni mas'uliyat bilan anglagan har bir yosh, albatta, ularning ijrosi uchun ham labbay deb javob bera oladi. Chunki bu yurtning ajdodi buyuk, avlodida esa mana shu buyuklik qoni oqmoqda.

Download 141,65 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 141,65 Kb.