Kredit-modul tizimida talabaning fan o‘qituvchisini tanlashi qanday amalga oshiriladi?
|
*semestrning dastlabki haftasidagi o‘qituvchilarning ochiq darslari va o‘quv-me’yoriy hujjatlari orqali
|
Kredit-modul tizimida ishchi o‘quv rejalar qanday ishlab chiqiladi?
|
*eng ko‘p talabalar kontingentining shaxsiy o‘quv rejalari asosida
|
O‘quv davridagi asosiy o‘quv faoliyatlari va ularning muddatlari ko‘rsatilgan hujjatni ko‘rsating.
|
*akademik taqvim
|
Kredit-modul tizimida talabaning o‘zlashtira olmagan fanini qayta o‘qishga imkon beriladigan davrni ko‘rsating.
|
*yozgi semestr
|
Talabalarning barcha akademik masalalarini hal qilishga qaratilgan bo‘limni ko‘rsating.
|
*registrator ofisi
|
Bolonya jarayoni ishtirokchi davlatlari OTM lari bilan akademik almashishga imkon beruvchi bandni ko‘rsating.
|
*o‘quv rejalarining xorijiy o‘quv rejalariga mosligi
|
Pedagogning auditoriya o‘quv yuklamalarini kamaytirishga imkon beradigan tadbirni ko‘rsating.
|
*talabaning mustaqil ish hajmini oshirish
|
Muayyan soha uchun bakalavr tayyorlashda ta’lim sifatini saqlab qolgan holda muddatini 2 yilga qisqartirishga imkon beruvchi tadbirni ko‘rsating.
|
*2 yillik bakalavriat tayanch ta’limi asosida keyingi 2 yilda ixtisoslik fanlarini o‘qitishni tashkil qilish
|
5 kreditlik fanni 70% ga o‘zlashtirgan talaba necha kreditni qo‘lga kiritadi?
|
*5 kredit
|
|