Yer yuzi tabiatini rivojlantirishning fazoviy omillari




Download 231 Kb.
Sana06.04.2024
Hajmi231 Kb.
#189477
Bog'liq
10-sinf bo\'yicha mavzulashtirilgan testlar. Abduqodir (1)
atrabotka maruza matematika, Mavzu Xavsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag rikenglikni, 2-qism amaliy mashg\'ulot , o\'tkinchi jarayonlar sxemalar, 88 (16), 88 (9), 27, 88 (14), 88 (40), 88 (2), 88 (10), 88 (8), 2024 FieldOfStudy, 88 (25), 88 (230)

1-§. GEOGRAFIYA FANLARI TIZIMI

1. Geografiya fanining o'rganish obyekti nima?


A) uch o’lchamli fazo B) Yer sayyorasi
C) endo sferalar D) geografik qobiq

2. Geografik qobiq va uning tarkibiy qismlaridagi voqea- hodisalarni boshqa fanlar ham o’rganadi, lekin Geografiya…


Nuqtalar o’rniga qo’yiladigan quyidagi fikrlardan qaysi biri noto’g’ri hisoblanadi?
A) geografik qobiq va uning tarkibiy qismlaridagi voqea- hodisalarni o’zaro bog’liqlikda o’rganadi
B) voqea- hodisalarni ma’lum hudud chegaralarida bir butunligicha tadqiq etadi
C) barcha tabiatdagi jarayonlarni qay yo’sinda vujudga kelganini aniq isbot va dalillar asosida tushuntiradi
D) hududlar va Yer yuzasi haqida yaxlit kompleks tasavvurni shakllantiradi

3. Geografiya fan sifatida nechta yirik tarmoqqa bo’linadi?


A) 3 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 9 ta

4. Tabiiy geografiya fanlar tizimi doirasida alohida tabiat komponentlarini o’rganadigan quyidagi fanlardan qaysilarining o’rganish obyekti noto’g’ri keltirilgan?


1) geomorfologiya- yer yuzi relyefini o’rganadi;
2) geokriologiya- qor va muzliklarni o’rganadi;
3) glyatsiologiya- ko’p yillik muzloq yerlarni o’rganadi;
4) iqlimshunoslik- atmosferani o’rganadi;
5) gidrologiya- gidrosferani o’rganadi.
A) 2, 3, 4 B) 1, 3, 5
C) 1, 2, 5 D) 2, 4, 5

5. Geografiya fanlar tizimidagi qaysi fan kichik hududlar tabiatining tuzilishi va xususiyatlarini o’rganadi?


A) geoekologiya B) geomorfologiya
C) fatsiologiya D) landshaftshunoslik

6. Gidrologiya fani nechta yirik guruhga bo’linadi?


A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 7 ta

7. Kartografiya geografiyaning qanday guruhga mansub tarmog’i hisoblanadi?


A) geografik xaritalarni tuzish bilan shug’ullanadigan
B) tabiiy geografik xususiyatga ega bo’lgan
C) ijtimoiy- iqtisodiy geografik xususiyatga ega bo’lgan
D) umumgeografik mazmun- mohiyatga ega bo’lgan

8. Bugungi kunda zamonaviy geografiyaning asosiy vazifasini nima tashkil etadi?


A) global muammolarni hal etish
B) tabiiy geografik jarayonlarni batavsil o’rganish
C) tabiat va jamiat o’zaro munosabatlarini uyg’unlashtirish
D) boshqa sayyoralardan hayot uchun qulay sharoit topish
9. Geografiya fanlarida turli amaliy va ilmiy masalalarni o’rganish jarayonida foydalaniladigan eng muhim(a) va zamonaviy(b) tadqiqot usullarini toping.
1) ekspeditsiya 2) qiyosiy geografik
3) kompyuter modellashtirish 4) statistik
5) matematik modellashtirish 6) tasviriy
7) kartografiya 8) rayonlashtirish
9) geofizik 10) geokimyoviy

10. Biogeografiya tirik organizmlarning Yer yuzida tarqalishini o’rgangan holda, nechta tarmoqqa bo’lib o’rganiladi?


A) 3 ta B) 5 ta C) 2 ta D) 4 ta

2-§. GEOGRAFIYA FANINING RIVOJLANISH TARIXI


1. Geografik kashfiyot, g’oya va bilimlarning xususiyatlariga asoslanib, fanning rivojlanish tarixi nechta bosqichga bo’linadi?


A) 2 ta B) 3 ta
C) 6 ta D) 5 ta

2. Dastlab, finikiyaliklar O’rta dengizdan Gibraltar bo’g’izi orqali suzib o’tib, Afrika qirg’oqlari bo’ylab Hindistongacha suzib borishgan davrlarini ko’rsating.


A) miloddan avvalgi IV mingyillik
B) miloddan avvalgi II mingyillik
C) milodiy I- II mingyillik
D) miloddan avvalgi I mingyillik

3. Qaysi olim issiqlik mintaqalari mavjudligini mantiqiy jihatdan isbaotlab bergan?


A) Pifagor B) Eratosfen
C) Aristotel D) Strabon

4. Antik davrdagi qaysi olimlar “Geografiya”(a) va “Geografika”(b) nomli asar(lar) yozgan. Qolaversa, ushbu asarlardan kimga tegishlilariniki 8(c) va 17(d) jildlik hisoblanadi?


1) Aristotel 2) Eratofen 3) Pifagor
4) Ptolomey 5) Strabon 6) Aneksemandr
A) a- 2, 6; b- 4, 5; c- 2; d- 4
B) a- 1, 3; b- 2, 5; c- 6; d- 1
C) a- 2, 4, 5; b- 4, 6; c- 1; d- 2
D) a- 4, 5; b- 2; c- 4; d- 5

5. Yevropaliklardan o’rta asrlarda Erik Raunda nechanchi yilda Grenlandiyani tadqiq etganini toping.



a

b

c

d

957-yil

982-yil

988-yil

1034-yil

A) b B) c
C) a D) d

6. Sharq geografiyasiga kim asos slogan desa bo’ladi?


A) Abu Rayhon Beruniy B) Chjan Syan
C) Muhammad al- Xorazmiy D) Nosir Xisrav

7. Hindistonga sayohat qilib- Eron, pokiston, Arabiston dengizi haqida boy ma’lumotlar to’plagan(a), o’rta asrlardagi geografik bilimlar ensiklopediyasini tuzgan(b) hamda geosentrik nazariyani olg’a surgan olim(lar)ni toping.


1) al- Xorazmiy 2) Strabon
3) Umar Xayyom 4) Aristotel
5) Beruniy 6) Eratosfen
7) Abdurazzoq Samarqandiy 8) Yoqut Hamaviy
9) al- Farg’oniy 10) Bobur
A) a- 5; b- 3; c- 6 B) a- 8; b- 1; c- 2
C) a, c- 5; b- 7 D) a- 7; b- 8; c- 4

8. “Buyuk geografik kashfiyotlar” kimning sayohatidan so’ng boshlangan deyish mumkin?


A) Nosir Xisrov B) Frensis Dreyk
C) Xristofor Kolumb D) Fernan Magellan

9. M. Valdzemuller o’zining qaysi asarida Xristofor kolumb kashf etgan yerlarni Amerigo Vespuchchi nomi bilan bog’lab, Terra Amerika deb tasvirlaydi?


A) “Yangi dunyo” B) “Uchinchi to’lqin”
C) Kosmografiyaga kirish” D) “Tabiat manzarasi”

10. “…Yer yuzining turli qismlari ilmiy o’rganildi; fanda yangi nazariya va gipotezalar yaratildi; kartografik proyeksiyalar va relyefni tasvirlashning yangi usullari ixtiro qilindi; geografiya fanining tarkibida bir qancha mustaqil fanlar rivojlandi”.


Yuqorida keltirilganlar geografiya fani rivojlanish tarixining qaysi bosqichidagi asosiy natijalardan hisoblanadi?
A) Antik yoki qadimgi davr geografiyasi bosqichi
B) O’rta asrlar geografiyasi bosqichi
C) Buyuk geografik kashfiyotlar bosqichi
D) Ilmiy geografik ishlar bosqichi

3-§. YER YUZI TABIATI RIVOJLANISHINING FAZOVIY OMILLARI


1. Quyosh sistemasi qaysi galaktikada joylashgan?
A) Andromeda B) Somon yo’li
C) Katta ayiq D) Vega

2. Quyidagilar orasidan to’g’ri fikrlar sonini toping.


1) Quyosh sistemasi galaktikamiz(Somon yo’li)ning chekkaroq qismida joylashgan;
2) Quyosh sistemasidan galaktika markazigacha bo’lgan masofa 23-28 ming yorug’lik yiliga teng;
3) Quyosh sistemasi galaktika markazi atrofida 200-220 km/sekund tezlik bilan harakatlanadi;
4) Yerdagi 200 mln yil tektonik sikllarning davomiyligi hisoblanadi;
A) 1 ta B) 2 ta C) 3 ta D) 4 ta

3. Materiklarning tashqi ko’rinishi, qiyofasining o’zgarishi, Yerda tektonik jarayonlarning kuchayib, Yer tabiatining o’zgarishi, asosan, nima bilan izohlanadi?


A) mantiyadagi moddalarning yuqoriga uyurmali harakati
B) koinotdan yirik osmon jismlarining yerga kelib urilishi
C) inson faoliyatining jadal o’sib, texnolashishi
D) Quyosh sistemasining galaktika markazi atrofida bir marta aylanib chiqishi

4. Quyosh- Yerga eng yaqin yulduz bo’lib, diametri qanchani tashkil etadi?


A) 1,39 mln km B) 1,47 mln km
C) 3,34 mln km D) 1,738 mln km

5. Quyosh sistemasini nimalar tashkil etadi?


1) 8 ta sayyora 2) 160 dan ortiq yo’ldosh
3) 40 mingdan ortiq asteroid 4) 1 mln ga kometa
A) 1, 2 B) 1, 2, 4 B) 1, 2, 3 D) 1, 2, 3, 4

6. Quyoshdan tarqaladigan issiqlikning qancha qismi Yerga yetib keladi?


A) 3/ 1∙106 B) 2/ 1∙109
C) 1/ 1∙1012 D) 3/ 1∙107

7. Quyoshdan Yerga yorug’lik va issiqlikdan tashqari elektr zaryadli har zarralar ham uzatiladi. Koinotning uzoq qismidan Yer atmosferasining yuqori qatlamlariga ko’rinmas va juda katta energiyaga ega bo’lgan kosmik nurlar kelishi natijasida Yerda qanday jarayonlar kuzatiladi?


1) qutb yog’dusi 2) magnit bo’ronlari
3) havoning ionlashishi 4) atmosferdagi bazi gazlarning molekula holatidan atom holatiga o’tishi
A) 1, 2 B) 1, 2, 3, 4
C) 3, 4 D) 1, 3

8. Oyning o’rtacha zichligi Yerning o’rtacha zichligidan qanchaga farq qiladi?


A) 3,72 g/m³ B) 5,32 g/m³
C) 1,6 g/m³ D) 2,18 g/m³

9. Oyning massasi Yerning massasidan….


A) 21,8 marta kichik B) 3,42 marta katta
C) 81 marta kichik D) deyarli farq qilmaydi

10) Yerning haqiqiy shaklini nima deb atash mumkinligini toping.


A) sferoid B) kardeoid
C) ellipsoid D) geoid

11) Yer sayyorasida ekvator siqiqligi, ya’ni ekvatorial radiuslar orasidagi farq qanchaga teng?


A) 21,36 km B) 213 m
C) 5,52 km D) 70(100) m

12) Quyidagilardan qaysi fikr noto’g’ri talqinga ega?


A) Yerning sharsimon shakli moddalarni bir joyga to’playdi va quyuqlashtiradi. Natijada moddalar siqiladi va zichlashadi, ustki qismida esa turli zichliklarga ega qobiqlar hosil bo’ladi
B) Yer yuzasi, jumladan, geografik qobiqning sharsimon shakldaligi makonning bir butun va cheksizligini ta’minlaydi
C) Yer- Oy umumiy og’irlik markazi atrofida aylanadi
D) Yer orbitasining Quyoshga eng yaqin (iyundagi) nuqtasi perigeliy deyiladi. Shu sabab shimoliy yarimsharda yoz uzoq davom etadi

13. Yerning Quyosh atrofida aylanish yo’li (orbitasi)ning uzunligi qanchaga teng?


A) 934 mln km B) 946 mln km
C) 152 mln km D) 365,6 mln km

14. Quyosh qachon shimoliy tropikda zenitda bo’lishini aniqlang?


A) 21- mart B) 22- dekabr
C) 22- iyun D) 23- sentabr

15. Yer aylanish o’qi orbita tekisligiga nisbatan qancha burchak hosil qilgan?


A) 23,5° B) 66,5°
C) 15° D) 7,5°

16. Quyidagilardan qaysilari Yer o’z o’qi atrofida aylanishining geografik oqibatlaridan hisoblanadi?


a) sutka qaror topishi;
b) fasllarning almashinishi;
c) Koriolis kuchining hosil bo’lishi;
d) turli meridianlarda mahalliy vaqt har xil bo’lishi
e) ritmiklikning vujudga kelishi.
A) a, c, d B) a, c, d, e
D) a, e D) a, b, c, d, e

17. Qaysi yarimshardagi daryolar harakati davomida chap qirg’og’ini yemiradi?


A) shimoliy B) g’arbiy
C) sharqiy D) janubiy

18. Aytingchi, quyidagilardan qaysi biri to’g’ri?


A) to’lqinlar Koriolis kuchiga bo’ysunmaydi
B) ekvatorda nuqtaning harakat tezligi nolga teng
C) Yer- Oy umumiy og’irlik markazi Yerning ichki qismida joylashgan
D) Quyosh Oyga nisbatan qalqish hodisasiga faolroq ta’sir ko’rsatadi

4-§. YERNING ICHKI TUZILISHI VA TEKTONIK JARAYONLAR


1. Yer po’stining o’rtacha qalinligi qanchaga teng?


A) 35- 40 km B) 15- 20 km
C) 5- 80 km D) 15- 30 km

2. Yerning ichki sferalaridan qaysi biri quyidagi diagrammaga mos ravishda Yer hajmining 16 %ini egallaydi?



A) mantiya B) yer po’sti C) yadro D) litosfera

3. Yer po’stida qaysi kimyoviy elementlar eng ko’p tarqalganligini aniqlang?


1) rux 2) kislorod 3) vodorod
4) nikel 5) aluminiy 6) azot
7) kremniy 8) oltingugurt 9) temir
A) 1, 3, 4 B) 5, 6, 8
C) 2, 4, 6 D) 2, 5, 7

4. Yer po’sti turlarining qalinligi bo’yicha to’g’ri joylashtirilgan javobni toping.


1) materik yer po’sti 2) okean yer po’sti
3) orali yer po’sti 4) riftogen yer po’sti
a) 15-30 km b) 35-50 km C) 1,5-2 km D) 5-10 km
A) 1- b; 2- d; 3- a; 4- c B) 1- a; 2- c; 3- d; 4- b
C) 1- d; 2- a; 3- b; 4- c D) 1- a; 2- b; 3- c; 4- d

5. Mantiya sayyoramiz umumiy massasining qancha qismini egallashini toping.


A) 83 % B) 31 % C) 68 % D) 57 %

6. Quyi mantiyada harorat qanchaga yetadi?


A) 2800C B) 2000C C) 2900C D) 4000C

7. Tashqi yadroning qalinligi qanchaga boradi?


A) 1280 km B) 2900 km
C) 3500 km D) 2200 km

8. Elastik holatdagi astenosfera ustida litosfera plitalari o’rtacha qanday tezlikda gorizantal ravishda harakat qiladi?


A) 8- 13 sm/soat B) 5- 10 sm/yil
C) 1,5-3 km yil D) 4- 12 m/oy

9. Zilzila yer po’stining ichki qismida ro’y beradigan qanday jarayonlar ta’sirida sodir bo’ladi?


a) uzilish b) sinish c) siljish
A) a, c B) b, c C) a, b D) a, b, c

10. Necha balli zilzila vayron qiluvchi deya ta’riflanib, bunda imoratlar kuchli shikastlanadi, tog’larda surilmalar bo’ladi?


A) 8 ball B) 9 ball C) 7 ball D) 10 ball

11. “To’g’on va qirg’oq to’siqlari ishdan chiqadi, temiryo’llar bukiladi, yangi ko’llar paydo bo’ladi”.


Yuqoridagi ta’rif necha balli zilzilaga xos ekanligini toping.
A) 8 ball B) 9 ball C) 7 ball D) 10 ball

12. Zilzilaning 9 balli kuchida nimalar ro’y beradi?


A) Yer yuzida keng va chuqur jarliklar hosil bo’ladi. Yer vertikal va gorizantal ravishda silkinadi
B) g’isht, betondan ishlangan uylar butunlay yoki qisman buziladi, yerosti quvurlari uziladi
C) Yer yuzi burmalanadi, baland qoyalar ag’dariladi, daryolar o’zanini o’zgartiradi
D) tog’larda qoyalar ag’dariladi, ko’prik, to’g’on, temiryo’llar butunlay buziladi

13. Vulqon krateri deb nimaga aytiladi?


A) vulqon tagi B) konussimon tepaligi
C) vulqon og’zi D) tik o’rta qismi

14. Hozirgi paytda sayyoramizda qanchadan ortiq harakatdagi vulqonlar mavjud?


A) 500 B) 600 C) 700 D) 800

15. Zilzila sabablariga ko’ra qanday turlarga bo’linishini toping.


1) tektonik 2) vulqon 3) o’pirilish
4) texnogen 5) meteorit 6) denutatsion
A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 4
C) 2, 3, 5, 6 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6

5-§. YER YUZI TABIATINING RIVOJLANISH TARIXI


1. Yer taraqqiyoti qanday bosqichlarga bo’linadi?
a) astronomik b) biologik c) gidrologik
dc) geologik e) paleontologik f) antropogen
A) a, b, e B) b, d, f
C) a, b, d, f D) a, b, c, d, e, f

2. Yer taraqqiyot bosqichlarini davom etgan yili bo’yicha to’g’ri joylashtirilgan javobni toping.


a) astronomik bosqich b) geologik bosqich
c) biologik bosqich d) antropogen bosqich
1) 3,8 mlrd yil avvaldan 3-1,5 mln yil avvalgacha
2) 5,0 mlrd yil avvaldan 4,6 mlrd yil avvalgacha
A) a-1; b- 2 B) b- 1; c- 2
C) c- 1; a- 2 D) d- 1; a- 2

3. Geoxronologiya (geologik yilnoma) necha turga bo’lib o’rganiladi?


A) 3 ta B) 2 ta
C) 4 ta D) 7 ta

4. Geoxronologik bo’limlarning iyerarxiya (quyi bo’limlarning yuqori bo’limlarga bosqichma- bosqich bo’ysinish) tizimi nima deyiladi?


A) stratigrafiya shkalasi
B) geoxronologik shkala
C) paleontologik metod
D) geostrukturaviy shajara

5. Qaysi supereon tuzilmalari unchalik mukammal ajratilmagan?


A) tokembriy B) fanerozoy
C) xades D) arxeozoy

6. Stratigrafik va unga moslashtirilgan geoxronologiya shkalasi 1881-yil qaysi shaharda bo’lib o’tgan II xalqaro geologlar kongressida tasqiqlanganligini toping.


A) Nyu- York B) Syurix
C) Bolonya D) London

7. Dunyoda qazib olinayotgan neftning 67,7%, gazning 62,4% qismi qaysi era yotqiziqlari orasida joylashgan?


A) kaynazoy B) mezozoy
C) paleozoy D) nektar

8. Erta imbriy, nectar, havzalar guruhi va sirli(yopiq) kabi eralar qaysi eon tarkibiga kiradi?


A) tokembriy B) arxeozoy
C) proterozoy D) xades

9. Qaysi eon boshlarida kremniyli jinslarda karbonat angidrig 44,2%, kislorod 5,5%, azot 19% va boshqa gazlar uchragan?


A) tokembriy B) arxey
C) proterozoy D) xades

10. Olimlarning kuzatishlariga ko’ra Silur davrida qancha turdagi hayvon va o’simliklar mavjud bo’lgan?


A) 1 500 B) 19 000 C) 1 900 D) 15 000

11. Kaledon tog’ burmalanishida qaysi hududlar ko’tarilgan?


A) O’rta dengiz sohillari, Pont, Bolqon hamda Antarktida yarim orollari
B) Uzoq Sharq, Hindixitoy va Malakka yarim oroli, Kalimantan orolining janubiy qismi
C) Nyufaundlend, G’arbiy sayon, Kanada-Arktika arxipelagi
D) Patagoniya, Kap va Appalachi tog’lari, G’arbiy Yevropa

12. “…Era boshlarida janubiy yarimshardagi quruqliklar Gondvana materigiga birlashgan, era oxirlariga kelib Gondva va Lavraziya materiklari birlashib yagona Pangeya materigini hosil qilgan hamda yagona Pantalassa okeani shakllangan. Pangeya ko’p o’tmasdan yana parchalangan, (Pantalassa qismlarga bo’linib) yangi Tetis va Reya okeanlari paydo bo’la boshlagan” era qaysi ekanligini toping.


A) Erta imbriy B) Paleozoy
C) Mezozoy D) Neoarxey

13. Tokembriy supereoni tarkibida nechta eon mavjud?


A) 2 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 3 ta

14. Olimlarning taxminlariga ko’ra, litosfera, atmosfera va gidrosferaning hosil bo’lishida nima asosiy rol o’ynagan?


A) vulqonlar B) muzliklar
C) kosmik changlar D) modda va energiya almashinuvi

15. Fanerozoy supereonining davomiyligi qanchaga teng?


A) 570 mln yil B) 3,8 mlrd yil
C) 289 mln yil D) 541 mln yil

6-§. GEOGRAFIK QOBIQ VA UNING UMUMGEOGRAFIK QONUNIYATLARI


1. Nima sayyoramizdagi eng yirik geotizim, ya’ni yerning litosfera, gidrosfera, atmosfera hamda biosfera qobiqlarining o’zaro tutashuvi va ta’siri doirasida vujudga kelgan va rivojlanayotgan juda murakkab yaxlit tabiiy tizim nima deyilishini aniqlang.


A) tabiat kompleksi B) geografik qobiq
C) tabiiy geografik o’lka D) tabiat

2. Geografik qobiq nechta tarkibiy tuzilish darajalariga ajratiladi?


A) 3 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 7 ta

3. Geografik qobiqning qaysi tuzilish darajasi uning gorizantal tuzilishini ifodalaydi?


A) geohayotli B) geokomponentli
C) geosferali D) geotizimli

4. Geografik qobiq strukturalarini solishtirma og’irligi bo’yicha (massasi og’iri boshida) vertikal tabaqalanishi bo’yicha ketma- ketligini aniqlang.


A) gidrosfera→ atmosfera→ biosfera→ litosfera
B) litosfera→ gidrosfera→ atmosfera→ biosfera
C) atmosfera→ biosfera→ gidrosfera→ litosfera
D) biosfera→ atmosfera→ gidrosfera→ litosfera

5. To’rtlamchi davr Muz bosish davrida Dunyo okeani sathi qanchagacha pasaygan?


A) 70- 90 metr B) 100- 110 metr
C) 6- 120 metr D) 150- 240 metr

6. Muz bosish davrida suv sathi pasayib, bo’g’ozlar quruqlikka aylanib ketishidan hosil bo’lgan “kontinental ko’priklar” tufayli quruqliklar o’rtasida organizmlar migratsiyasi kuzatilgan. Lekin, quyidagilardan qaysilarida bu jarayonlar kuzatilmagani uchun endemik organizmlar ko’p?


1) Malayya 2) Avstraliya
3) Madagaskar 4) Afrika
A) 1, 2 B) 1, 2, 3, 4 C) 2, 3 D) 2

7. Gipergenoz zonasi- bu…


A) litosferada nuragan g’ovak jinslar tarqalgan yerlarning quyi chegarasi
B) turli turkumga oid organizmlar yashash muhitlari orasidagi oraliq zona
C) kelib chiqishi bir xil bo’lgan moddalar tarqalgan quyi va yuqori mantiya orasidagi chegara
D) ozon pardasidan to g’ovak jinslarning tag qismiga qadar bo’lgan makon

8. Hodisa va jarayonlarning aniq bir vaqt davomida takrorlanib turishi nima deyiladi?


A) ritmiklik B) davriylik
C) sikllik D) sektorlik

9. Taxminan, necha yilda bir marta Quyosh, Yer va Oy bitta tekislik hamda bitta to’g’ri chiziqda joylashishini toping.


A) 1300 yilda B) 2000 yilda
C) 5000 yilda D) 1800 yilda

10. Organizmlar faolligi qaysi paytda sustlashadi?


A) soat 01 dan 06 gacha; 13 dan 15 gacha
B) soat 00 dan 03 gacha; 14 dan 16 gacha
C) soat 02 dan 04 gacha; 12 dan 14 gacha
D) soat 23 dan 04 gacha; 13 dan 16 gacha
7-§. GEOGRAFIK QOBIQNING KENGLIK ZONALLIGI VA SEKTORLIK

1. Kim iqlim va botanik-geografik zonallikni ajratgan?


A) A. Gumboldt B) V. Dokuchayev
C) B. Sochava D) J. Laperuz

2. Quyidagilar orasidan “Geografik zonallik qonuniyatini kashf qilgan”(a) va “asoslab bergan”(b) olimlarni toping.


1) A. Gumboldt 2) B. Sochava
3) J. Laperuz 4) V. Dokuchayev
A) a- 1, b- 4 B) a- 2, b- 1
C) a, b- 4 D) a- 3, b- 2

3. Geografik qobiqda zonallik qonuniyati nima(lar)ga bog’liq holda rivojlanadi?


1) Yerning sharsimonligi;
2) quyosh radiatsiyasining notekis taqsimlanishi;
3) okeanlar materik ichkarisiga kirgan sari namlikning o’zgarib borishi;
4) okeanlardan materik ichkarisiga kirgan sari haroratning o’zgarib borishi.
A) 2, 3 B) 1, 2, 3, 4 C) 1, 2 D) 1

4. Quruqliklar ichkarisiga tomon okeanlardan uzoqlashgan sari iqlim xususiyatlarining op’zgarishi hisobiga tabiat komponentlari va geotizimlarning o’zgarib borishi nima deyiladi?


A) kenglik zonalligi B) azonallik
C) ekspozitsiya D) sektorlik

5. Azonallikning omillariga nimalar kiradi?


1) yer yuzini qoplagan tog’ jinslaridagi tafovutlar;
2) relyef tuzilishidagi tafovutlar;
3) grunt suvlari sathining o’zgarishi;
4) insonning xo’jalik faoliyati.
A) 1, 2, 3 B) 1, 2, 3, 4
C) 2, 4 D) 1, 3, 4

6. Ortiqcha namlik sharoitida doimo yoki uzoq vaqt zax bo’lib yotadigan, namsevar o’simliklar va torf qatlami (30 sm va undan ortiq) mavjud bo’lgan yerlar nima deyiladi?


A) botqoqlashgan yerlar B) botiq yerlar
C) slanesli cho’kmalar D) botqoqlik

7. Balandlik mintaqalanishi qonuniyatlarini ilk bor kim tomonidan asoslab berilgan?


A) P. Tyanshanskiy B) V. Dokuchayev
C) V. Seversov D) A. Gumboldt

8. Sho’rxoklarning, ayniqsa, Ustyurtda keng tarqalishiga nimani asosiy sabab qilib ko’rsatish mumkin?


A) arid-denutatsion plato ekanligi
B) shamollarning chirindi qatlamini uchirib ketishi
C) relyefning botiqligi va bu yerda tez eruvchan ohaktosh, gips, mergel kabi jinslarning keng tarqalganligi
D) Orol dengizining yaqinligi

9. Yer sayyorasining qattiq, suv, havo va hayot qobiqlarining o’zaro tutashuvi va va ta’siri doirasida vujudaga kelgan va rivojlanayotgan juda murakkab yaxlit tabiiy tizim nima deb ataladi?


A) tabiiy geografik provinsiyalar
B) tabiiy- hududiy komplekslar
C) landshaft
D) geografik qobiq

10. Sayyoramizdagi eng yirik geotizim bu nima?


A) materiklar B) okeanlar
C) geografik qobiq D) landshaft

8-§. BALANDLIK MINTAQALANISH QONUNIYATI


1. Balandlikka ko’tarilgan sari o’simliklarning, tabiiy sharoitning o’zgarib borishi haqida o’rta osiyoliklardan kim o’z asarida tavsiflab yozgan?


A) Abu Rayhon Beruniy B) Al-Xorazmiy
C) Zahiriddin Bobur D) Abu Nasr Farobiy

2. Aleksand Gumboldt qaysi tog’larni o’rganib, balandlik mintaqalanish qonuniyatini ishlab chiqqan?


A) Kavkaz va Atlas B) Alp va Himolay
C) Pomir va Kordilyera D) Alp va And

3. Yonbag’ir ekspozitsiyasi deb nimaga aytiladi?


A) baland tog’ landshaftlaring balandlik mintaqalanishi aniq namoyan bo’ladigan doimiy janubiy qismi
B) bahor, ayniqsa, yoz faslida ham tog’ning qor qoplami saqlanib turadigan qismi
C) tog’ va tepalik yonbag’irlarining ufq tomonlariga, quyosh nurlari tushadigan tomonga nisbatan joylashuvi
D) modda va energiya almashinuvi kuzatiladigan tog’larning graben va gorstlardan iborat palaxsali qismi

4. O’zbekiston balandlik mintaqalanishining ikkinchi pog’onasi hisoblanmish adir mintaqasi ham o’z navbatida necha turga bo’linishini toping.


A) 2 ta B) 3 ta
C) 5 ta D) 4 ta

5. O’zbekistonda kim to’rtta- cho’l, adir, tog’ va yaylov mintaqalariga bo’lgan?


A) H. Vahobov B) P. Baratov
C) K. Zokirov D) P. G’ulomov

6. Geotizimlarning modda va energiya almashinuv xususiyatiga ko’ra necha turga bo’linadi?


A) 2 ta B) 3 ta
C) 5 ta D) 4 ta

7. Modda va energiya almashinuvi chegarasidan tashqariga chiqmaydigan yopiq geotizimga nimani misol qilish mumkin?


A) geografik qobiq B) landshaft
C) endo geotizimlar D) urochishe

8. Geotizimlarni ko’lami bo’yicha o’sish tartibida (kichigi boshida qilib) to’g’ri joylashtirilganini toping.


A) TG o’lka→ TG zona→TG provinsiya→ TG okrug
B) TG zona→ TG provinsiya→ TG okrug→ TG o’lka
C) TG okrug→ TG provinsiya→ TG zona→ TG o’lka
D) TG provinsiya→ TG o’lka→ TG zona→TG okrug

9-§. GEOTIZIMLAR VA ULARNING POG’ONASIMONLIGI


1. Bir xil geologik tuzlishi, bitta relyef turi, bir xil iqlimihamda faqat shu birlikka xos bo’lgan, o’zaro bog’lik kichik geotizimlar yig’indisidan iborat genetik jihatdan bir butun geotim nima deyiladi?
A) joy B) landshaft
C) fatsiya D) urochishe

2. Urochishe geotizim pog’onasiga berilgan to’gri ta’rifni toping.


A) o’zaro bog’liq va o’xshash birliklarning yig’indisi
B) tog’ jinslarinig litologik jihatdan tarkibi bir xil bo’lgan eng oddiy geotizim
C) relyefning mezoshaklida joylashgan bo’lib, kelib chiqishi va rivojlanishi jihatidan uzviy bog’liq bo’lgan eng oddiy geotizimlar yig’indisidan iborat geotizim
D) joy va fatsiya kabi pog’onalar yig’indisidan iborat o’ziga xos geotizim

3. Jarliklarning ichi, pastqamliklarning tubi geotizimning qaysi birligiga mos keladi?


A) landshaft B) joy
C) urochishe D) fatsiya

4. Fatsiya so’zi qaysi tildan olingan(a) va nima degan ma’noni bildiradi(b)?


1) borliq 2) tabiat
3) kichik tarkib 4) tashqi qiyofa
I) yunon II) lotin III) ingliz IV) fin
A) a- I, b- 3 B) a- III, b- 1
C) a-IV, b- 2 D) a- II, b- 4

10-§. JAAMIYAT VATABIAT O'RTASIDAGI MUNOSABATLAR


1. Tabiiy tizim va moddalarning, nimanidir yoki kimnidir o’rab turuvchi, uning hayotiy faoliyati kechadigan tabiiy sharoit yokitabiiy sharoitlar mujassamligi nima deb ataladi?
A) geografik muhit B) texnogen muhit
C) tabiiy muhit D) atrof- muhit

2. Jamiyatning tabiatga ta’sirining ortib borishi va tabiatga munosabatining o’zgarib borishini necha bosqichga bo’lish mumkin?


A) 3 ta B) 5 ta
C) 4 ta D) 2 ta

3. Qishloq xo’jaligi inqilobi bosqichi bundan o’rtacha qancha muddat muqaddam boshlangan?


A) 6- 8 ming yil B) 10- 15 ming yil
C) 8- 10 ming yil D) 5- 9 ming yil

4. Insonning tabiatga ta’sir ko’rsatishi va o’zgartirishi mumkinligi haqidagi qarash- bu…


A) totemizim B) animizim
C) mug’onalik D) shovunizm

5. Jamiyatning tabiatga ta’sirini ortib borishining “Ibtidoiy jamoa davri”da inson tabiiy muhitning qaysi komponentlariga kuchsiz bo’lsa-da, ta’sir ko’rsatgan?


1) tog’ jinslari 2) o’simlik 3) suv
4) hayvonlar 5) tuproq 6) geotizimlar
A) 2, 4, 6 B) 1, 2, 5
C) 3, 5, 6 D) 1, 4, 6

6. Jamiyatning tabiatga ta’sirini ortib borishining qaysi bosqichida inson tabiiy muhitning tarkibiy qismlariga o’ta kuchli va qayta tiklash, muhofaza qilish darajasida ta’sir ko’rsatgan?


A) qishloq xo’jaligi inqilobi
B) sanoat inqilobi
C) fan- texnika inqilobi
D) ekologik munosabat

7. O’zbekiston hududida dastlabki ariqlar qachon qazilganligidan dalolat beruvchi dalillar mavjud?


A) miloddan avvalgi II asr
B) milodiy IV- VI asrlar
C) miloddan avvalgi IV- II asrlar
D) milodiy I- III asrlar

8. Mamlakatimiz hududida IX- XIII asrlar mobaynida jami qancha yer sug’orilgan bo’lishi mumkin?


A) 3,5- 6,7 mln gk B) 3,5- 3,8 mln gk
C) 1,5- 4,6 mln gk D) 6,0- 7,0 mln gk

9. Jamiyatning o’z moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish maqsadida tabiatdan ayovsiz foydalanadigan hayot tarsi qanday nomda yuritiladi?


A) sanoat inqilobi B) fan- texnika inqilobi
C) ekologik madaniyat D) qishloq xo’jaligi inqilobi

10. Qaysi bosqichda inson eng asosiy “geologik kuch”ga aylandi hamda regional miqyosdagi geoekologik muammolar kelib chiqqan?


A) sanoat inqilobi B) fan- texnika inqilobi
C) ekologik madaniyat D) qishloq xo’jaligi inqilobi

11. “Jamiyatning tabiiy resurlardan oqilona foydalanish va mavjudtabiiy muhitni saqlab qolish darajasidag hayot tarzi” nima deb ataladi?


A) sanoat inqilobi B) fan- texnika inqilobi
C) ekologik madaniyat D) qishloq xo’jaligi inqilobi

12. Qishloq xo’jaligi inqilobi bosqichida inson tabiiy muhitning tarkibiy qismlaridan juda ko’pchiligiga kuchsiz ta’sir ko’rsatgan. Lekin, shunday bo’lsa-da, qaysi komponentlarga kuchliroq ta’sir ko’rsatgan?


1) tog’ jinslari 2) suv
3) o’simlik 4) hayvonlar
5) iqlim 6) geotizimlar
A) 1, 2 B) 3, 4
C) 3, 5 D) 1, 6

11-§. ANTROPOGEN LANDSHAFTLAR


1. XX asrning nechanchi yillarida inson xo’jalik faoliyati ta’sirida o’zgargan geotizimlarni antropogen landshaftlar deb atala boshlangan?


A) 70- yy B) 90- yy C) 50- yy D) 80- yy

2. Quyidagilardan qaysi fikr to’g’ri talqinga ega?


A) inson tabiatni butunlay o’zgartirib yuborishi natijasida antropogen landshaftlar vujudga kelgan
B) F. N. Milkov sanatoriy, dam olish maskanlari atrofidagi bog’-daraxtzor kabilarni “belligerativ landshaft” deb atagan
C) inson tomonidan kiritilgan “begona” tarkibiy qismlar ham shu landshaftdagi tabiiy qonuniyatlar asosida rivojlanadi
D) antropogen landshaftlar XX asrning 90- yillaridan o’ziga xos geotizim sifatida ilmiy tadqiq etila boshlangan

3. F. N. Milkov antropogen landshaftlarni qanday sinflarga ajratganligini toping.


1) ibtidoiy 2) seliteb 3) qishloq xo’jaligi
4) buzilgan 5) chiziqli-yo’l 6) belligerativ
7) madaniy 8) suv antropogen 9) o’rmon antropogen
10) sanoat 11) kuchsiz o’zg. 12) rekreatsion
A) 1, 2, 3, 4 B) 2, 3, 5, 6, 8, 10, 12
C) 2, 4, 6, 7 D) 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 10

4. A. G. Isochenko antropogen ta’sirlar oqibatida geotizimlarning qay darajada o’zgarganini asos qilib olib, barcha antropogen landshaftlarni nechta guruhga bo’ladi?


A) 2 ta B) 3 ta C) 8 ta D) 4 ta

5. Inson faoliyatining ekstensiv xili ta’siriga duchor bo’lgan landshaftlarni A. G. Isochenko qanday guruhga kiritgan?


A) ibtidoiy ( shartli o’zgartirilmagan) landshaftlar
B) kuchsiz o’zgartirilgan landshaftlar
C) kuchli o’zgargan (buzilgan) landshaftlar
D) madaniy landshaftlar

6. O’zbekistonda sug’oriladigan yerlar mamlakat umumiy yer fondining qancha qismini egallaydi?


A) 1/10 B) 9/10 C) 1/5 D) 2/3

7. Inson faoliyati va tabiiy jarayonlar oqibatida xo’jalik qiymatini yo’qotgan, yaroqsiz yoki kam yaroqli holga kelgan, tuproq- o’simlik qoplamining va gidrologik rejimining o’zgarishi, texnogen relyefning vujudga keltirilishi munosabati bilan atrof- muhitga salbiy ta’sir manbai bo’lgan, yoqimsiz manzarali hududlar nima deyiladi?


A) geotextizimlar B) ibtidoiy landshaftlar
C) tashlama va psevdokarstlar D) buzilgan yerlar

8. Antropogen omillarning tabiatga bo’lgan ta’sirining bir ko’rinishi texnika ta’siri bo’lib, texnikaning tabiat bilan o’zaro tutashib ketishi natijasida yaxlit tabiiy- texnik tizimlar nima deyiladi?


A) geotizim B) geotextizim
C) seliteb landshaft D) belligerativ landshaft

9. Xalqaro mezonlarga ko’ra, biosfera rezervatlarining hududi nechta zonaga ajratiladi?


A) 3 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 7 ta

10. Buyurtmaxonalar …. lardan farq qilib, maydonlari yer fondidan ajratib olinmaydi. Muhofaza qilinadigan turlar holatiga ko’ra, maskan o’rni doimiy va vaqtincha bo’ladi.


Nuqtalar o’rniga alohida muhofaza etiladigan hududlar turidan birining nomini qo’ying.
A) Miliy bog’ B) Biosfera rezervati
C) Tabiat yodgorligi D) Qo’riqxona

12-§. TABIIY GEOGRAFIK JARAYONLAR


1. Tabiiy geografik jarayonlar, asosan, qanday hollarda namoyon bo’ladi?


1) tog’ jinslarining yemirilishi;
2) tog’ jinslari fizik holatining o’zgarishi;
3) yer yuzi relyefining shakllanishi;
4) yer yuzi relyefining o’zgarishi;
5) atmosfera holatining rivojlanishi.
A) 2, 4, 5 B) 1, 3, 4
C) 1, 2, 3, 4, 5 D) 1, 2, 3, 5

2. “Endogen” so’zi qaysi tildan olingan bo’lib, yerning ichki kuchlariga nisbatan qo’llanadi?


A) yunon B) lotin
C) ingliz D) nemis

3. Ekzogen kuchlar ta’sirida vujudga keladigan tabiiy geografik jarayonlarni ajratib oling.


1) eroziya 2) nurash 3) abraziya
4) deflyatsiya 5) qor ko’chkisi 6) sel
7) ekzaratsiya 8) surilma 9) karst
A) 1, 2, 5, 6, 8 B) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9
C) 3, 4, 5, 6, 7, 9 D) 1, 2, 5, 6, 7, 8, 9

4. Nurash qay yo’sinda vujudga kelishiga ko’ra necha turga bo’linadi?


A) 4 ta B) 5 ta C) 3 ta D) 2 ta

5. Harorat va namlikning o’zgarishi natijasida sodir bo’ladigan nurash turini aniqlang.


A) fizik B) kimyoviy C) geografik D) organik

6. Tog’ jinslari va tuproqning oqar suvlar ta’sirida yuvilishi(a) va tog’ jinslarining shamol ta’sirida yemirilib, maydalangan zarralarning boshqajoylarga ko’chishi(b) nima deyiladi?


1) nurash 2) ekzaratsiya 3) eroziya 4) sel
5) surilma 6) deflyatsiya 7) abraziya 8) karst
A) a- 8; b- 5 B) a- 4; b- 2
C) a- 7; b- 1 D) a- 3; b- 6
7. Amudaryo nechanchi yil davomida sobiq To’rtko’l shahrini yuvib keta boshlagan?
A) 1950- yil B) 1929- yil
C) 1925- yil D) 1938- yil

8. Tabiiy geografik jarayonlardan eroziya(a), abraziya(b) va deflyatsiya(c) atamalari qaysi til(lar)dan olinganini toping.


1) lotin 2) yunon 3) nemis 4) fransuz
A) a- 2; b- 1; c- 4 B) a, b, c- 1
C) a, b, c- 2 D) a- 1; b, c- 2
9. Nurashning qaysi turida barqaror minerallar hosil bo’ladi?
A) fizik B) organik C) kimyoviy D) geografik
10. Sel hodisasi Yevropaning qaysi qismida ko’proq sodir bo’lishini toping.
A) shimoliy B) janubiy
C) g’arbiy D) sharqiy
11. Surilmaga oid bo’lgan to’g’ri fikrlar sonini toping.
1) tog’ jinslarining og’irlik kuchi ta’sirida yonbag’ir bo’ylab pastga surilib tushishidan hosil bo’ladi
2) asosan, tog’li o’lkalarda sodir bo’ladi
3) ko’pincha suvli va suv o’tkazmaydigan gilli qatlamlar ustma-ust joylashgan tik yonbag’irlarda ro’y berdi
4) uning oldini olish uchun yonbag’irlarda suvli qatlamga tushadigan suv miqdorini kamaytirish lozim
5) Orqutsoy surilmasining hajmi 700- 800 mln m3 bo’lgan
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta

12. Respublikamizdaqi qaysi hudud(lar)da yerosti suvlarining sathi ko’tarilishi va buning natijasida sodir bo’ladigan jarayonlar oqibatida tuproq sho’rlanishi aniq namoyon bo’lmoqda?


A) Xorazm, Mirzacho’l B) Markaziy Farg’ona
C) Malikcho’l, Buxoro D) Surxon-Sherobod vodiysi

13. Irrigratsiya eroziyasi nishabligi qanchadan katta bo’lgan yerlarda sug’orish meyori va qoidalariga amal qilinmagan hollarda juda kuchli yuz beradi?


A) 2º B) 12- 15º C) 1º D) 5- 7º

14. Amudaryo suvining bir qismini Turkmanistonga yetkazib beruvchi qaysi kanalning qurilishi Amudaryo suvining kamayishiga, pirovard natijada Orol dengiziga tushadigan suvning kamayishiga olib keldi?


A) “Oltin asr” B) “Mustaqillikning 15 yilligi”
C) “Qoraqum” D) “Bosh Ko’hna Gurganch”

15. Neft va gaz qazib olish natijasida qaysi hudud asta-sekin cho’kayotganligini toping.


A) Sharqiy Yevropa B) Turon pasttekisligi
C) Mesopotamiya D) G’arbiy Sibir

14-§. GEOGRAFIK BAHOLASH


1. Geografik baholash deb nimaga aytiladi?


A) tabiiy sharoit va resurslar yoki geotizimlarni foydalanish maqsadlarida baholash
B) tabiiy geografik jarayonlarni xossa va xususiyatlarini o’rganish maqsadida baholash
C) geotizimlar holatini qiyosiy taqqoslash
D) tabiat va jamiyat munosabatlarini uyg’unlashtirish uchun barcha tabiiy hodisalarni inobatga olish

2. Geografik baholash nechta bosqichda amalga oshadi?


A) 4 ta B) 5 ta C) 6 ta D) 7 ta

3. Tabiiy geografik baholashning aniq maqsadiga ko’ra, asosan, nechta usulidan foydalaniladi?


A) 3 ta B) 2 ta C) 4 ta D) 5 ta

4. Quyidagi relyef shakllarini yo’l qurilishi nuqtai nazaridan qulaylik darajalarini ajrating.


1) qumli cho’l 2) adir 3) tekislik
4) tog’ 5) to’lqinsimon tekislik 6) karstlar
a) qulay emas b) kamroq qulay
c) o’rtacha qulay d) qulay
e) juda qulay f) eng qulay
A) 1- a; 2- e; 3- c; 4- b; 5- d
B) 1- b; 2- c; 3- d; 4- a; 5- e; 6- f
C) 1- a; 2- b; 3- c; 4- d; 5- e; 6- f
D) 1- d; 2- b; 3- e; 4- a; 5- c

5. O’rta pishar arpa navining pishib yetilishi uchun havoning +10º C dan yuqori haroratlar yig’indisi qanchani tashkil etishi lozim?


A) 1000º C gacha B) 1000- 1400º C
C) 1400- 1800º C D) 1800º C dan yuqori

6. Baholashning miqdor usuliga oid quyidagi ma’lumotlar orqali noto’g’ri fikrlar sonini toping .


1) havoning +10º C dan yuqori haroratlari yig’indisi +1000ºC gacha bo’lgan sharoitda arpaning eng tez pishar navi yetiladi
2) havoning +10º C dan yuqori haroratlari yig’indisi +1800ºC dan oshganda arpaning eng kechki navlari yetiladi
3) tabiiy geografik baholashning sifat ko’rsatgichlari 5 xil darajada baholanadi
4) havoning +10º C dan yuqori haroratlari yig’indisi 1000 - 1400º C da pishadi o’rta pishar arpa navi yetiladi
5) tabiiy geografik baholashning miqdor usuli sonli ko’rsatgichlar asosida amalga oshiriladi.
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta

7. Dehqonchilikni amalga oshirish qaysi omillar bilan belgilanishini aniqlang.


1) relyef 2) agroiqlimiy resurslar
3) tuproq sharoiti 4) yerosti suvlarining joylashishi
5) suvning mavjudligi 6) yerosti suvi xossasining qulayligi
A) 1, 2, 5 B) 2, 4, 5, 6
C) 1, 2, 4, 5 D) 1, 2, 3, 4, 5, 6

8. Dehqonchilik uchun yaroqli yerlarni o’zlashtirish va ulardan foydalanishning murakkablik darajalari geotizimlarning xususiyatlariga qarab O’zbekistonda geotizimlarni murakkablik darajasiga ko’ra nechta guruhga bo’lish mumkin?


A) 4 ta B) 2 ta C) 5 ta D) 3 ta

9. O’zbekistonning cho’l va chalacho’l mintaqalarida sug’orishga yaroqli geotizimlarning murakkablik darajalarini aniqlovchi mezonlar bo’yicha geotizimlar va melioratsiya murakkabligini bir-biriga mos holda yozing.


1) oddiy geotizim 2) o’rtacha murakkab geotizim
3) murakkab geotizim 4) juda murakkab geotizim
a) katta hajmda maxsus tadbirlar kompleksi zarur;
b) maxsus tadbirlar kompleksi zarur;
c) oldini oluvchi tadbirlar zarur;
d) maxsus tadbirlar talab qilinmaydi.
A) 1- b, 2- c, 3- a, 4- b B) 1- d, 2- c, 3- b, 4- a
C) 1- a, 2- b, 3- c, 4- a D) 1- d, 2- a, 3- b, 4- c

10. “…Yerosti suvlarining gorizantal harakati yaxshi emas, sug’orish davomida ularning sathi ko’tariladi va tuproqda tuz to’plana boshlaydi. Buning oldini olish uchun gorizantal va tik zovurlarqurilishi lozim” bo’lgan geotizimlarning murakkablik darajasiga ko’ra turini aniqlang.


A) oddiy B) o’rtacha murakkab
C) murakkab D) juda murakkab

11. Dam olish necha xil bo’lishi mumkin?


A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 2 ta

12. Muzosti baliq ovi, asosan, qaysi fasldagi dam olish turiga kiradi?


A) bahorgi B) yozgi
C) kuzgi D) qishki

15-§. GEOGRAFIK PROGNOZ


1. Geografik prognoz deb nimaga aytiladi?


A) fanda biror hodisa yoki biror-bir obyekt holatining o’zgarishini oldindan ko’ra bilish va ayta olish
B) tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy muhitning rivojlanishi va o’zgarishi haqida ma’lumotlar to’plash va qayta ishlash jarayoni
C) tabiiy muhit va hududiy ishlab chiqarish majmualarining o’zgarishidagi asosiy yo’nalishlarni ilmiy jihatdan oldindan asoslab berish
D) tabiiy geografik jarayonlar va geografik qobiq holatining o’zgarishini ko’ra bilish

2. Geografik prognozlar muddatiga ko’ra necha turga bo’linadi?


A) 5 ta B) 4 ta C) 3 ta D) 2 ta

3. Quyidagi qaysi komponentlar tabiiy muhit ifloslanishini kamaytirishda o’ziga xos ahamiyatga ega?


1) relyef 2) tog’ jinslari 3) havo
4) suvlar 5) tuproqlar 6) o’simliklar
A) 1, 2, 4, 5, 6 B) 1, 3, 4, 5, 6
C) 4, 6 D) 2, 4, 5

4. Qaysi hududda inson faoliyati ta’sirida kelajakda tuproq va o’simlik 10- 20 % kamayishi mumkinligi prognoz qilinganligini toping.


A) Qizilqumning janubi-g’arbi B) Markaziy Ustyurt
C) Markaziy Farg’ona D) Mirzacho’l

5. O’zbekistonda, asosan, tekislik, tog’oldi va tog’ tabiat komplekslari tarqalganligiga bog’liq holda prognozlash nechta yo’nalishda olib boriladi?


A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta

16-§. ATROF-MUHIT MONITORINGI VA GEOGRAFIK-EKOLOGIK EKSPERTIZA ASOSLARI


1. Tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida ma’lum bir hudud tabiiy sharoitining holatini kuzatish, nazorat qilish va boshqarish tizimi nima deyiladi?


A) ekspertiza B) prognoz
C) monitoring D) geosiyosat

2. Atrof-muhit holatining monitoringi masalasi qaysi shaharda bo’lib o’tgan tabiiy muhit muhofazasiga bag’ishlangan konferensiya arafasida vujudga kelgan?


A) Xelsinki B) Rio de-Janeyro
C) London D) Stokgolm

3. Akademik I. P. Gerasimov tomonidan monitoring tashkil qilishning nechta bosqichi ajratilgan?


A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 7 ta

4. Monitoring tashkil etishning qaysi bosqichida, asosan, tabiiy, tabiiy-antropogen geotizimlar, rekreatsion hududlar kuzatiadi va nazorat qilinadi?


A) geoekologik B) biosfera
C) bioekologik D) geografik

5. Biosfera monitoringining asosiy vazifasi nimadan iborat?


A) geotizimlarning o’z-o’zini tozalash qobiliyati haqida ma’lumotlar to’plash
B) atrof-muhitni dunyo miqyosida kuzatish
C) atrof-muhitning ifloslanishi va uning inson salomatligiga ta’sirini kuzatish va o’rganish
D) hali ifloslanmagan tabiiy sharoit xususiyatlari bilan o’zgargan tabiiy sharoit xususiyatlarini taqqoslash

6. O’zbekistonda yerosti suvlarining ifloslanishi, noxush tabiiy geografik jarayonlarning rivojlnishi qaysi tashkilot tomonidan kuzatib, nazorat qilib turiladi?


A) O’zbekiston Gidrometeorologiya Bosh boshqarmasi
B) Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi
C) O’zbekgidrogeologiya korxonasi
D) Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo’mitasi

7. Qachondan e’tiboran yirik xo’jalik korxonalarini qurish va boshqa tadbirlar loyihari mutaxassislarning har tomonlama ko’rigidan o’tib, ularning ruxsati bilangina amalga oshirila boshlangan?


A) XXI asrning dastlabki 10- yillari
B) XX asrning 50-60- yillari
C) XX asrning 90- yillari
D) XX asrning 60-70- yillari

8. O’zbekistonda qachondan boshlab yirik inshoot va obyektlarning loyihalari geografik-ekologik ekspertizadan o’tkazila boshlangan?


A) XXI asrning dastlabki 10- yillari
B) XX asrning 50-60- yillari
C) XX asrning 90- yillari
D) XX asrning 60-70- yillari

9. “Ekspert” so’zi qaysi tildan olingan bo’lib, tajribali degan ma’noni bildiradi?


A) yunon B) ingliz C) nemis D) lotin

10. Ekspertiza necha turga bo’linadi?


A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 5 ta

11. Loyihalashtirilayotgan muhandislik inshootining atrof-muhit talablariga mos kelish-kelmasligini aniqlash ekpertiza o’tkazishning qaysi turiga kiradi?


A) muhandislik B) geologik
C) ekologik D) geografik

12. Atrof-muhit bo’yicha ekspertiza qaysi tashkilot tomonidan belgilanadi?


A) Ekologiya va atrof-muhiti muhofaza qilish qo’mitasi
B) Geografik va gidrometeorologik Bosh boshqarmasi
C) Davlat fan va texnika qo’mitasi
D) Atrof-muhitni muhofaza qilish va Geografiya qo’mitasi

17-§. DUNYO AHOLISI VA ZAMONAVIY DEMOGRAFIK VAZIYAT


1. XIX asrgacha dunyo aholisining soni ancha sekin o’sgan. Aytaylik, jahon aholisi qachon 1 mlrd kishiga yetgan?


A) 1820- yil B) 1675- yil
C) 1927- yil D) 1741- yil

2. Dunyo aholisining soni quyida qaysi yil hisobi bo’yicha noto’g’ri keltirilgan?



I

II

III

IV

1960- yil

1975- yil

1987- yil

2001- yil

3 mlrd

4 mlrd

5 mlrd

6 mlrd

A) III B) II C) IV D) I

3. Dastlab, demografik portlash XIX asrning boshi- XX asrning I yarmida qayerda ro’y bergan?


A) G’arbiy Yevropa, Shimoliy Amerika
B) Lotin Amerikasi, Okeaniya
C) Osiyo, Afrika
D) Sharqiy Osiyo, Avstraliya

4. Aholining tabiiy takror bo’lishiga bog’liq bo’lgan demografik o’tish bosqichlarini to’g’ri tartiblang.


1) o’lim darajasi keskin kamayib, demografik portlash jarayonining ro’y berishi;
2) tug’ilish bilan o’lim juda yuqori bo’lib, orasidagi tafovut, ya’ni aholining tabiiy ko’payishi minimal darajada saqlanishi;
3) tug’ilish va o’lim ko’rsatkichlari ancha past bo’lib, tabiiy ko’payish minimal darajada saqlanishi;
4) o’limning pasayish jarayoni o’z poyoniga yetib, tug’ilish darajasining kamaya boshlashi.
a) 1- bosqich b) 2- bosqich
c) 3- bosqich d) 4- bosqich
A) 1- b; 2- a; 3- d; 4- c
B) 1- a; 2- b; 3- d; 4- c
C) 1- d; 2- c; 3- b; 4- a
D) 1- d; 2- a; 3- c; 4- a

5. Quyidagi mamlakatlardan qaysi biri demografik o’tishning IV bosqichidagi davlat hisoblanmaydi?


A) Yaponiya B) Yangi Zelandiya
C) Myanma D) Singapur

6. 2016- yil yakunlari bo’yicha, jahondagi aholi tabiiy ko’payish sur’atlari bo’yicha 10 ta yetakchi davlatdan nechtasi Afrika materigiga to’g’ri keldi?


A) 10 ta B) 9 ta C) 8 ta D) 7 ta

7. Qayerda 2016- yil ma’lumotlari bo’yicha, aholining tabiiy ko’payishi 0 % ga teng bo’lgan?


A) Shimoliy Amerika B) Yevropa
C) Avstraliya va Okeaniya D) Lotin Amerikasi

8. Mamlakat aholisi tabiiy o’sishini kamaytirishga qaratilgan demografik siyosat qaysi davlat(lar)da olib borilayotganligini aniqlang.


1) Pokiston 2) Xitoy 3) Bangladesh
4) Eron 5) Hindiston 6) Tailand
A) 2 B) 1, 3, 6
C) 2, 3,5 D) 1, 2, 3, 4, 5
Download 231 Kb.




Download 231 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yer yuzi tabiatini rivojlantirishning fazoviy omillari

Download 231 Kb.