|
Yarim o’tkazgichlarda xususiy elektr o’tkazuvchanlik
|
bet | 3/6 | Sana | 23.12.2023 | Hajmi | 323 Kb. | | #127609 |
Bog'liq 2-mavzuYarim o’tkazgichlarda xususiy elektr o’tkazuvchanlik Yarim o’tkazgichli elektronika maxsulotlarining deyarli 97 % kremniy asosida yasaladi. 2 – rasmda kiritmasiz kremniy panjarasining soddalashtirilgan modeli (a) va uning zona energetik diagrammasi (b) keltirilgan. Agar yarim o’tkazgich kristalli tarkibida kiritma umuman bo’lmasa va kristall panjaraning tuzulmasida nuqsonlar (bo’sh tugunlar, panjara siljishi va boshqalar) mavjud bo’lmasa, bunday yarim o’tkazgich xususiy deb ataladi va i harfi bilan belgilanadi.
2– rasm. Xususiy yarimo‘tkazgichlar.
2– rasmdan ko’rinib turibdiki, kremniy xususiy kristallida uning atomining to’rtta valent elektroni kremniyning qo’shni atomining to’rtta elektroni bilan bog’lanib, mustahkam sakkiz elektronli qobiq (to’g’ri chiziq) hosil qiladi. 0 K temperaturada bunday yarim o’tkazgichda erkin zaryad tashuvchilar mavjud bo’lmaydi. Lekin temperatura ortishi bilan yoki yorug’lik nuri tushirilganda kovalent bog’lanishlarning bir qismi uziladi va valent elektronlar o’tkazuvchanlik zonasiga o’tish uchun yetarlicha energiya oladilar (2, b-rasm). 2– rasmdan ko’rinib turibdiki, kremniy xususiy kristallida uning atomining to’rtta valent elektroni kremniyning qo’shni atomining to’rtta elektroni bilan bog’lanib, mustahkam sakkiz elektronli qobiq (to’g’ri chiziq) hosil qiladi. 0 K temperaturada bunday yarim o’tkazgichda erkin zaryad tashuvchilar mavjud bo’lmaydi. Lekin temperatura ortishi bilan yoki yorug’lik nuri tushirilganda kovalent bog’lanishlarning bir qismi uziladi va valent elektronlar o’tkazuvchanlik zonasiga o’tish uchun yetarlicha energiya oladilar (2, b-rasm). Natijada valent elektron erkin zaryad tashuvchiga aylanadi va kuchlanish ta‘sir ettirilsa, u tok hosil qilishda ishtirok etadi. Elektron yo'qotilishi natijasida atom musbat ionga aylanadi. Bir vaqtning o’zida valent zonada bo'sh sath hosil bo'ladi va valent elektronlar o'z energiyalarini o'zgartirishlariga, ya‘ni valent zonasining biror ruxsat etilgan sathidan boshqasiga o'tishiga imkon yaratiladi. Shunday qilib, u tok hosil bo'lish jarayonida qatnashishi mumkin. Temperatura ortgan sari ko'proq valent elektronlar o'tkazuvchanlik zonasiga o'tadilar va elektr o'tkazuvchanlik ortib boradi.
|
| |