|
olish.
1-rasm
Noma’lumlarni qiymatini chegaralab boshqa yechimni
|
bet | 4/5 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 141,68 Kb. | | #245381 |
Bog'liq Mustaqil ish Amaliy dasturiy paketlar.
Ildizlarni qidirish.
Bu bo‟lim tenglamalar sistemasini yechish uchun mo‟ljallangan Mathcad amallarini ishlatish samaradorligi haqidagi maslahatlarni o‟z ichiga oladi. Parametr saqlovchi tenglamalarni yechish texnikasi tavsiflangan.
Tenglamalarni ko‟p karrali ildizlari.
Hozirgacha tavsiflangan metodlar aniq tenglamalar sistemasini yechish imkoniyatini beradi. Faqatgina ular quyidagi ikkita cheklanishga ega.
Find funksiyasini nomi kiritilishi bilanoq bu tenglamaning yechimlar bloki tugallanganini bildiradi. Agar bu funksiya yana bir marta qo‟llanilsa xatolik haqida xabar chiqadi.
Agar tenglamalar sistemasida bir nechta o‟zgaruvchi parametrlar yoki konstantalar qiymatlarini o‟zgartirish kerak bo‟lsa ularning sistemani yechimiga ta‟sirini o‟rganish uchun tenglamaning yechimlar blokiga qaytish kerak (ularni o‟zgartirish uchun).
Agar Find funksiyasini biror bir funksiya orqali ifodalansa, bunday aniqlangan funksiya tenglamalar sistemasini doimo yechimini ko‟rsatadi. Agar bu funksiya argument sifatida tenglamalarni yechishda o‟zgartirilishi talab qilinadigan parametrlarga ega bo‟lsa, bunday aniqlanadigan funksiyani argumentlari qiymatlarini oddiygina o‟zgartirish mumkin.
Misol, Parametrga bog‟liq tenglamalar sistemasini yechish.
Keltirilgan misolda a parametrga bog‟liq bo‟lgan tenglamlar sistemasini F(a,x,y) ko‟rinishdagi funksiya orqali ifodalandi va bu yerda a ni qiymatini o‟zgartirib turli xil tenglamalar sistemasini yechimini olinadi.
Taqribiy yechimlar.
Mathcadda Find funksiyasiga o‟xshash Minerr deb ataluvchi funksiya orqali ham tenglama va tenglamalar sistemasini yechish mumkin. Minerr funksiyasi Find funksiyasi algoritmlarini qo‟llaydi. Agar yechimni qidirish
natijasida yechimga joriy yaqinlashish aniq bo‟lmasa Minerr bu yaqinlashishni chiqaradi. Find funksiyasi Minerr funksiyasidan
farqli bu vaziyatda xatolik to‟g‟risidagi axborotni chiqaradi. Minerr funksiyasidan foydalanish qoidalari Find funksiyasidagidek.
Minerr(z1,z2,….) - tenglamalar sistemasining yechimini chiqaradi.
Argumentlar soni nomalumlar soniga teng.
|
| |