Keng yoki umumiy ma’noda inson xarakteri deganda uning xatti-harakati va xulq-atvoriga ta’sir etuvchi individual yoqqol namoyon bo`lgan va sifat jihatidan turlicha bo`lgan belgilar tushuniladi.
Tor yoki maxsus ma’noda olingan xarakter degan shaxsning psixik tuzilishi nazarda tutilib, u insonning irodasi va yo`nalganligida namoyon bo`ladi. Yo`nalganlik bu insonning xarakterli xususiyati bo`lib, faoliyatiga ta’sir etadi. Borliqqa nisbatan tanlangan munosabatida aks etadi. O`ziga xos psixologik tuzilishining inson harakatda tarkib toptiradi va bu esa o`z o`rnida insondan irodali kuch talab etiladi.
Kishi jamiyatda yashab, biror faoliyat bilan shug`ullanar ekan o`zini shaxs sifatida namoyon qiladi, odamlarga o`z ishiga va o`ziga bo`lgan munosabatini ifodalaydi.
Ba’zan ana shu munosabatning ko`rinishlari odamdan tashqari, tasoddifiy xarakterga ega bo`lishi mumkin. Masalan, maktab o`quvchisining o`z o`rtoqlari uchun kutilmaganda arzimagan narsadan jahli chiqib ketishi mumkin. O`rtoqlari uning bu xulqidan taajublanadilar, chunki odatda bu bola yuvvosh, xushmuomula edi. Uning uchun qo`pollik tipik hodisa emas edi. Boshqa bir o`quvchi ko`pincha atrofdagilar bilan keskin va qo`pol muomulada bo`ladi. Bu narsa buning uchun tipik bo`lgan barqaror, bir necha marta takrorlangan xususiyat bo`lib, bu uni shaxs sifatida xarakterlab beradi. Shuning uchun ham mazkur xususiyatni uning xarakteriga xos bo`lgan xususiyatlaridan biri deb hisoblash mumkin. Jamiyat a’zosi bo`lgan kishining voqelikka bo`lgan munosabatida vujudga keladigan va uning xulq - atvori hamda xatti - harakatlarida ta’sir qoldiradigan, muhim barqaror psixik xususiyatlarning majmui - xarakter deyiladi. Ba’zan xarakter degan so`z bilan, iroda degan so`zning qat’iylikni ya’ni boshqa kishilar bilan muomila qiladigan keskinlikni ifodalaydilar. Aksincha irodasi zaif kishini xaraktersiz kishi deb hisoblaydi. Lekin bu fikr noto`g`ridir. Xaraktersiz kishi deb hisoblangan kishida ham xarakter bor. Xarakterdagi ko`p narsa kishining dunyo qarashiga, uning e’tiqodiga va ideallariga, ijtioiy ahvoliga, atrofdagi muhitning ta’siriga bog`liq bo`ladi. Xarakter shaxsning individual xususiyatidir.
2. Inson xarakteri tizimini o`rganishning asosiy vazifasi xarakter xususiyatlarini ma’lum tizimga solish va ular orasidagi bog`liqlikni aniqlashdir.
Xarakter xususiyatlari bu shunday individual xususiyatlarki, ular insonning ma’lum vaziyatdagi xulq-atvorini ko`ra olish, aniqlashga yordam beradi. Insonni borliqqa bo`lgan hayotiy munosabatiga ko`ra uning xarakter yo`nalganligini quyidagicha guruhlash mumkin:
A) jamiyatga bo`lgan munosabat, atrof olamdagi narsa va hodisalarga munosabat (Vatanparvarlik, tilga, kelajakka, ona tuproqqa muhabbat).
B) Boshqa odamlarga munosabat.
G) O`z-o`ziga munosabat.
Insonni o`ziga bo`lgan munosabati xarakteristikasida mustaqillik va taqlidchanlik muhim rol o`ynaydi.
Mustaqillik – insonning ijobiy xarakter sifati bo`lib, u mas’uliyatlilik, o`z-o`ziga ishonch bilan bog`liqdir. Bu sifat ijodiy ish bilan mashg`ul bo`lgan kishilarga xosdir.
|