|
-rasm. Kiritmali yarim o‘tkazgichlar. Kristal panjarasi. a) erkin elektronli va b) kovakli
|
bet | 6/6 | Sana | 23.12.2023 | Hajmi | 323 Kb. | | #127609 |
Bog'liq 2-mavzu2-rasm. Kiritmali yarim o‘tkazgichlar. Kristal panjarasi. a) erkin elektronli va b) kovakli 2-rasm. Kiritmali yarim o‘tkazgichlar. Energetik diagrammasi. v) donor satxli va g) akseptor satxli Yarim o'tkazgichli asboblar yasashda ko'p kiritma atomlari kiritiladi (1 sm3 hajmga 1014 -1018 darajadagi atomlar). Xona temperaturasida kiritmaning har bir atomi bittadan erkin elektron hosil qiladi. Kovaklar esa xususiy yarim o'tkazichlardagi kabi kremniy atomi elektronlarining o'tkazuvchanlik zonasiga o'tishidagi termogeneratsiya hisobiga hosil bo'ladi. - Yarim o'tkazgichli asboblar yasashda ko'p kiritma atomlari kiritiladi (1 sm3 hajmga 1014 -1018 darajadagi atomlar). Xona temperaturasida kiritmaning har bir atomi bittadan erkin elektron hosil qiladi. Kovaklar esa xususiy yarim o'tkazichlardagi kabi kremniy atomi elektronlarining o'tkazuvchanlik zonasiga o'tishidagi termogeneratsiya hisobiga hosil bo'ladi.
- Yarim o'tkazgich tarkibiga katta darajadagi donor kiritmaning kiritilishi erkin elektronlar konsentratsiyasini oshiradi, kovaklar konsentratsiyasi esa xususiy yarim o'tkazgichdagiga nisbatan sezilarli kamayadi. Erkin zaryad tashuvchilar konsentratsiyasining ko'paytmasi n*p o'zgarmas temperaturada o'zgarmas qoladi va faqat yarim o'tkazgich ta‘qiqlangan zona kengligi bilan aniqlanadi.
- Shuni yodda tutish kerakki, T=300 K (xona temperaturasida) kremniyda n*p 0,64∙1020 sm-3 , germaniyda esa n*p 4∙1026 sm-3 . Shunday qilib, agar kremniy kristalliga konsentratsiyasi 1016 sm -3 bo'lgan donor kiritma kiritilsa, T=300 K da elektronlar o'tkazuvchanligi n=1016 sm-3, kovaklarniki esa – atigi 104 sm-3 ga teng bo'ladi. Demak bunday kiritmali yarim o'tkazgichda elektr o'tkazuvchanlik asosan elektronlar hisobiga amalga oshiriladi, yarim o'tkazgich esa – elektron yoki n-turdagi elektr o‘tkazuvchanlik deb ataladi. n–turdagi yarim o'tkazgichda elektronlar - asosiy zaryad tashuvchilar, kovaklar esa - asosiy bo'lmagan zaryad tashuvchilar deb ataladi.
|
| |