Yarim o‘tkazgichli moddalarning energetik zonalari

Download 323 Kb.
bet1/6
Sana23.12.2023
Hajmi323 Kb.
#127609
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2-mavzu

Yarim o‘tkazgichli moddalarning energetik zonalari.

Reja:

  • Energetik zonalar.
  • Xususiy elektr o‘tkazuvchanlik.
  • Kiritmali elektr o‘tkazuvchanlik.

Energetik zonalar

  • Zamonaviy elektronika qurilmalari yarimo‘tkazgichli materiallardan tayyorlanadi. Yarimo‘tkazichlar kristall, amorf va suyuq bo‘ladi. Yarimo‘tkazgichli texnikada asosan kristall yarim o‘tkazgichlar (1010 asosiy modda tarkibida bir atomdan ortiq bo‘lmagan kiritma monokristallari) qo‘llaniladi. Odatda yarim o‘tkazgichlarga solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi metallar va dielektriklar oralig‘ida bo‘lgan yarim o‘tkazgichlar kiradi (ularning nomi ham shundan kelib chiqadi). Xona temperaturasida ularning solishtirma elektr o‘tkazuvchanligi 10-8dan 105gacha Sm/m (metrga Simens)ni tashkil etadi. Metallarda =106-108 Sm/m, dielektriklarda esa = 10-8-10-13 Sm/m. Yarim o‘tkazgichlarning asosiy xususiyati shundaki, temperatura ortgan sari ularning solishtirma elektr o‘tkazuchanligi ham ortib boradi, metallarda esa kamayadi. Yarim o‘tkazgichlarning elektr o‘tkazuvchanligi yorug‘lik bilan nurlantirish va hatto juda kichik kiritma miqdoriga bog‘liq. Yarim o‘tkazgichlarning xossalari qattiq jism zona nazariyasi bilan tushuntiriladi.

Har bir qattiq jism ko‘p sonli bir-biri bilan kuchli o‘zaro ta’sirlashayotgan atomlardan tarkib topgan. Shu sababli bir bo‘lak qattiq jism tarkibidagi atomlar majmuasi yagona tuzilma deb qaraladi. Qattiq jismda atomlar bog‘liqligi atomning tashqi qobig‘idagi elektronlarni juft bo‘lib birlashishlari (valent elektronlar) natijasida yuzaga keladi. Bunday bog‘lanish kovalent bog‘lanish deb ataladi.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa

Yarim o‘tkazgichli moddalarning energetik zonalari

Download 323 Kb.